1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet9/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar.

  1. Turmush madaniyatiga xos bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlarinisanang?

  2. Nosog‘lom turmush madaniyatida yashash oqibatlari?

  3. Turmush madaniyati falsafasining vazifalari?


7-Mavzu:Turmush madaniyati sotsiologiyasi
Reja:
Turmush madaniyatining asosiy sotsiologik yo‘nalishlari
Shaxsning ijtimoiylashuvi
Turmush madaniyatining sotsiologik masalalari

Tayanchso’zvaiboralar:sotsiologiya,shaxs,ijtimoiylashuv,biosotsial, biologik, tibbiysotsiologiya, sog’lomshaxs, ijtimoiyinstitut, diniye’tiqodmadaniyati, jamiyat.


Inson biosotsial mavjudot. Bir tomondan u biologik mavjudot va tur sifatida organizmlar rivojlanishining biologik qonuniyatlari talablariga mos holda hayot kechiradi. Ochlik hissini bostirish uchun ovqatlanish, shuningdek, tashqi muhitning noqulay ta’sir ko‘rsatuvchi omillaridan (issiq, sovuq va h.k) himoyalanish kabi biologik instinktlar talablarini qondirib yashaydi. Biroq, inson ayni paytda ijtimoiy mavjudot hamdir. Shu sababdan u ijtimoiy rivojlanish qonunlari talablariga moslashib yashashi va barkamol shaxs sifatida shakllanishi ham kerak.


Insondagi ana shu ikki muhim xususiyatning mutanosib shakllanishi va me’yoriy sifatlarga erisha olishi yoki bunga erisha olmasligi uning salomatligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonda ijtimoiy xususiyatlarning me’yoriy talablarga mos shakllanishi, insondagi insoniylik xususiyatlarining ro‘yobga chiqishiga olib keladi. Insondagi bunday insoniylik xususiyatlarini shakllantirishni ijtimoiy taraqqiyot qonunlariga tayangan holda boshqarish mumkin. Jamiyatning bu jarayonlarni o‘z qo‘liga olishi, insonning turmush madaniyatida yashashi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy sifatlarni shakllantirish va turmush madaniyatining asosiy sotsiologik yo‘nalishlarini belgilab berish hamda shu ijtimoiy talablarga mos turmush kechirish, shuningdek, jamiyat a’zolari o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirish uchun qulay imkoniyat va mustahkam asos yaratadi. Shularni inobatga olgan holda, turmush madaniyatining sotsiologik asoslari muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, sotsiologiya – shaxsning ijtimoiy dunyosi va ijtimoiy munosabatlari to‘g‘risidagi fandir. Shu sababdan, turmush madaniyatini shakllantirish shaxslar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarning ahvoli, shaxsning ijtimoiy dunyosi tarkibi kabi muhim masalalarni chetlab o‘ta olmaydi. Inson va alohida guruhlar oldida qanchalik murakkab va olijanob vazifalar turmasin, ularning barchasi u yoki bu darajada insonlar orasidagi o‘zaro munosabatlarning tabiatiga, odamlarning birgalikda yashay olish qobiliyatiga, barcha uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlarni birgalikda baham ko‘rishi, xulq me’yorlariga mos yashashiga, murakkab ziddiyatli vaziyatlarda murosaga kela olishi kabi ijtimoiy dunyomizda tez-tez uchrab turadigan holatlarga nisbatan bo‘lgan munosabatlariga borib taqaladi.
Turmush madaniyati sotsiologiyasi oldida turgan muhim vazifalardan biri – bu olamlarning jamiyatdagi insoniy qadriyatlarga nisbatan munosabati masalasi bo‘lib, uning mohiyati mavjud qadriyatlarni qaytadan baholab chiqish orqali inson salomatligiga va uning turmush madaniyatiga qadriyatlar pillapoyasida munosib o‘rin ajratilishiga erishishdir. Odamlarga inson salomatligi barcha turdagi qadriyatlar orasida oliy qadriyat ekanligini anglatmasdan turib, uning salomatligini ta’minlab bo‘lmaydi.
Turmush madaniyatining sotsiologik masalalari qatoriga:

  • Sotsiologiyaning turmush madaniyatini shakllantirishdagi o‘rnini belgilab berish;

  • Turmush madaniyatining asosiy sotsiologik yo‘nalishlarini shakllantirish va ularni tavsiflash;

  • Turmush madaniyati omillarining asosiy sotsiologik tushuncha va kategoriyalar bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;

  • Turmush madaniyatini shakllantirishda sotsiologiyaning yangi yo‘nalishi – tibbiy sotsiologiya yo‘nalishini shakllantirishning dolzarbligini va tibbiy sotsiologiya yo‘nalishi oldida turgan asosiy vazifalarni aniqlash;

  • Dastlabki bosqichda aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirishga bevosita aloqador vrachlar va tibbiyot xodimlarining tibbiy sotsiologik masalalari bo‘yicha tayyorgarligini oshirish kabi masalalarni kiritish mumkin.

Odamlar o‘rtasida turmush madaniyatini yuksaltirishdek murakkab muammoning yechimini topish ko‘p jihatdan shaxslarga, ular ongida odamlar va jamiyat haqidagi bilimlarning nechog‘liq to‘liq aks ettirilishiga bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Odamlar va alohida ijtimoiy guruhlarning hayotini chuqur tahlil qila bilish, ular o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni shakllantirish, butun jamiyat uchun zarur bo‘lgan osoyishtalikni ta’minlashga imkoniyat yaratadi.
Modomiki, ijtimoiy munosabatlar dunyosi, bir xil ijtimoiy qiziqishlari asosida birlashadigan shaxslar tomonidan ularning ijtimoiylashuvi jarayonlarida va muayyan ijtimoiy muhit sharoitlari ta’sirida yaratilar ekan, jamiyatni har qanday jihatdan o‘rganish ijtimoiy faol shaxsning faoliyatini tahlil qilishdan, uning jamiyat sahnasidagi harakatiga baho berishdan boshlanishi kerak.
Bundan kelib chiqadigan muhim xulosa shuki, jamiyatda hukm suradigan turli munosabatlar odamlarning ijtimoiy hayoti, shaxslarning faoliyati va xulqi orqali o‘rganiladi. Aynan shaxslar o‘zaro yashash me’yorlari va shakllarini ishlab chiqadilar, jamiyatdagi ijtimoiylik shaxslar darajasida shakllanib boradi. Gap shundaki, turmush madaniyati – ijtimoiy tushuncha bo‘lib, bir tomondan insoniyatning paydo bo‘lishi va ijtimoiy dunyosining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bog‘liq holda shakllanadi. Bu yerda shaxs muayyan ijtimoiy xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan holda maydonga chiqadi. Garchi insonning biologik va irsiy xususiyatlari va tabiati uning shaxsini shakllantirishda ma’lum rol o‘ynasa-da, inson shaxsining shakllanishida hal qiluvchi rolni ijtimoiy muhit va holatlar o‘ynaydi, chunki insoniyat ijtimoiy tarixiy rivojlanishining keyingi bosqichlarida shakllangan.
Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida yetakchi vazifani madaniyat kategoriyasi bilan vositalashtirilgan: oila, ijtimoiy tashkilotlar va institutlar, shuningdek, ijtimoiy axloqiy me’yorlar va qadriyatlar bajaradi. Zero, inson boshqa tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq, o‘z ehtiyojlarini madaniyat orqali qondira oladi.
Insonning ma’naviy yuksalishi ijtimoiy yetuk shaxs bo‘lib shakllanishida barcha turdagi insoniy qadriyatlar, din, ijtimoiy axloqiy me’yorlar, til, shuningdek insonning mehnati bilan yaratilgan boshqa moddiy boyliklarni o‘ziga qamrab olgan madaniylik yetakchi vazifani bajaradi. Jamiyatda har bir shaxsning turmush madaniyati qoidalarini o‘zida mujassamlagan holda shakllanishi, jamiyatda amal qilinishi majburiy deb qabul qilingan ijtimoiy-axloqiy me’yorlari talablariga qat’iy amal qilib yashashi bilan bog‘langan bo‘lib, ularga rioya qilmaslik odamlar o‘rtasida salbiy munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan turli xil urf-odatlar, turli toifadagi va yoshdagi odamlar o‘rtasida o‘rnatilgan o‘zaro munosabatlar, tarbiya jarayonidagi o‘ziga xosliklar, turmush madaniyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi ilg‘or hayotiy tamoyillarning keng yoyilishiga ustuvorlik berish kabilar turmush madaniyatiga xos odatlarning kundalik hayotimizga kirib borishiga qulay sharoit yaratadi.

  • Turmush madaniyatining asosiy sotsiologik yo‘nalishlarini shakllantirishda sotsiologik tushunchalar va kategoriyalarga tayangan holda ish ko‘rish bu jarayonning amaliyligini ta’minlabgina qolmasdan, balki turmush madaniyati talablarini alohida sotsiologik tushuncha va kategoriyalar bilan uyg‘unlashtirish imkonini ham beradi. Shunga ko‘ra turmush madaniyatining asosiy sotsiologik yo‘nalishlariga:

  • Sog‘lom shaxsni shakllantirish;

  • Odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy sog‘lom munosabatlarni shakllantirish va ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olish;

  • Sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishni madaniylik kategoriyasi talablari bilan vositalashtirish;

  • Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida turmush madaniyati talablarini hisobga olish;

  • Turmush madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy institutlar (oila, ishlab chiqarish, davlat, ta’lim va din) imkoniyatlaridan foydalanish kabilarni kiritish mumkin.

  • Sog‘lom shaxs deganda – inson salomatligining barcha uchta tarkibiy qismlari jismoniy salomatligi, ruhiy salomatligi va ma’naviy-aqliy salomatliklari o‘zaro mutanosib rivojlangan shaxslarga aytiladi. Bu xususiyatlarning mutanosib rivojlanishini ushbu jarayonida shaxsning faol ishtirokisiz tasavvur qilish mumkin emas.

  • Shu sababdan bu borada olib boriladigan va sog‘lom shaxsni shakllantirish bilan bog‘liq ishlar quyidagi asosiy vazifalarni yechishga qaratilgan bo‘lishi lozim:

  • O‘z salomatligini mustahkam qilib yaratishni ko‘zlagan va shaxs tomonidan muhimligi anglab yetilgan mustahkam qadriyatlar tizimini yaratish, bunda salomatlikka munosib o‘rin ajratish;

  • O‘zining jismoniy salomatligini baholash va tashxislash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, uni talab darajasida saqlash usullari va vositalaridan foydalana bilish;

  • Atrof-muhit (ko‘cha, uy-hovli, ish joyi va h.k.) tozaligini ta’minlash;

  • Ruhiy holatini baholay bilish va boshqara olish;

  • Haqgo‘ylik, namunaviy xulq, xotirjamlik, sevgi, shuningdek zo‘ravonliksiz yashash kabi oliy insoniy qadriyatlarni tarbiyalash kabi jamiyatda barqarorlikni ta’minlovchi umuminsoniy sifat belgilarini kafolatlash.

Odamlar o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni shakllantirish, ziddiyatli vaziyatlarning oldini olishda va bunday munosabatlarni tartibga solib borish me’yorlari insoniyatning uzoq ijtimoiy tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanib va takomillashib borgan. Me’yoriy mexanizmlarning samarali ishlashi jamiyatda barqarorlik o‘rnatishga xizmat qiladi.
Bunday mexanizmlar qatoriga: axloqiy me’yornomalar, urf-odatlar, tantanali uchrashuv qoidalari, shuningdek turli xil taqiqlovlar va qonunlarni kiritish mumkin. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun o‘rnatilgan bunday mexanizmlarning imkoniyatlaridan o‘rinli va o‘z vaqtida foydalanish alohida shaxslar va turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni, turli xil bo‘hronlarning oldini olishga imkon yaratadi. Jamiyatning barqaror rivojlanishi va osoyishtaligini ta’minlovchi sog‘lom ijtimoiy munosabatlarning o‘rnatilishi shaxslarning yetukligi va madaniylik darajalarini ko‘rsatuvchi muhim mezon bo‘lib, bunday sifatlar shaxslarning ijtimoiylashuvi jarayonlari bilan uzviy bog‘langan. Odatda, shaxslar orasidagi munosabatlarda amal qilinishi lozim bo‘lgan madaniylik tushunchasi – milliy an’analar, urf-odatlar, tartib-qoidalar, ijtimoiy me’yornomalarni o‘z ichiga qamrab olib, muayyan jamiyatda bugun yashayotgan shaxslar orasidagi munosabatlarni tartibga solibgina qolmasdan, bundan keyin yashaydigan kelajak avlodlarga ham berilib boriladi va jamiyatning qimmatli axloqiy boyligi bo‘lib hisoblanadi. Munosabatlar o‘rtasidagi bunday madaniylikning avloddan-avlodga uzatilishi shaxslarning ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi deganda – har bir individning o‘z hayoti davomida jamiyatga kirib borishi va o‘zining tabiatida, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy tarkibida tegishli o‘zgartirishlarni keltirib chiqara olish bilan bog‘liq jarayonga tushuniladi.
Odatda, bunday jarayon ikki xil kechadi:
Birinchisi, shaxsning ijtimoiylashuvi mavjud ijtimoiy muhit va uning talablariga passiv moslashuvi bo‘lib, bunday moslashuv avtoritar boshqaruv tiziminnig ta’sirida yoxud shaxsning irodasizligi, intellektual rivojlanmaganligi, o‘zligini anglab yetmaganligi tufayli sodir bo‘ladi.
Ikkinchisi, integrativ jarayon bo‘lib, bunda shaxs ijtimoiy tashqi muhit bilan faol munosabatga ongli ravishda kirishadi, uni zaruriyatiga va maqsadga muvofiqligiga ko‘ra o‘zgartira oladi. Bunday turdagi ijtimoiylashuv demokratik tipdagi davlatlar hayotiga xos xususiyatdir.
Ijtimoiylashuv jarayoni shaxsning butun umri bo‘yicha davom etadi. Vazifa shaxsning bunday ijtimoiylashuvi jarayonining bolalik, yetuklik, keksalik kabi davrlari imkoniyatlaridan foydalanib, turmush madaniyatiga xos odatlarini muttasil ravishda shaxsning ongiga singdirib borishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish hamda ulardan unumli va maqsadli foydalanishdan iborat. Shaxslarning ijtimoiylashuvi jarayonlarini jamiyatning ijtimoiy institutlari (oila, davlat, din, ishlab chiqarish, ta’lim) vositasida faol boshqarish mumkinligi, turmush madaniyati talablarini shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoniga uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
Odamlar o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni o‘rnatishda, turmush madaniyati talablarini keng targ‘ibot qilish va ommalashtirishda islom dini va islom madaniyatining tutadigan o‘rni beqiyosdir.
Ijtimoiy munosabatlar orasida sog‘lom shaxsning shakllanishiga olib keluvchi yana bir muhim omil – bu diniy e’tiqod madaniyati bo‘lib, bu bizning jamiyatimizda madaniy qadriyatlar, imonli shaxslarning shakllanishiga o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda.
Asosiy maqsadi jamiyatda barqarorlikni va osoyishtalikni o‘rnatishdan, odamlarni dinga e’tiqodli, imonli bo‘lish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lgan islom dini butun dunyo musulmonlarining oliy madaniy qadriyati va boyligidir. Muayyan jamiyatdagi mavjud ayrim tartibsizliklardan, turli ijtimoiy illatlardan ixlosi qaytgan shaxslar ongida Yagona Allohga bo‘lgan ishonch va e’tiqod odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi muhim omil bo‘lib maydonga chiqadi. Shu boisdan muborak islom dini talablari asosida turmush kechirish – bu sog‘lom turmush kechirishni anglatsa, diniy e’tiqodsizlik, Yagona Allohga shak keltirish odamlarni o‘z mohiyatidan uzoqlashtiradi – nosog‘lom turmush madaniyatiga mukkasidan ketgan shaxslarning shakllanishiga olib keladi.
Inson salomatligining ijtimoiy omillar bilan vositalanganligi, turmush madaniyati talablarini qator sotsiologik tushunchalar va kategoriyalar bilan uyg‘unlashtirishning zarurligi, shuningdek, odamlarning turmush tarzlarini, shu jumladan turmush madaniyati talablari asosida yashayotganligini ilmiy jihatidan o‘rganish, bu borada jiddiy tibbiy-sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni taqozo qiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlarni umumiylashtirish va asoslangan xulosalar chiqarish bir tomondan jiddiy tibbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan sotsiologlarni tayyorlashni kun tartibiga qo‘ysa, ikkinchi tomondan vrachlar va tibbiy xodimlarning jiddiy sotsiologik malakaga ega bo‘lishini ham talab qiladi.
Pirovardida, turmush madaniyatini shakllantirishning sotsiologik masalalarini ilmiy jihatidan chuqur o‘rganish va amaliyot uchun asosli takliflar kiritish uchun vaziyat pishib yetilganligi ta’kidlab, bu borada tibbiyot xodimlari bilan sotsiologlarning hamkorlikda ish olib borishigina ijobiy samara berishi mumkinligini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling