1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet7/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Inson individual sog‘lig‘i – bu organizmning patologik siljishlaridan xoliligi, tashqi muhit bilan eng maqbul aloqasi, barcha funksiyalar hamjihatligi fonidagi tabiiy holatidir. Sog‘liq – organizmning tashqi muhitga mos bo‘lgan va organizmga eng maqbul hayot faoliyatini hamda to‘laqonli mehnat faoliyatini ta’minlab beruvchi tuzilmaviy-funksiyaviy belgilarining o‘zaro uyg‘unlikdagi majmui hisoblanadi. Inson individual sog‘lig‘i – organizmdagi barcha mavjud almashinuv jarayonlarining uyg‘un birligidir, bu esa organizmning barcha tizimlari hamda quyi tizimlari eng maqbul ravishda faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratadi. Salomatlik – faol hayot maksimal davomiyligi sharoitida insonning biologik, fiziologik va psixologik funksiyalarini, mehnatga layoqatlilik hamda ijtimoiy faolligini saqlab qolish hamda rivojlantirish jarayonidir.
Turmush madaniyatining tor ma’nosi ostida ko‘pincha inson ruhi va tanasining salomatligi haqidagi tipik me’yorlar va ularga o‘tishning eng muvofiq uslublarini aniqlash tushuniladi. Agarda salomatlikka ta’sir qiluvchi barcha omillar – o‘zaro munosabatlar, ish, turmush madaniyati, ularning insonning butun hayoti davomida o‘zgarib borishini maksimal darajada hisob-kitob qilishni hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni baholashni maqsad qilib olsak, turmush madaniyatini yanada kengroq tushuna boshlaymiz.
Turmush madaniyatining keng ma’nosi – sog‘lom fikrlash tarzi. O‘zligini anglash yo‘li, rivojlanish texnikalari bo‘lib, ularning inson tomonidan tushunilishi va foydalanilishi ruh va tana salomatlik holatini belgilab beradi. Ya’ni turmush madaniyatining yanada ahamiyatliroq maqsadi insonning zaminda yashash san’atini, jismonan sog‘lom tanani shakllantirish, to‘liq o‘zligini anglash, ruhiy komillik va baxtiyorlikka erishishni o‘rgatish bo‘lishi mumkin.
Turmush madaniyati – shaxsiy hayot va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabat masalalarini hal qilish, insonning jismoniy, ruhiy holati va tashqi xulqini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Turmush madaniyati insonni o‘z-o‘zini va boshqa odamlarni tushunish asosida xulq-atvor madaniyatiga, oila tuza olishga, do‘stlar tanlay olishga, ijobiy o‘zaro munosabatlarni saqlay olishga, kelishmovchiliklarni hal qila olishga o‘rgatadi, bu ham inson va jamiyat manfaatlariga mos keladi.
Bundan tashqari, turmush madaniyati insonning huquqiy davlat tomonidan beriladigan imkoniyatlarni tushunishga asoslanadigan turli davlat tuzilmalari bilan faol o‘zaro munosabatga kirishishi va bunda qobiliyatini shakllantirishi, shuningdek, qonunga hurmat, uning shaxslararo ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tartibga solishda inson manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgandir.
Insonga shaxs sifatida qaraydigan bo‘lsak, uning holatini dastavval jamiyatda tutgan o‘rni va bajargan vazifalari ifodalaydi. Demak, inson sog‘ligi davlat mulki bo‘lib, oqilona yashashning yangi yo‘nalishi hisoblanadi. Shuning uchun salomatlikni asrash yo‘li orqali turmush madaniyatini mo‘tadil saqlashga intilishi – davlat ahamiyatiga molik vazifalardan biri bo‘lmoqda. Inson salomatligini oila muhiti darajasida quyidagi mezonlarga ajratish mumkin:
– nasldan-naslga o‘tish – 20%;
– tashqi muhit – 20%;
– tibbiy yordam darajasi – 10%;
– hayot tarzi – 50%.
Shu sababli turmush madaniyatini o‘rganishda asosiy vazifalardan biri aholining tibbiy, jismoniy, ma’naviy-axloqiy, reproduktiv salomatligini saqlash, turmush madaniyatining ijtimoiy-axloqiy, huquqiy asoslarini yaratish va turmush madaniyati qadriyatlarini shakllantirishdan iboratdir.
Shaxs kamoloti va uning rivojlanishida muhim omil bo‘lgan nasldan-naslga o‘tish deganda, biz ko‘proq irsiylikni nazarda tutamiz. Bu, ko‘pincha, o‘zbek oilalaridagi milliy qadriyatlarimizning namunasi bo‘lgan quda-andachilik, qiz uzatish va o‘g‘il uylantirish marosimlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ayrim oilalarda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni afzal ko‘radilar. Ba’zi hollarda esa, yigit yoki qizning tibbiy va jismoniy ahvolidan ko‘ra ularning boy-badavlat ota-onalariga asosiy e’tibor qaratiladi. Har ikki holatda ham bu nikoh samarasiz hisoblanib, sog‘lom naslni dunyoga keltirish uchun asos bo‘la olmaydi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling