1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet14/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Birinchi bosqich – bu mavzuni idrok etish bosqichi bo‘lib, auditoriyaga avvalo mavzu haqida xabar beriladi, nimani o‘rganish lozimligi aytiladi. Maqsad shakllantirilib vazifalar qo‘yiladi, o‘rganish jarayoni oddiy masalalardan murakkabrog‘iga, hodisalarning zohiriy tomonlaridan botiniy tomonlariga asta-sekin mantiq yordamida kirib borish orqali masalaning mohiyati ochib beriladi.
Ikkinchi bosqichda mavzuning mazmuni yoritiladi. Muammolarning kelib chiqish sabablari, oldini olish choralari tushuntiriladi. Bunda qaysi masalalar asosiy, qaysilarining ikkinchi darajali ekanligi o‘rganiladi va hayotiy misollar orqali tushuntiriladi.
Uchinchi bosqich – ikkinchi bosqichda olingan bilimlar mustahkamlanib, ularni “takrorlash – o‘qishning onasidir” degan tamoyil asosida to‘liq o‘zlashtiriladi. Mavzuga oid hayotiy misollar orqali tuzilgan vaziyatli masalalar yechiladi.
Test sinovlari o‘tkaziladi, munozara va bahslar, savol-javob, muloqotlar uyushtiriladi. To‘rtinchi bosqich – olgan bilimlar va ko‘nikmalarni tajribada qo‘llash vositasida hayot bilan bog‘lanadi.
Didaktikaning ketma-ketlik, oddiydan murakkablikka, ilmiylik, uzviylik va uzluksizlik, ko‘rsatmalilik, nazariyaning amaliyotiga tatbiqi, tushunarlilik kabi umumiy tamoyillariga muvofiq o‘qitish jarayonida notiq quyidagilarga e’tiborni qaratish kerak:

  • Turmush madaniyatini shakllantirishda umumiy madaniylik, tarbiyalanganlik, sanitariya madaniyati va uning mohiyati haqida atrof-muhitni ifloslantirmaslik, atmosfera havosi, tuproq, suvning musaffoligi va tozaligi ta’minoti borasida g‘oyaviy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatilishi;

  • Har qanday mavzuda berilayotgan hodisalar qat’iy ilmiy asosda yoritilishi, ilm-fan ishlab chiqqan va tajribada sinovdan o‘tgan aniq tavsiyalar berilishi kerak;

  • Turli xil chora-tadbirlar majmuasi, ma’lum bir tizimga asosan batartib, mantiq fanining qonunlari asosida auditoriyada ma’ruzadan qoniqish hosil qilishni mo‘ljallab tuzilgan bo‘lishi shart;

  • Ma’lumotlar lo‘nda, qisqa va tushunarli qilib, muayyan auditoriyaga yo‘naltirilgan va tinglovchilarning saviyasiga mos bo‘lishi lozim. Mavzuni yoritishda mantiqiy ziddiyatlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Mavzu doimo ma’ruzaning o‘zagida bo‘lishi, ma’ruzachi undan chetga chiqmasligi kerak;

  • Ko‘rgazmali qurollar yordamida, slayd, rasmlar, jadvallar, filmlar va boshqa shu kabilardan o‘rinli foydalanish mavzuni o‘zlashtirishda ijobiy natijalar beradi, ko‘rish orqali ta’sir etib, uzoq vaqt tinglovchilar xotirasida saqlanib qolishini ta’minlaydi;

  • Auditoriyaning faolligini va mavzuni o‘zlashtirishga bo‘lgan ongli qiziqishni uyg‘ota bilish tamoyiliga amal qilish mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga olib keladi.

Bunda mavzuda ko‘zda tutilgan masalalarni yoritishda muammoli vaziyatlarni shakllantira bilish va o‘rtaga tashlash orqali auditoriyaning qiziqishini oshirish, e’tiborini mavzuga qarata bilish nazarda tutiladi. Ayrim hollarda tinglovchilarni mavzuni yoritishga faol jalb qilish orqali qizqish uyg‘otish ijobiy natija beradi.
Turmush madaniyatini shakllantirish pedagogikasining muhim tomonlaridan biri turmush madaniyatini shakllantirish borasida odamlarning bilimlarini ularning kundalik hayotiga tatbiq qilish, ularning gigiyenik o‘zini tuta bilishiga, shaxsning sanitariya madaniyatini yuksaltirishga qarata olishdir. Gigiyenik tarbiya deb shunga aytiladi. Umuman, tarbiya jarayoni uzoq davom etadigan, uzluksiz jarayon bo‘lib, har bir shaxsda uning hayotiy qarashlarini, mavqeini shakllantirishdan iboratdir.
Yoshligidanoq bolaning sog‘lom o‘sishi uchun uni yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tutmoq, dunyoqarashini shakllantirmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq, yomon xulqlardan saqlab o‘stirmoq lozim.
Ko‘pchilik odamlarning nosog‘lom turmush madaniyatida yashashga moyilliklarining negizida yotadigan va bir qarashdayoq ko‘zga tashlanmaydigan, ammo jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omil, bu – tarbiya jarayonlaridagi yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklardir. Ma’rifatparvr olim va shoir, mashhur pedagog Abdulla Avloniy tarbiyaning ahamiyati xususida, unng millat kelajagi va vatan taqdiriga ko‘rsatadigan ta’siri haqida kuyunib yozgan edi: “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur” . Abdulla Avloniyning bu so‘zlari millatning turmush madaniyatini shakllantirish jarayoniga ham baravar tegishlidir. Turmush madaniyatini shakllantirish tarbiya jarayonlari bilan ham uzviy bog‘langan va zamonaviy pedagogika ilmining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Mashhur pedagog Abdulla Avloniy badan tarbiyasi haqida so‘z yuritib “badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir. Biz sihatimizni saqlamoq ila amir qilinganmiz, shuning uchun vujudimizni hifzi sihatga zid bo‘lgan yomon odatlar ila chiritmoqdan saqlanmog‘imiz lozim. Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordir. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila tersi kabidir. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponning ustini qo‘yib astarini yuvib ovora bo‘lmoq kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradi. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog‘lom vujud kerakdir. Shuning uchun ota-onalar bolalari kasal bo‘lgan zamon beparvolik qilmay, tezlik ila tabib yoki doktorga boqizmoq kerak. Ichkilik, ko‘knori, nasha, nos, papiros kabi badanning salomatligiga zararli bo‘lgan narsalardan qochmoq, saqlanmoq shariat, aql hikmat yuzasidan lozimdir.
Fikr tarbiyasi eng kerakli, tarbiyachining alohida diqqatini talab qiladigan va ularning vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatli, xayr-saxovatli bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘quvchidagi fikrning quvvati, ziynati doirasining kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdir. Dars ila tarbiya bir-biridan ayrilmaydigan, biri ikkinchisiga bog‘langan jon ila tan kabidir.
Fikr agar yaxshi tarbiya topsa,
Xanjar, olmosdan bo‘lur o‘tkur.
Fikrning oyinasi olursa zang,
Ruhi ravshan zamir o‘lur benur.
Axloq tarbiyasi insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi tarbiyadir. Tarbiya ila dars orasida farq bor. Dars oluvchi bilguvchi, tarbiya oluvchi amal qiluvchi demakdir. Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga amal qilib, berayotgan ilmlarini amal bilan chog‘ishtirib o‘tmaklari lozim.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling