1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet8/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Tashqi muhit – barkamol avlodning axloqiy tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Chunki inson shakllanish davomida nafaqat oila muhiti, balki jamoa, mavjud siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, tabiiy muhitlarning ta’sirida rivojlanadi. Shunday ekan, uning oilasida sog‘lom ijtimoiy, ruhiy muhit yaratib berish bilan bir qatorda, uning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida ham doimiy ko‘mak bermoq maqsadga muvofiqdir.
Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar.

  1. Insoniy yashash madaniyati degandanimanitushunasiz?

  2. Salomatlikkata’sirqiluvchiomillarnisanang?

  3. Turmush madaniyatini shakllantirishda qadriyatlarningahamiyati



6-Mavzu:Aholi turmush madaniyati tushunchasi – falsafiy kategoriya sifatida
Reja:
1.Turmush madaniyati falsafasi
2.Insonumridavomiyligivaturmushmadaniyati

Tayanchso’z va


iboralar:Aholiturmushmadaniyati,falsafiy kategoriya,inson,valeologiya,gigiyenik,induktiv,deduktiv,amaliyot,sog’lom turmushmadaniyati,nosog’lomturmush madaniyati.
Turmush madaniyati falsafasi, turmush madaniyatini shakllantirish va inson salomatligini birlamchi mustahkam qilib qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan hamda qator fundamental tibbiy va notibbiy fanlarning integratsiyasi tufayli shakllanib kelayotgan valeologiya fanining vazifasini bajarishni emas, balki ularda turmush madaniyatini shakllantirish jarayonini, falsafaning azaliy masalasi – inson hayotining mazmuni va maqsadi bilan uyg‘unlashtirishni, odamlarning dunyoqarashini shakllantirishni, inson salomatligining qadriyatlar falsafasidagi o‘rnini belgilab berishni, tug‘ilish va o‘lim falsafasini tahlil qilish orqali turmush madaniyatini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi. Falsafa inson salomatligi bilan bog‘liq savollarga bevosita javob bermaydi, balki unga yetishning yo‘llarini mantiqiy, falsafiy ratsionalizmga tayangan holda isbotlaydi.
Turmush madaniyati falsafasi – inson salomatligini birlamchi mustahkam qilib qurishni maqsad qilgan fanlarning rivojlanishiga metodologik asos yaratadi. Ularning yo‘nalishlarini falsafiy jihatdan asoslaydi. Buning uchun falsafa turmush madaniyatining alohida masalalarini abstrakt tushunchalarda ifodalab, falsafiy mushohadadan o‘tkazadi, induktiv – deduktiv xulosalar chiqarib, yana mavhumlikdan aniqlikka qaytadi, amaliyot uchun muhim bo‘lgan vazifalarni shakllantiradi.
Turmush madaniyati falsafasi insonning jismoniy tanasiga doir masalalar bilan shug‘ullanmaydi, u insonning ongi doirasida harakat qilib, uning dunyoqarashini shakllantiradi, insonning tanasi bilan ongi o‘rtasidagi, ma’naviy dunyosi bilan moddiy dunyosi orasidagi munosabatlarini belgilaydi. Shu boisdan falsafa bilan shug‘ullanganda biologik instinktlar doirasidan tashqarida harakat qilish lozim. Zero, falsafa mustaqil shaxs sifatida shakllangan insonning ongidan boshlanadi. Turmush madaniyati masalalarini uning ongi darajasida falsafiy tahlildan o‘tkazadi, odamlar oldiga vazifalar qo‘yadi, turmush madaniyatining falsafiy masalalarini oydinlashtiradi va bu savollarga javob berishga, asoslangan qarorlarga kelishga odamlarning o‘zini undaydi.
Kommunistik mafkura hukmronligi davrida inson salomatligini ta’minlashga faqat bir yoqlama – gigiyenik bilimlarni berish orqali, tibbiyotning profilaktika yo‘nalishiga ustuvorlik berish yo‘li bilan erishish mumkin deb hisoblovchilarning asosiy xatosi ham aynan shu yerda – Ya’ni ularning masalani odamlarning dunyoqarashidan, qadriyatlaridan ajratilgan holda yechish mumkinligiga bo‘lgan umidvorligida edi.
Turmush madaniyati chuqur falsafiy muammo ekanligini, u tibbiyotning bosh falsafiy masalasi hisoblanishini inobatga olmasdan, turmush madaniyati talablarini, insonlarning ongi talablaridan ajratilgan holda mushohada qilish kutilgan natijani bermaganligining asosiy sababi ham ana shunda edi.
Turmush madaniyati falsafasining vazifalari qatoriga:
Tibbiyotning inson salomatligini va uzoq umr ko‘rishini belgilab beruvchi bosh falsafiy masalasini shakllantirish, uni ta’riflash va tavsiflash;
Turmush madaniyati falsafasining markazida inson va uning taqdiri masalasi turishi, inson hayotining bosh maqsadi nimadan iborat ekanligini tavsiflash;
Turmush madaniyati va inson salomatligi ekofalsafasining dolzarb masalalarini tahlil qilish;
Turmush madaniyatining axloqiy masalalarini falsafiy tahlil qilish;
Turmush madaniyatining va inson salomatligining qadriyatlar falsafasidagi o‘rnini belgilab berish;
Inson salomatligi va turmush madaniyatini kategorial apparatini shakllantirish, asosiy salomatlik kategoriyalari va tushunchalarining dialektik rivojini tahlil qilish orqali turmush madaniyati uchun induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish;
Turmush madaniyatining asosiy dialektik qonunlari bilan uyg‘unlashuvini ko‘rib chiqish;
Tug‘ilish va o‘lim falsafasining dialektikasini ko‘rib chiqish, tegishli xulosalarga kelish kabi masalalarni kiritish mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan turmush madaniyati falsafiy masalalarini batafsil ko‘rib va oliy falsafiy tahlildan o‘tkazish maxsus va keng qamrovli mavzu bo‘lib, uni ushbu qo‘llanma doirasida ko‘rib chiqishning imkoniyati yo‘q. Mazkur masalani falsafiy tahlildan o‘tkazish tibbiyot sohasidagi mutaxassislarning faylasuflar bilan birgalikda ishlashini talab qiladi. Biz bu yerda sog‘lom turmush madaniyatining ayrim falsafiy masalalarini qisqacha ko‘rib chiqish orqali masalaning muhim ahamiyatga molik chuqur falsafiy muammo ekanligiga talabalarning e’tiborini qaratishni maqsad qilib qo‘yganmiz xolos.
Ko‘pchilik odamlarning turmush madaniyatida yashash afzalliklarini tushunganlari holda nima uchun nosog‘lom turmush madaniyatida yashashga moyilliklarining tub sabablarini tushunib yetish, ularni ochib tashlashda turmush madaniyatining falsafasini, uning mazmuni va mohiyatini tushunib yetish muhimdir. Avvalo, turmush madaniyati falsafiy kategoriya sifatida, noturmush madaniyatining ham mavjudligini taqozo qilishini ko‘rsatib o‘tish lozim. Turmush madaniyati o‘z mazmun mohiyatiga ko‘ra noturmush madaniyati bilan dialektik birlikda va qarama-qarshilikdagina rivojlanadi va o‘z mohiyatini namoyon qila oladi.
Turmush madaniyati nosog‘lom turmush madaniyati negizida rivojlanib, uning inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan salbiy tomonlarini inkor etib borish dialektikasi bo‘lib mazmunan turmush madaniyatini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Turmush madaniyati ma’lum vaqt davom etadigan (ba’zan uzoq vaqt) tarbiyaning mahsuli sifatida yuzaga chiqadi va shundagina xususiyatlarini to‘la namoyon qila oladi.
Turmush madaniyati, nosog‘lom turmush madaniyatiga yoki nuqsonli turmush madaniyatiga xos bo‘lgan axloqiy jihatlarni inkor etish va insoniy odobning ijobiy tomonlarini o‘zida mujassamlashtirish jarayonida takomillashib va rivojlanib boradi, shu yo‘sinda turmush madaniyati axloq kategoriyasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Inson onadan birdaniga xushxulq va odobli bo‘lib tug‘ilmaydi. Odobli bo‘lish ma’lum vaqt davom etadigan hamda butun umr davomida takomillashtirib borishni talab talab qiladigan axloqiy tarbiyaning natijasi sifatida o‘zini namoyon qiladi. Shu boisdan odob tarbiya jarayoni bilan ham uzviy bog‘lanib, odamlarda turmush madaniyati yoki boshqacha qilib aytganda odobli yashash tarzida yashashga ehtiyoj sezishni shakllantiradi.
Turmush madaniyati, tarbiyali va odobli yashash tarziga xos namunaviy tomonlari bilan mazmuni va mohiyati tarbiyasiz, axloqsiz yashashdan iborat bo‘lgan noturmush madaniyatiga parchalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Hayotda turmush madaniyati – noturmush madaniyatining kushandasi sifatida o‘zini namoyon qiladi.
Sog‘lom turmush madaniyati bilan nosog‘lom turmush madaniyati dialektikasida nosog‘lom turmush madaniyatining inkor qilinishi o‘rtasidagi ziddiyat inson umrining uzayishiga, uning arzigulik turmush sharoitlarida yashashiga, o‘z umrini ezgu ishlarga bag‘ishlashga, turmush madaniyatining tantanasiga olib keladi.
Turmush madaniyatida yashash inson umrini uzaytirishi tufayli o‘limni orqaga sursa, noturmush madaniyatida yashash inson umrini qisqartirib, o‘limni tezlashtiradi. Turmush madaniyatida yashash inson umriga umr qo‘shib, uning o‘z insoniy mohiyatini to‘laroq namoyon qilishga olib kelsa, noturmush madaniyatida yashash inson umrini qisqartirib, uning tub mohiyati to‘laligicha ochilmay qolishiga sabab bo‘ladi.
Turmush madaniyatida yashash inson umriga ma’lum ma’no va mazmun baxsh etsa, nosog‘lom turmush madaniyatida yashash inson hayotini “egovlaydi”, uning mazmunsiz va sayoz o‘tishiga sabab bo‘ladi, mohiyatiga putur yetadi. Oxir-oqibatda mazmunan boy va progressiv tabiatga ega bo‘lgan turmush madaniyati sayoz, mazmunsiz va regressiv tabiatli noturmush madaniyatidan ustun keladi, uni inkor qiladi.
Turmush madaniyati o‘z o‘lchamlari bo‘lgan qator sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga egaki, bu ko‘rsatkichlarni o‘rganish va shakllantirish orqali odamlar o‘rtasida turmush madaniyatini rivojlantirish jarayonini faol boshqarish hamda noturmush madaniyatiga qarshi kurashish imkoniyatini yaratadi.
Turmush madaniyatiga xos bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlari – axloqiy beqarorlik, tarbiyasizlik, madaniyatsizlik, ayniqsa iste’mol madaniyatidagi nuqsonlar, turli xil zararli odatlar singari ma’naviy qashshoqlik belgilarida, inson organizmining fiziologik-me’yoriy ko‘rsatkichlari esa uning to‘laligi va vazni, yurak-qon tomir urishi tezligi, qon bosimi ko‘rsatkichi, nafas olish miqdori, uyqu davomiyligi va nihoyat inson umrining uzunligi kabi ko‘plab miqdor ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi.
Nosog‘lom turmush madaniyatida yashash oqibatida organizmning miqdoriy ko‘rsatkichlari ham salbiy qiymatga ega bo‘ladi va turli xil davolanishi qiyin bo‘lgan og‘ir xastaliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Turmush madaniyatida yashovchi kishilarda va o‘z vaqtida nosog‘lom turmush madaniyatida yashashdan xalos bo‘lishni maqsad qilib qo‘ygan, o‘z irodasini qo‘lga olib, nafsini jilovlab, ma’naviy yuksalish yo‘liga o‘tgan, o‘z qalbini axloqiy beqarorlik, tarbiyasizlik va madaniyatsizlikning turli shakllaridan tozalab, turmush madaniyatini tanlashga ahdu-paymon qilgan insonlarda, ularning odobli va nuqsonsiz yashash tarzida yashashlari tufayli erishgan yangi sifat ko‘rsatkichlari organizmning fiziologik-me’yoriy ko‘rsatkichlarida ham o‘z aksini topadi. Ratsional va tarkib jihatidan tenglashtirilgan ovqatlanish tufayli vazn ham me’yorida bo‘ladi, yurak va tomir urishi sekinlashadi, qon bosimi me’yoriy ko‘rsatkichlargacha pasayadi, nafas olish barqarorlashib organizmni qoniqtiradi, uyqu ko‘payib, uzunligi ortadi va bu jarayon pirovard natijada inson umrining uzayishiga olib keladi. Organizmdagi sifat o‘zgarishlari, miqdoriy o‘zgarishlarini hosil qiladi.
Turmush madaniyati – insonning sog‘lom bo‘lib tug‘ilishini shakllantiruvchi embrional taraqqiyot davridan boshlab, to umrining oxirigacha davom etadigan inson hayotining barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab olgan hayot falsafasidir. Turmush madaniyati insonni uning o‘zligini anglashga olib boradigan, kamolot sari yetaklaydigan, umriga mazmun ato etadigan umidbaxsh yo‘ldir.
O‘zligini bilgan avliyo bo‘ladi, degan naql bor. Turmush madaniyati insonni ulug‘likka, donishmandlikka, “avliyo bo‘lishga”, buyuk kelajak sari intilishga undaydi. Inson hayotining formulasi uning sog‘lom bo‘lib tug‘ilishi va turmush madaniyatini tanlab olishi, mazmunli, sog‘lom va uzoq umr kechirishi tufayli o‘zligini anglash darajasiga yetishidan iboratdir. Demak, turmush madaniyati – inson tomonidan hayotining mazmuni va mohiyatini to‘g‘ri tushunib yetishi, anglab olishi bilan bog‘langan ezgu yashash tarzidir.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling