1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet13/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar.

  1. Shaxstushunchasigata’rifbering?

  2. Turmushmadaniyatiningshakllanishidapsixologikbilimlarningahamiyati?

  3. Insonumridavomidagiehtiyojlarnisanabo’ting?


9-Mavzu:Turmush madaniyati pedagogikasi
Reja:
1.Turmush madaniyatiga pedagogik yondashuv
2.Turmush madaniyatini o‘rganish bosqichlari


Tayanch so’z va iboralar: pedagogik, sanitar-gigiyenik, salomatlik, xulq kasalliklari, didaktika, ta’lim berish nazariyasi, baxt pedagogikasi, OITS(SPID), Abdulla Avloniy.

Turmush madaniyati pedagogikasi – jamiyatning ijtimoiy turli qatlamlarini turmush madaniyatiga o‘rgatish va ularni sog‘lom bo‘lishga o‘qitishni, shu jarayonda ularning sog‘liqqa bo‘lgan ehtiyojlari va harakatlarini (motivatsiyasini) shakllantiradi. Ayni paytda ularga o‘z sog‘liqlarini birlamchi mustahkam qilib yaratishga olib keluvchi usullarni, shuningdek, organizmlaridagi salomatlik zahiralarini ro‘yobga chiqarishni o‘rgatishni ham maqsad qilib qo‘yadi.


Turmush madaniyati pedagogikasi o‘z tinglovchilariga faqatgina bir yoqlama sanitar-gigiyenik bilimlar haqida axborot berish bilan chegaralanib qolmasdan, ular orasida valeologik bilimlarni tarqatishni, o‘quvchilarni valeogen fikrlashga o‘rgatishni, ularning valeologik savodxonligini oshirishni ham maqsad qilib qo‘yadi va bu bilan oddiy sanitariya oqartuvchi jarayonidan tubdan farq qiladi.
Turmush madaniyati pedagogikasi – o‘z o‘quvchilariga yuksak umumiy madaniylikka erishish yo‘llarini, atrof-muhitni asrab-avaylash lozimligini, yuksak ekologik va tibbiy madaniylikni o‘rgatadi, aholining turli qatlamlari ongida tibbiy faollik tushunchasini shakllantiradi.
Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va aholini sog‘lom bo‘lishga o‘rgatishda birinchi navbatda yechilishi lozim bo‘lgan xususiy muammolardan biri – bu aholini sog‘lom bo‘lishga o‘rgatishni rejalashtirilgan holda hamda bosqichma-bosqich amalga oshirishdir. Bunda insonning xulqiga ta’sir ko‘rsatishning murakkabligini hisobga olish, aholini alohida qatlamlarga ajratib o‘qitish bo‘yicha turli mamlakatlarda orttirilgan tajribalardan foydalanish, bizni turli xil xatolarga yo‘l qo‘yishdan saqlaydi.
Aholini sog‘lom bo‘lishga o‘rgatish, – birin-ketin bajarilishi lozim bo‘lgan va ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uni amalga oshirish uchun sohadagi mavjud xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • Vaziyatni tashxislash, bu sohadagi muammolarni aniqlab chiqish, uning axloqiy jihatlarini o‘rganish, ijtimoiy va tashqi muhit omillari ta’sirini hisobga olish;

  • Maqsadlarni shakllantirish: o‘qitishning maqsadi, unga erishish uchun zarur bo‘lgan vositalarning yetarli ekanligi, o‘qitish muddatlarining asoslanganligini o‘rganib chiqish;

  • Mavjud dasturlarning alohida guruhlar talabiga mosligini ko‘rib chiqish va o‘qitishning samaradorligini bashorat qilish;

  • Kutilayotgan natijaga erishish uchun kimlar tomonidan va qanday qadamlar qo‘yilishi lozimligini (yoki o‘qitish strategiyasini) belgilash;

  • Rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish: belgilangan muddatlarda rejani bajarish, mavjud to‘siqlarni aniqlash va ularni o‘qitish jarayonida tugatib borish;

O‘qitishning samaradorligini baholash: maqsadning to‘la amalga oshganligi va o‘qitishning salbiy natijalarini aniqlab chiqish;
O‘qitishning kelgusida yangidan rejalashtirish, mavjud dasturlarni boricha qoldirish yoki uni to‘ldirib borish.
Dastlabki to‘rtta bosqich o‘qitishni boshlashdan oldin bajariladi. Vaziyatga qarab axborotlar to‘plami shakllantiriladi, o‘qitish konsepsiyasi va strategiyasi belgilanadi. Shuningdek, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar aniqlanib, o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari ishlab chiqiladi.
O‘qitishning shakli va mazmuni aniqlanadi, atamalarini ifodalash hamda asoslash uchun zarur bo‘lgan so‘zlar tanlanadi. Qolgan bosqichlar o‘qitish jarayonida va o‘qishni tugallagandan so‘ng bajariladi.
Salomatlikka o‘qitishning samarali usullaridan biri - har bir shaxsga “O‘z hayotini rejalashtirish”ni o‘rgatish bo‘lib, bu – har bir shaxs o‘z salomatligi to‘g‘risida o‘zi qayg‘urishi lozimligini, o‘z hayotini shunga mos holda rejalashtirishni, muttasil ravishda o‘zini-o‘zi tarbiyalab borishi lozimligini taqozo qiladi.
Keyingi paytlarda o‘qitish jarayonida “multi media” deb ataluvchi, ushbu masalaga ko‘p tomondan yondashuv texnologiyasi qo‘llanilmoqda. Unga ko‘ra, o‘qitishda turli xil jurnallardan, maxsus jihozlangan o‘quv xonalaridan, o‘qitishning texnik vositalaridan, broshyura va shu kabilardan samarali foydalanayotganligini inobatga olish zarur. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, amalda o‘qitish jarayoni, tarbiya jarayonlari bilan birga olib borilishi lozim va faqat shundagina kutilgan natijalarga erishishdan umidvor bo‘lishimiz mumkin. Aholining turli qatlamlarini salomatlikka o‘qitish jarayonida keng qo‘llash uchun qulay bo‘lgan elektron darsliklar, qo‘llanmalar va ma’ruzalardan foydalanish uchun vaziyat yetildi. Navbatdagi vazifa ana shunday elektron qo‘llanmalarni yaratishdan iborat bo‘lib turibdi.

  • Pirovardida salomatlikka o‘qitish to‘g‘risida bayon qilingan mulohazalarni yakunlash barobarida turmush madaniyati psixologiyasi amaliyoti uchun muhit bo‘lgan salomatlikka o‘qitish tamoyillarini shakllantirib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bunday tamoyillardan amalda foydalanish o‘qitish samaradorligini oshiradi, turmush madaniyatini shakllantirish jarayonini tezlashtiradi. Bular quyidagilardir:

  • Har bir kishiga o‘z hayotini rejalashtirishni – “Hayot guldastasi”ni dastalash lozimligini singdirish;

  • Salomatlikka o‘qitishda multi media tamoyiliga asoslanish, Ya’ni ko‘p tomonlama yondashish;

  • Aholini turmush madaniyatiga o‘qitish jarayoniga qat’iy reja asosida va turli aholi qatlamlari talablariga mos ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Hayotiy haqiqat shuni tasdiqlaydiki, tibbiyot hozirgi zamon odamining salomatligini muhofaza qilish va uni mustahkamlashning uddasidan faqat yakkalikda, birgina o‘zi kurashishi orqali chiqolmas ekan. Buning sababi shuki, juda ko‘pchilik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi asosiy “xavfli omillar” o‘zining axloqiy asosiga ega bo‘lib, ular odamlarning xulqlari bilan vositalangan. “Xulq kasalliklari” jumlasiga birinchi navbatda axloqiy nopoklik tufayli orttirilgan zaxm, so‘zak, OITS (SPID), giyohvandlik kabi kasalliklar, shuningdek, ichkilikbozlik, tamaki chekish, muomala madaniyatining pastligi tufayli kelib chiqadigan ayrim asab buzilish holatlarini kiritish mumkin. Shu boisdan bunday kasalliklarga qarshi kurashda tibbiyot an’anaviy va zamonaviy pedagogika ilmining asoslariga tayanib ish ko‘rishi maqsadga muvofiq. Yoshlarimizning xulqi esa o‘z navbatida motivatsiya omili (Ya’ni nima sababdan va ne vajdan) bilan bog‘langan bo‘lib, bunday xulq faqat tarbiya tufayligina shakllantirilishi mumkin. Bunday pedagogikani xaqli ravishda turmush madaniyati pedagogikasi yoki baxt pedagogikasi deb atash mumkin. Har bir insonning baxtli bo‘lishi, eng avvalo, uning salomatligi bilan bog‘langanligi ko‘pchilikka ma’lum narsa. Yuqorida sanab o‘tilgan “xulq kasalliklari”ning oldini olishda tarbiya vositalaridan foydalanish ko‘proq samara beradi. Shu boisdan so‘nggi paytlarda pedagogika fanining bu sohasini “baxt pedagogikasi” deb atash odat tusiga kirib bormoqda. “Baxt pedagogikasi” yoshlarimizning tabiatida chinakamiga baxtli bo‘lishga olib boruvchi xushxulqlik sifatlarini shakllantirishdek olijanob vazifani bajarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqadigan muhim amaliy xulosa shuki, biz o‘z farzandlarimizning sog‘lom bo‘lib o‘sishlari uchun ota-onalar va pedagoglarning muttasil ravishda va uzviy hamkorlikda ishlashini tashkil qilishimiz lozim. Bu barcha mavjud muammolarni aniqlab, ularni yechish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solishimiz talab qilinadi. Faqat shundagina biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erisha olamiz. Hozirgi paytda bunday “xulq kasalliklari” deb ataluvchi qator kasalliklar yoshlarimizning xavfli turmush madaniyatida yashashlari bilan bog‘langanligi, ularning tabiat tomonidan in’om qilingan zahiraviy imkoniyatlardan samarasiz va maqsadsiz foydalanishi tufayli kelib chiqayotganligi hech kimda hech qanday shubha tug‘dirmasligi lozim.
Ma’lumki, muammo deganda biz u yoki bu masalaning ilm-fan va hayotiy tajriba orqali yechimini topgan va me’yoriy hujjatlarda tasdiqlangan holati bilan, shu masalaning kundalik hayotimizda mavjud bo‘lgan va tahlil qilish natijasida aniqlangan darajalari o‘rtasidagi tafovutni tushunamiz. Turmush madaniyati pedagogikasi ana shunday muammoli masalalar qatoriga kiradi.
Muammoli masalalar esa o‘z yechimini topishi kerak. Shunday qilib, biz shifokorlarimizni, pedagoglarimizni turmush madaniyatining pedagogikasi bilan tanishtirishimizga to‘g‘ri keladi.
Dastlab, ta’lim tushunchasining mohiyatini anglab olish lozim. Ta’lim berish (didaktika) nazariyasi bilim berayotgan va bilim olayotganlar o‘rtasidagi amal qilinishi lozim bo‘lgan qonuniyatlarni ochib beradi. Didaktika yunoncha “didaktikos” “ta’lim beruvchi” degan so‘zdan olingan bo‘lib, tinglovchilarni nimaga va qanday qilib o‘qitish haqidagi bilimlarining ilmiy tizimiga aytiladi.
Hozirgi vaqtda kundalik hayotimizda ko‘proq “o‘qitish nazariyasi” yoki “ta’lim berish nazariyasi” kabi tushunchalar ishlatiladi. Odam anatomiyasi va fiziologisi, ijtimoiy gigiyena, umumiy gigiyena, epidemiologiya fani, turli xil somatik kasalliklarni o‘rganuvchi klinik fanlar, umumiy va tibbiy psixologiya asoslari, notiqlik san’ati kabi fanlar turmush madaniyati pedagogikasining ilmiy negizini tashkil qiladi.
Turmush madaniyati pedagogikasi umumiy pedagogika fani to‘plagan katta tajribaga tayanadi, ayni paytda jahon miqyosida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullardan – o‘qitishning interfaol usullaridan keng foydalaniladi. Har qanday bilimni egallash kabi turmush madaniyatini o‘rganish ham bir nechta bosqichdan iborat bo‘ladi:

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling