1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-jadval 2007 yilda ETTBning O’zbekistondagi investitsiya loyihalariga ajratgan kreditlari, million evro


Download 3.09 Mb.
bet67/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

6.6-jadval
2007 yilda ETTBning O’zbekistondagi investitsiya loyihalariga ajratgan kreditlari, million evro



Loyiha nomi

Loyiha miqdori

ETTB tomonidan moliyalashtiriladigan kreditlar

“Bursel” (kiyim-kechak ishlab chiqarish)

1,5

1,5

“Imkon plyus” (muzqaymoq ishlab chiqarish)

2,6

1,8

“Grin Vorld” (mevalarni qayta ishlash)

6,0

1,5

“Malika-Xiva” mehmonxonasi

0,1

0,1

“ Mehnat- Pivo”

2,0

2,0

“Hamkorbank” (kichik biznesni mikrokreditlash)

5,4

5,4

“UzKDB bank”

0,6

0,6

Savdoning rivojlanishiga ko’maklashish

1,0

1,0

ETTB 1992 yildan to hozirgi vaqtga qadar iqtisodiyotning turli sohalarida 550 mln. evro miqdorida 50 dan ortiq loyihalarni moliyalashtirdi. ETTB tomonidan amalga oshirilgan yirik kreditlar iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan.




6.4. Osiyo Taraqqiyot bankining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi o’ziga xos xususiyatlari.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966 yilda tashkil topgan va unga 57 ta mamlakat (41 ta hududiy va 16 ta hududdan tashqari mamlakatlar) a’zo. OTBga a’zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’iicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a’zo bo’lsalar) uchun ochiq.. A’zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTBda Osiyo mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi, ularga bank aktsiyalarining qariyb 37%i va ovozlarining 35%i to’g’ri keladi.


Yaponiya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, Indoneziya, Kanada OTBning yirik aktsiyadorlari (aktsiyalar paketi 5%dan ko’p bo’lgan) hisoblanadi. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Bangladesh kabi mamlakatlar asosiy qarz oluvchi mamlakatlar sanaladi.
OTBning maqsadi Osiyo qitasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy rivojlanishda ko’maklashishi, hududiy hamkorlikni rag’batlantirish, a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko’rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlash-tirishdan iborat.
OTB transport va kommunikatsiya, energetik loyihalar, qishloq xo’jaligi va tabiiy resurslar, moliya, ijtimoiy infratuzilma sohalarini moliyalashtiradi.
OTBda Osiyo rivojlanish fondi (20,5 mlrd. doll.) va Maxsus texnik yordam fondi (721,7 mln. doll.) mavjud. 1988 yilda Bank va Yaponiya hukumati o’rtasida texnik yordam ko’rsatish bo’yicha Yaponiya maxsus fondi tashkil etildi.
OTB rivojlanayotgan mamlakatlarga quyidagi fondlar hisobidan kreditlar beradi:
oddiy fond hisobidan tijorat shartlari asosida 25 yil muddatga (barcha kreditlarning qariyb 2/3 qismi);
Osiyo rivojlanish maxsus fondi hisobidan imtiyozli 1 – 3% stavkalar bo’yicha kambag’al mamlakatlarga 40 yilgacha muddatga.
Boshqa rivojlanish banklari kabi OTBda ham kreditlashda balansni ta’minlash maqsadida davlat sektoriga berilgan kreditlar jami loyihalarining 20%idan oshmaydi.
OTB faoliyatining xususiyati shundan iboratki, u o’z kreditlarining 30%ini imtiyozli shartlarda maxsus fonddan beradi. U ushbu mablag’larni Evropa bozorlariga yo’naltirib, ularni rivojlanayotgan mamlakatlarga 25-40 yilga mo’ljallangan uzoq muddatli kreditlarga aylantiradi. Bunda bank imtiyozli foiz stavkalarini ko’zda tutadi. Kreditlar, shuningdek, tijorat shartlarida yoki yuqori bozor foiz stavkasi bo’yicha 10-25 yil muddatga oddiy jamg’armalardan ham beriladi.
Bundan tashqari, OTB tomonidan berilayotgan kreditlarning aksariyat qismini investitsion kreditlar tashkil qiladi. Bu esa OTBning tijorat banklaridan farqlantiruvchi muhim jihat hisoblanadi. Chunki tijorat banklarida uzoq muddatli resurslar taqchilligi mavjud bo’lganligi tufayli ular tomonidan berilgan kreditlarning asosiy qismini qisqa muddatli kreditlar tashkil etadi. Shuning uchun OTBni investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi roli tobora oshib bormokda.
OTB tomonidan oxirgi yillarda berilgan kreditlarning asosiy qismi transport va kommunikatsiyani rivojlantirish maqsadlariga berilgan kreditlarning hissasiga to’g’ri keldi
O’zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo’lgan bo’lib, bankning mintaqaviy a’zolari ro’yxatida 15-o’rinni, yirik aktsionerlar ro’yxatida esa 22-o’rinni egallaydi. O’zbekiston OTBning 23 834 ta aktsiyasiga (0,67%) va 37 066 ta ovozga (0,84%) ega.
OTB 1995 yildan 2011 yilga qadar O’zbekistonga 35 ta loyiha uchun umumiy summasi 1,95 mlrd. dollardan ortiq kreditlar ajratdi. Shuningdek, ushbu davrda OTB O’zbekistonga 43,2 mln. dollar mikdorida texnik yordam ko’rsatdi11. OTB tomonidan berilayotgan moliyaviy yordamlarning sezilarli qismi ijtimoiy sohalarni isloh etishni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda (6.7-jadval).
2010 yilda O’zbekiston va OTB moliyaviy hamkorlik dasturi doirasida mamlakatning transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiyalash hamda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash maqsadida 1 mlrd. dollar miqdorida 3 ta yangi loyiha tayyorlanishi va tasdiqlanishi ko’zda tutilgan. Bundan tashqari 2009 yilda O’zbekistonda ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya tizimini yaxshilash uchun ko’p transhli moliyalashtirish dasturlari doirasida tasdiqlangan mablag’larning ikkinchi 140 mln. dollar hajmidagi transhni ochish rejalashtirilgan. 2010 yilda ajartilishi rejalashtirilayotgan umumiy summaning 500 mln. dollari Osiyo rivojlanish maxsus fondi hisobidan imtiyozli shartlarda 32 yilga 8 yillik imtiyozli muddat va yillik 1,5% li stavkada beriladi.
Tahlillar ko’rsatishicha, 1996 yildan 2006 yilgacha kreditlar OTB bank kapitalining oddiy resurslari hisobidan berilgan. Bu esa kreditlarni imtiyozli shartlar asosida jalb etish imkoni bo’lmaganligini ko’rsatadi. 2006 yildan boshlab, OTB O’zbekistonga imtiyozli kreditlar bo’yicha kredit berishni boshladi, 2007 yilda esa bu kreditlar hajmi 8,7%ga oshdi.
6.7-jadval ma’lumotlaridan aksariyat kreditlar infratuzilmani rivojlantirishga yo’naltarilganini ko’rishimiz mumkin. Bu esa bank ijtimoiy sohani moliyalashtirishga kredit ajratganidan dalolat beradi. Shuningdek, transport va kommunikatsiya sohalariga ham katta e’tibor qaratilayotganini ko’rishimiz mumkin.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling