1 mavzu. Tuproq hosil bo‘lishida rel’yefning ahamiyati Reja: Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog’inlarining taqsimlovchisi sifatida


Allyuvial botqoq-o’tloq tuproqlar


Download 204.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi204.45 Kb.
#1526924
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 MAVZU (1)

Allyuvial botqoq-o’tloq tuproqlar. 
Botqoq o’tloq tuproqlarga chim qatlami yaxshi ifodalangan va serchirindi tuproqlar 
kiradi. Bu yerlarda sizot suvlari yaqin (1 mm atrofida) joylashib, gley gorizonti ham uncha 
chuqurda emas. 


Yer osti suvlarning tez bug’lanishi, sizot suvlarining yaxshi oqib ketishi va hatto 
toshqinlardan keyin ham, ular sathining tez pasayib borishi sababli, cho’l zonasida botqoq-o’tloq 
tuproqlar kam uchraydi. 
Sug’oriladigan yerlarda, ayniqsa sholi ekiladigan rayonlarda sizot suvlari butun vegetatsiya 
davrida yuza joylashadi. Natijada botqoqlanish alomatlari 50 sm chuqurlikdan boshlab, dastlab 
zangli dog’lar, so’ngra ko’kimtir tusli dog’lari bo’lgan gley gorizonti yaxshi ifodalanadi. Botqoq-
o’tloq tuproqlar 1,5-2,0 foiz atrofida gumus saqlaydi va odatda cho’l zonasida sho’rlangan bo’ladi. 
Suv bosib turadigan va doim sug’orilib (ayniqsa sholi maydonlari) kelinadigan yerlarda tuproq 
tuzlardan ancha yuvilgan. 
Allyuvial botqoq tuproqlar-sohil va sohil usti terrasalaridagi past tekistliklarda, ayniqsa 
daryo irmoqlarining tyeralari oraligidagi chuqurliklarda hamda dengiz bo’yidagi mavsumiy 
ravishda suv bosib turadigan yerlarda ancha keng tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin 
(ko’pincha 0,5 m dan yuqori) va toshqin suvlari yangitdan keltirilgan yotqiziqlar ustida hosil 
bo’ladi. Yangi paydo bo’lgan botqoq tuproqlarning yuqori qatlamlari och ko’kimtir - kul rang 
bo’lib, chala chirigan o’simlik qoldiqlari ko’p uchraydi. Ba’zan chirindi qatlami ko’milgan 
gorizontlar ham bo’ladi. Yosh botqoq tuproqlarda 1 foizgacha gumus, 0,04-0,07 foiz azot bor. 
Torfli qatlamlarda gumus ko’p (3-6 foizgacha) va shunga ko’ra azot, fosfor miqdori ham ancha 
yuqori. 
Mustaqil ishlash uchun savollar. 
1. Gidromorf tuproqlar hosil bo’lishidagi o’ziga xos tuproq paydo bo’lish jarayonini 
ta’riflang? 
2.Cho’l zonasi asosiy gidromorf tuproqlari tiplarini ko’rsating. 
3.Sug’oriladigan dehqonchilikning gidromorf tuproqlarga tahsiri nimalarda ifodalanadi? 

Download 204.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling