1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-jadval OTBning O’zbekistonda yirik investitsion loyihalar uchun ajratayotgan kreditlarining tarmoq tarkibi (2011 yil)


Download 3.09 Mb.
bet68/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

6.7-jadval
OTBning O’zbekistonda yirik investitsion loyihalar uchun ajratayotgan kreditlarining tarmoq tarkibi (2011 yil)



Tarmoq

Loyihalar soni

Kreditlar hajmi, mln. doll.

Jamiga nisbatan foizda %a

Qishloq xo’jaligi va tabiiy resurslar

8

345,40

17,75

Ta’lim

8

290,50

14,93

Moliya

3

420,00

21,58

Energetika

2

70,00

3,60

Sog’liqni saqlash va ijtimoiy himoya

1

40,00

2,06

Sanoat va savdo

1

50,00

2,57

Davlat sektorini boshqarish

1

20,70

1,06

Transport va aloqa

5

380,30

19,54

Suv ta’minoti va boshqa kommunal xizmatlar hamda infratuzilma

6

329,00

16,91

Ko’p tarmoqlilar







Jami

35

1 945,90

100,00

OTBning ushbu Strategiyasi ustuvor sohalar sifatida qishloq xo’jaligi, xususiy sektor, transport kommunikatsiyalari va bojxona tizimi, umumiy ta’lim, maktabgacha tarbiya tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirishni ko’zda tutadi.


Bundan tashqari OTB va O’zbekiston o’rtasidagi istiqbolli hamkorlik temir va avtomil yo’llari tarmog’ini rivojlantirish, qishloqlarda suv ta’minoti tizimini takomillashtirish ishlarini faollashtirishni nazarda tutadi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar keng jalb etilmoqda. Xususan, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Germaniya taraqqiyot banki (KfW), Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati va boshqa xorijiy investorlar tomonidan katta miqdorda kreditlar ajratilmoqda.
Islom taraqqiyot banki (ITB) 1974 yilda tashkil topgan. Unga islom diniga e’tiqod qiluvchi 35 ta mamlakat, ya’ni Islom anjumanining deyarli barcha a’zolari kiradi. Nizom kapitalining miqdori OTB dan 5 marta kam (6.8-jadval).
6.8-jadval
ITB faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari



Loyihaning nomi

Hajmi mln. doll.

Loyihaning qisqacha tavsifi

Qishloq xo’jalik korxonalarini rivojlantirish

50

Qishloq joylaridagi kichik biznes korxonalarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash. Moliyalashtirish 28 ta investitsion loyiha bo’yicha amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani infratuzilmasini rivojlantirish va xo’jaliklarini qayta tarkiblash

36

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish hamda fermerlarning paxta va bug’doy etishtirishdan oladigan daromadlarini barqarorlashtirish. Ushbu loyiha sinov loyihasi bo’lib, keyinchalik uni mamlakat miqyosida joriy etish ko’zda tutilgan.

Don ekinlarining hosildorligini oshirish

26

Bug’doyni etishtirish, qayta ishlash, sotishning tejamli va barqaror tizimlarini rag’batlantirish. Loyiha 217 ming qishloqdagi uy xo’jaligiga foyda keltiradi, shularning 35%i kam ta’minlangan oilalardir.

Amu-Zang kanali mashina tizimlarini tiklash

73,2

Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini, fermerlar daromadlarining barqarorligini saqlash va oshirish

Erlarning meliorativ holatini yaxshilash

60,2

Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining 9 ta tumanida erlarning degradatsiya muammosini hal qilish

Umumta’lim tizimida darsliklar va o’quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish

260

Darsliklarning sifati, foydalanish muddatini oshirish yo’li bilan umumta’limning sifati va ahamiyatini oshirish.

ITBning maqsadi a’zo mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni kreditlash va savdo, sanoat kompaniyalari kapitallarini investitsiyalashdan iborat.


1976 — 2008 yillar davomida ITB tomonidan 56,9 mlrd. dollar qiymatidagi 6103 ta loyiha moliyalashtirilgan. 2008 yilda bank tomonidan loyihalarni moliyalashtirish, texnik ko’mak berish, savdoni moliyalash kabi yo’nalishlar bo’yicha 399 ta loyihaga 5,7 mlrd. dollar mablag’ yo’naltirilgan (6.9-jadval).

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling