1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet3/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar:

  1. Turmush madaniyatitushunchasigata’rifbering.

  2. Turmush madaniyatininghuquqiynegizlarinimalardaniborat?

  3. Turmush madaniyatiningasosiyvazifalarinimalardaniborat?

  4. Turmush madaniyatiningasosiyvazifalarinisanang.

  5. Turmush madaniyatiningasosiykategoriyalarinisanang.

  6. Madaniyattushunchasigata’rifbering.

  7. Maishiy turmush odobihaqidanimalarnibilasiz?



2-Mavzu:Sharqda turmush madaniyati haqidagi qarashlarning tarihiy rivojlanishi:
Reja:
1.Inson axloqiy qiyofasining shakllanishida buyuk ajdodlar merosi
2. “Avesto”da sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish masalalari


Tayanch so’z va iboralar:axloq,jamiyat,Avesto,sog’lom turmush,sharqonalik,oila,bola tarbiyasi,zardushtiylik,Qur’oni Karim,sog’lom tan,sog’lom fikr.

Kishilik jamiyatining ilk davrlaridan boshlab shaxs va jamiyat munosabatlari masalasi, sog‘lom avlod tarbiyasi va u bilan uzviy bog‘liq ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash masalalari hamma vaqt ilg‘or fikr egalarining diqqat markazida bo‘lib kelgan.


Inson axloqiy qiyofasining shakllanishida buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosining o‘rni beqiyosdir. Ularning purma’no hikmatlari, oliyjanob fazilatlari, saxovatpeshaligi, didaktik hikoyalari, dono maslahatlari va ular haqidagi ibratomuz rivoyatlar ta’lim-tarbiyaning bitmas-tuganmas manbaidir. Odamlar murakkab vaziyat va sharoitda doimo donishmandlarning “do‘stona ko‘magi va qo‘llab-quvatlashi”ga tayanadilar, ulardan ma’naviy-ruhiy madad olib turadilar, o‘zlarining xulq-atvorlarini, yaxshi yoki yomon sifatlarini ularning hayotiy tajribasiga, o‘gitlariga, pand-nasihatlariga qiyoslaydilar, ulardan foydali xulosa chiqarib olishga urinadilar.
Sharqonalik – insoniy qadr-qimmatni yuksak tutuvchi, axloq-odob, jamiyat, tabiatga munosabat, ilm-ma’rifat bobida fidoyi shaxslarni tarbiyalash, millatni chuqur anglovchi, xalqning tili, ruhi, fe’l-atvori va an’analariga ongli ravishda amal qiluvchi, tarixiy-etnik ildizlarini puxta bilgan, millatdoshlarning o‘tmishi, buguni va istiqbolidan faxrlana oladigan insonlarni yetishtirishni nazarda tutadi. Sharqonalikning shakliy jihati xususida shuni aytish lozimki, u zamon va makon bilan chambarchas bog‘liq.
Insonning ijtimoiylashuvi oiladan boshlanishini hisobga olganimizda, shaxsning komil inson bo‘lib shakllanishida oilaning o‘rni beqiyodir. Zero, qadimdan oila bejiz muqaddas sanalmagan. Inson o‘z hayotini oilasiz tasavvur qila olmaydi va aynan mana shu oila muhitida u jamiyat a’zosi sifatida tarbiya topadi. Oiladagi tarbiya muhiti, avvalo, oilaviy munosabatlar madaniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni ota-onalar bilan farzandlarning o‘zaro yaxshi munosabati, qariyalarga hurmat e’tibor, ota-onaning farzandlar tarbiyasiga o‘ta mas’ulligi, oilada o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy urf-odatlar, ota-onaning mehnatiga, ijtimoiy hayot hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi kabilar oilaviy munosabatlar madaniyatining nozik qirralaridir. Bularning qay birida mutanosiblik buzilsa, demak, o‘sha oiladagi sog‘lom muhitga putur yetadi va nosog‘lom munosabatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Shu sababli oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila – kishilarning tabiiy biologik munosabatlari, uy-ro‘zg‘orni boshqarish, huquqiy nikohni fuqarolik holatlarida qayd etish, ma’naviy er-xotin, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi sevgi, mehr-muhabbat tuyg‘usi va shu kabi munosabatlarga asoslangan birlik. Oilaviy munosabatlardagi har qanday holatlar (salbiy, ijobiy) bolalarning ruhiy, ma’naviy rivojlanishiga ta’sir etadi. Zero, oilada shaxsning insoniylik, qat’iylik, burch, mehnatsevarlik, samimiylik, kamtarlik kabi axloqiy xislatlari shakllanadi.
Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati, o‘zlarini tuta bilishlari muhim. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, bir-biriga mehribonlik, ayniqsa ayollarni izzat qilish odatga, qoidaga aylanishi lozim. Bolalarga otani hurmat qilish, unga mehribon bo‘lishni o‘rgatish otaning vazifasi sanaladi.
Odatda, o‘g‘il bola otasiga, qizlar esa onasiga o‘xshashga, ulardagi yaxshi xislatlarni o‘ziga singdirishga harakat qiladi. Ota ham, ona ham bolani tarbiyalashga birdek mas’ul bo‘ladilar.Shu tariqa manfaatlari umumiy bo‘lgan ahil oilada yaxshi odat, an’analar vujudga keladi sog‘lom muhit, mehr-oqibat, qadr-qimmat zamini yaratiladi. Bolalarning yaxshi tarbiya topishlari uchun sharoit vujudga keladi.
Oiladagi er-xotin o‘rtasidagi yuksak munosabat madaniyati bolalarning quvnoq, xushchaqchaq o‘sishlariga, to‘g‘ri tarbiyalanishlariga, xonadonda sog‘lom muhit yaratishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Qaysi oilada noahillik, qo‘pollik, do‘q-po‘pisa, asabiylik hukmron ekan, unda halovat ham bo‘lmaydi. Oiladagi arzimagan janjal ham dastavval bolalarning psixik holatiga ta’sir qiladi, ularda yomon odatlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bolalar ulg‘aygach ular ham “qush uyasida ko‘rganini qiladi” qabilida ish ko‘rishadi. Shu bois, oilada sog‘lom muhitni saqlab qolish uchun ota-ona bir-birini behurmat qilmasligi, obro‘larini tushirmasligi, oilaviy nizolarni bola yo‘q vaqtida bartaraf etishlari lozim.
Milliy qadriyatlarimiz ming yillar davomida shakllangan tarix sinovlariga dosh berib, necha-necha avlodlardan o‘tib kelayotgan ma’naviy boylik ekanligi, shubhasiz. Lekin bu boyliklar osonlikcha qadriyatga aylanmaydi. Ma’naviy qadriyatlarning aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yosh avlodning mulkiga aylanishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Buning uchun shu millat taqdiri va istiqboliga befarq qaramaydigan ilg‘or vakillarning sa’y-harakati talab etiladi.
Xulosa shuki, yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda qadimiy boy ma’naviy merosimizdan o‘rinli foydalanish katta samara berishi, shubhasiz.
Turon zamin (Xorazm, Baqtriya, Sug‘diyona, Farg‘ona)da bundan taxminan 3000 yil avval shakllangan va qaror topgan zardushtiylik dinining asosiy kitobi hisoblangan “Avesto” (Abisto)da yaxshilik, insonparvarlik, axloq-odob, yurish-turish, saranjom-sarishtalik, poklik, soflik va tozalik, o‘simlik va daraxt ko‘kartirish beqiyos darajada ulug‘lanadi. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi. “Avesto” umuman koinot va zamin, inson va hayot, o‘lim va abadiyat singari butun insoniyatga mushtarak jumboqlar, gunohlar va saboqlar haqida hikoya qiladi. “Avesto”da dunyoning yaratilishi, insonning xalq bo‘lib kamol topishi, ezgulik uchun yovuz kuchlar bilan kurashishi, erkinlik, ijodkorlik va bunyodkorlik yo‘lidagi orzulari o‘z ifodasini topgan. “Avesto” faqat odamni emas, balki bir hovuch tuproq, bir qultum suv, bir nafaslik havoning ham muqaddas ekanligi haqidagi kitob. “Avesto” yerning daryolaru-bog‘lar, cho‘lu-sahrolar, otu-tuyalar uyumi, molu-itlar, o‘simligu-giyohlar, shahar va manzilgohlarning bunyod etish tarixiga doir asar. "Avesto" nasroniyni haqiqiy nasroniy, musulmonni haqiqiy musulmon etib tarbiyalaydigan kitob. U ko‘rning ko‘zini, qarning qulog‘ini ochadi, zanglagan ko‘ngillarni iymon suvi ila yuvadi, umidsiz bandalarga abadiyat chirog‘ini tutqazadi. Qisqasi, hayot va oxirat ma’nosini odamlarga tushuntiradi. Zardushtiylarda tabiat muhofazasi va muhit tozaligini saqlash, turli kasalliklarning oldini olish maqsadida sanitariya-gigiyena qoidalari amalga oshirilgan, ahlatlarni bekitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh bilan ko‘mib tashlash; olov, issiqlik va sovuqlik yo‘li bilan kiyim-kechaklar va oziq-ovqatlarni zararsizlantirish, sirka, sharob, turli giyohlar tutatishni tavsiya kilgan. Hozir ham o‘zbeklarda isiriq, hindlarda sandal tutatish mikroblarni zararsizlantirish vositasi sifatida ishlatiladi. Barcha ifloslik va kasallik, chang va zang, xiyonat va isqirtlik, chirk va churuk, so‘ligan va qurigan narsalarga qarshi kurashilgan. Bu jarayonda suvga bo‘lgan munosabat alohida ajralib turadi. Toza suv bilan bog‘liq ko‘l, quduq va buloqlarga har qanday nopok narsalar yaqinlashmasligi kerak. Olovga ham xuddi shunday ayricha munosabat bo‘lgan. Olovga toza, quruq o‘tin tashlash bilan birga axlatlarni yoqish man etilgan. Iloji boricha chiqindi chiqarmaslik va narsalarning buzilib, yomon hid taratishining oldini olish uchun ularni avval alohida ajratilgan joylarda saklagan va yoqib yuborilgan. Xalqimiz o‘rtasida "Avesto" chorlagan va yo‘llagan axloq va odob mezonlari, yashash tartibi, qoidasi va intizomi arablar istilosigacha davom etib keldi.Arablar istilosidan keyin ham ularning ayrimlari va eng muhimlari saqlanib qoldi. Arablar o‘zlari bilan islom dini, arab yozuvi, fani, madaniyati va turmush madaniyatini olib keldilar.Sharqshunos olimlarning fikriga ko‘ra islom dinining muqaddas kitobi hisoblangan Qur’oni karimda ham '"Avesto" targ‘ib etgan, shakllantirishga da’vat qilgan turmush madaniyatining ayrim aqidalari asos qilib olingan.
Bir so‘z bilan aytganda, islom dini zardushtiylikning ayrim odatlarini, targ‘ib qoidalarini saqlab qoldi va rivojlantirdi. Har ikkala dinda ham insonparvarlik, yaxshilik, muruvvat ko‘rsatish, o‘zini pok va sof tutish, mehnat qilish, o‘zganing haqiga ko‘z olaytirmaslik, xayrixohlik, gunoh ishga qo‘l urmaslik ulug‘lanadi va aksincha hollarda esa do‘zax jazosi mavjudligi bilan yaratilgan banda ogohlantiriladi. "Avesto"da kasalliklarning oldini olishga katga e’tibor berilgan. "Kasallik senga tegmasdan burun uni yulib ol" deyiladi unda. "Avesto" gigiyenik qoidalarga qat’iy rioya qilishni tavsiya etadi. Uyni, oshxonani, uxlash uchun zarur jihozlarni toza tutish, uy hayvonlarini tozalikda saqlash lozim deb uqtiradi. "Avesto" inson o‘z tanasi tozaligini saqlashni, chirishning har qanday turlaridan uzoqda bo‘lishni tavsiya qiladi.
Turmush madaniyatini shakllantirish, inson salomatligini saqlash va mustahkamlash borasida “Avesto”da berilgan maslahatlar orasida axlatlar, odamning o‘z tanasi chiqindilari, murdalardan yiroqroq bo‘lish haqidagi ko‘rsatmalar bor. Inson chiqarayotgan nafasning zararli ekanligi haqidagi fikr ham qiziqarli va bahstalabdir. Chunki, hali kislorod va karbonat angidrid rasman kashf qilinmasidan, bu haqda tabobat o‘z nuqtai nazarini bayon qilmasidan bir necha ming yillar oldin o‘rtaga tashlangan bu fikr fan nazarida ham qimmatlidir. “Avesto”da inson kasallanishining bosh sabablaridan biri sifatida ovqatlanish tartibining buzilishi ko‘rsatiladi. Ya’ni vaqtida ovqatlanmaslik, ko‘p och yurish yoki haddan tashqari ko‘p ovqat iste’mol qilishdan turli xastaliklar – oshqozon-ichak, yurak-asab, qon-tomir kasalliklari paydo bo‘ladi, deyiladi. Me’yorida ovqatlanib, sog‘lom turmush kechiradigan va muayyan maqsad bilan harakat qilayotgan kishi tanasida qon aylanish yaxshilanadi, natijada tana sog‘lig‘i mustahkamlanadi. “Sog‘lom tanda - sog‘lom fikr” deganlaridek, mehnatsevar va sog‘lom kishida nosoz, buzg‘unchi fikrlar ham bo‘lmaydi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling