1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet12/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Qobiliyat – shaxsning ma’lum bir faoliyat turi bo‘yicha muvaffaqiyat bilan ishlay olish xususiyati bo‘lib, har bir inson onadan turli xil qobiliyat kurtaklari bilan tug‘iladi. Ularni kerakli tomonga qarab rivojlantirish oila va jamiyat oldida turadigan muhim vazifalardan bo‘lib hisoblanadi. Qobiliyatlarni aniqlash, kasb tanlashda psixologlar va psixonevrologlar tomondan maxsus jihozlangan laboratoriyalarda va shaxs bilan suhbat o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Insonning biror narsaga bo‘lgan muhtojligining uning ongida aks ettirilishi bilan bog‘liq ruhiy jarayon – zaruriyat deb ataladi. Har qanday shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirmasdan turib yashay olmaydi. Inson birinchi navbatda oziq-ovqatga, suvga, kislorodga, issiq uy-joy sharoitiga va ko‘payib, nasl qoldirishga muhtoj bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, insonning muhtojligi uning ehtiyojlariga qaraganda chegaralangan va hayoti davomida kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ehtiyoj esa atrof muhit sharoitlari ta’sirida shakllanib, ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘langan bo‘ladi va faol ravishda o‘zgarib boradi.
Ehtiyojni – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish orqali tarbiyalash, Ya’ni o‘zgartirish mumkin. Agar insonda nosog‘lom yashash tarziga olib keluvchi ehtiyojlar shakllangan bo‘lsa, uni tarbiyalash yo‘li bilan bizga zarur tomonga, turmush madaniyatini shakllantirishga qarab burishimiz mumkin. Demak biz, inson psixologiyasining bu xususiyatidan foydalanib, turmush madaniyatini shakllantirishni tezlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Insonning ma’naviy ehtiyojlariga kiruvchi axloqiy ehtiyojlar turli odamlarda turlicha shakllanib, jamiyatda turlicha axloqdagi shaxslarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda jamiyat a’zolarining vazifasi, odamlarga yordam ko‘rsatish, ular bilan birga iztirob chekish yoki xursandchilik qilishga loyiq axloqqa ega bo‘lgan odamlarni shakllantirishga erishishdir. Kishilardagi salbiy axloqiy xususiyatlar noto‘g‘ri tarbiyalash natijasi bo‘lib, bunday kishilar atrofdagilarga o‘zlarining yomon xulqlari tufayli g‘am-kulfat keltirishi, ozor berishi muqarrardir. Ichish, chekish kabi nosog‘lom turmush madaniyatining zararli odatlariga ega bo‘lgan odamlar ana shunday axloq egalari ichidan chiqishlari hech kimga sir emas. Oilada, maktabda, mehnat jamoalarida olgan tarbiyalari tufayli odamlarimiz axloqiy jihatdan pok, xushxulq insonlar bo‘lib shakllansa, ular shubhasiz sog‘lom turmush madaniyatida yashashni tanlab oladilar va jamiyatga ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan katta foyda yetkazadilar. Ehtiyojning boshqa turlari borasida ham xuddi shunday fikrlarini bildirish mumkin.
Shunday qilib, ehtiyojlar ruhiy jarayon sifatida inson shaxsining shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Jamiyatda ayrim aholi qatlamlariga mansub kishilar ongida faqat iste’mol ehtiyojlarining shakllanishi jamiyatning axloqiy asoslariga jiddiy putur yetkazadi. Bu sohada jamoatchilik oldida turgan muhim vazifalardan biri bunday kishilar ongiga ta’sir o‘tkazib, ulardagi ortiqcha moddiy ehtiyojlarni cheklash va me’yoriy moddiy ehtiyojlarning shakllanishiga erishish, intellektual va estetik ehtiyojlarning shakllanishini qo‘llab-quvvatlash, turmush madaniyati qoidalariga bo‘lgan ehtiyojlarni, jamiyat a’zolarida halol mehnat qilish va faol dam olish jarayonida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning sog‘lom yoki nosog‘lom turmush madaniyatida yashashlarini tanlab olishi, hayotda sodir bo‘ladigan turli xil vaziyatlarda sharoit taqozosiga ko‘ra ma’lum bir qarorga kelishlari birinchi navbatda ularning irodalariga bog‘liq.
Iroda – psixologik jarayon bo‘lib, inson tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ko‘zlab, ongli ravishda, oldindan tanlangan faol harakatdir. Shunday qilib, iroda jarayonining birinchi holati maqsadlarni shakllantirishdir.
Maqsad – shaxs tomonidan o‘zining nima qilishi lozimligini, nimalarga erishishi kerakligini, qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishi lozimligini anglab yetishdir.
Iroda jarayonining ikkinchi holati, maqsadga erishish uchun qanday yo‘l va vositalarni tanlashi bo‘lsa, uchinchi holat – shu haqida qaror qabul qilish va uni bajarishdir. Shaxs tomonidan o‘z irodasini amalga oshirish uchun harakati uning xohishi bilan bo‘ladi va ma’lum vajlarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Vaj deganda biz shaxs tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga yetishish uchun nima sababdan aynan shu yo‘lni (boshqasini emas) tanlab olganligini tushunamiz. Irodali shaxs deganda insonning o‘zi tanlagan maqsad sari qat’iyat bilan intilishi va maqsadini amalga oshira bilishi tushuniladi. Demak, iroda maqsad sari qat’iylik bilan, astoydil harakat qilishdir. Irodaning kuchli bo‘lishi inson sog‘lig‘iga, uning ehtiyojlariga, ishonchiga, asab tizimining holatiga bog‘liq. Mehnat jarayonida va maxsus mashg‘ulotlar orqali inson o‘z irodasini chiniqtirib borishi lozim. Inson organizmida uzoq evolyutsiya jarayonida shakllangan bizning irodamizga bog‘liq bo‘lmagan harakatlar shartsiz reflekslarga asoslangan bo‘lib, bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi. Jumladan, bola yozishga o‘rganayotganida o‘zining har bir harakatini boshqarib boradi, bu holat muntazam ravishda takrorlanavergach boshqarilmasdan ham yoza oladigan ko‘nikma – yozish ko‘nikmasi shakllanadi. Bundan buyon faqat xatning mazmunini nazorat qilish yetarli bo‘lib, yozish harakatlarini deyarli boshqarmasa ham bo‘ladi.
Shunday qilib, ko‘nikma – bu dastlab to‘lig‘icha ixtiyoriy ravishda boshqarilgan, keyinchalik muttasil ravishda takroriy mashqlar natijasida deyarli o‘z-o‘zidan amalga oshirish darajasiga yetadi. Ko‘nikmalarning turlari behisobdir. Bu yerda gapning mazmuni ko‘nikmalarning ko‘pligida emas, balki gap har bitta harakatimizni nazorat qilishdan ozod bo‘lgan iroda, endi ayni paytda shaxs uchun eng zarur bo‘lgan harakatlarni nazoratga olish imkoniyaga ega bo‘lishida va irodaning ta’sir kuchi oshishidadir. Inson irodasiini mustahkamlashning boshqa bir yo‘li foydali odatlarni tarbiyalashdir.
Odat – bu tarbiyalangan foydali ko‘nikmalarning ehtiyojga aylanishidir. Bolaga ovqat yeyishdan oldin qo‘lini yuvishni o‘rgatish bir necha bor takrorlanavergach, keyinchalik bu odat tusiga, kundalik ehtiyojga aylanib qoladi. Hayotda ko‘pincha odamning ehtiyoji bilan, shu ehtiyojni qondirish o‘rtasida xohish bo‘la turib, uni amalga oshirish uchun harakat qilinmaydi (irodasi sustligi tufayli). Odatlar tarbiyalanganda ehtiyojlar bevosita harakatga aylanadi. Odamlarda mavjud bo‘lgan zararli odatlarning o‘rniga foydali odatlarni tarbiyalash yo‘l bilan ularni bunday zararli odatlardan bosqichma-bosqich xalos qilib borish turmush madaniyatini shakllantirish maqsadiga mos keladi. Har kuni bir vaqtda turish, jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanish, yuvinish, tishlarni tozalash, joyini yig‘ish, ozodalikni saqlash va hokazo foydali odatlarni tarbiyalash orqali inson o‘z irodasini bunday mayda ishlarni nazorat qilishdan ozod qilib, uni boshqa katta hajmdagi murakkab ishlarga qaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har bir shaxs o‘zining irodasini ishga solib, o‘zining qobiliyatini jamiyatga foydali bo‘lgan yumushlarga yo‘naltirishi lozim.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling