1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet10/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar.

  1. Shaxsningshakllanishigata’siretuvchiomillar?

  2. Turmush madaniyatini shakllantirishda diniye’tiqodningahamiyati?

  3. Shaxsningijtimoiylashuvigata’siretuvchiomillar?


8-Mavzu:Turmush madaniyati psixologiyasi
Reja:

  1. Turmush madaniyatiga psixologyondashuv

  2. Turmush madaniyati psixologiyasibilish jarayoni

Tayanchso’zvaiboralar: psixologiya, insonpsixologiyasi, sezish, tasavvur, idrokqilish, til, odam, shaxs, qobiliyat, ehtiyoj, iroda, maqsad, vaj, ko’nikma, odat.


Bir qarashda psixologiyaning turmush madaniyatini shakllantirishga nima aloqasi bor degan fikr tug‘ilishi mumkin. Biroq, biz nima uchun ko‘pchilik odamlar tashqi muhit zararli omillarining va o‘zlaridagi zararli odatlarning o‘z organizmiga salbiy ta’sirini bilganlari holda, nosog‘lom turmush madaniyatida yashashga moyilliklarining sabablarini chuqurroq tahlil qilsak, uning ildizlari inson psixologiyasi – uning ruhiy holatlari, ichki kechinmalariga borib taqalishini payqab olishimiz qiyin emas. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda odamlar o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirish borasida hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar ichida eng muhimlaridan biri ularning turmush madaniyatiga nisbatan psixologiyasiga ta’sir ko‘rsatish va uni kerakli yo‘nalishga qarab o‘zgartirishdir. Bu jarayonda asosiy to‘siq kishilarning real hayot to‘g‘risidagi tushunchalari bilan turmush madaniyatida yashash uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar o‘rtasidagi tafovutdir. Bunda millatimizga xos bo‘lgan an’analar, urf-odatlar: jamiyatimizda oilaning muqaddas sanalishi, keksalarga nisbatan hurmat, farzandlarimizning kelajagi uchun qayg‘urish, mehnatga bo‘lgan munosabat, mahallalarning faolligini oshirish kabilarni diqqat markazimizda tutib, turmush madaniyatini shakllantirish bo‘yicha o‘z faoliyatimizni shu tushunchalar bilan uyg‘unlashgan holda olib borsakkina yaxshi natijalarga erishishimiz mumkin.


Shunga ko‘ra biz odamlarda turmush madaniyatini yuksaltirishga ularning ichki ruhiy dunyosi va kechinmalarining nozik tomonlarini bilib olish va ularga ilmiy asoslangan ta’sir ko‘rsatib, o‘zimizning tashkilotchilik faoliyatimizni odamlarning ruhiy jarayonlarini kerakli tomonga yo‘naltirishga qaratishimiz lozim.
Xo‘sh, odamlarning ichki dunyosi deganda nimalarni tushunishimiz kerak? U bizni o‘rab olgan tashqi dunyo bilan qanday bog‘langan? Bizning ongimizda tashqi dunyo obrazlari qanday shakllanadi? Umuman, ong nima? Bizning xohishlarimiz qanday paydo bo‘ladi? Bizning harakatimizni boshqarib boruvchi irodamizning mohiyati nimada? Har bir shaxsning takrorlanmaydigan ruhiy tuzilishi qanday shakllanadi kabi savollarga javob axtarib ko‘rishimiz kerak. Bunday savollar odamlarni azal-azaldan qiziqtirib kelgan va mavjud obyektiv sharoitlarga, jamiyatdagi hukmron dunyoqarashga, tabiiy fanlar erishgan yutuqlarga qarab turlicha yechimini topgan. Bu savollarga javob olish uchun, biz umumiy va tibbiy psixologiyaning odamlarda turmush madaniyatini shakllantirishga yordam beradigan oddiy tushunchalari haqidagi o‘z bilimlarimizni kengaytirishimiz kerak bo‘ladi. Bunday psixologik tushunchalarning dastlabkisi bilish jarayonlari psixologiyasidir. Bilish jarayoni oddiy sezgi bosqichidan boshlanib, sekin-asta murakkablashadi va idrok qilish, tasavvur etish, so‘ngra tafakkur qilish kabi bosqichlardan o‘tadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling