1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Portfel xorijiy investitsiyalarning qabul qiluvchi iqtisodiyotga salbiy ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin
Venchurli kapital, milliy va xalqaro kapital bozorlaridagi dastlabki aktsiyalar, korporativ obligatsiyalar portfelli kiritmalar shakllari sifatida kapital qo’yilmalarini bevosita moliyalashtirishlari mumkin.
Boshqa shakllar - xorijliklar tomonidan ichki ikkilamchi bozorda qimmatli qog’ozlarning sotib olinishi, hukumat obligatsiyalarining katta qismi va derivativlar iste’molining o’sishini rag’batlantirishi mamlakat iqtisodiyoti holatiga kuchli ta’sir qilishi mumkin. Portfelli investitsiyalar mamlakat iqtisodiyoti holatiga aktivlarning o’sishi hisobiga ta’sir ko’rsatadi, bu esa moddiy boyliklar iste’molining ortishiga olib keladi va kapital egalarining ularni boshqa qimmatli qog’ozlarga yoki aktivlarga investitsiyalashga qaror qilgunlarigacha davom etadi. Rezidentlardan portfelli aktivlarni sotib olish banklarning likvidliligini va kreditlash hajmlarining ortishini rag’batlantiradi. Ichki qo’shib olishlar sonining muntazam oshib borishi doimo akselerator samarasi asosida kapital qo’yilmalarning oshishiga olib kelsa, bu yomon alomat emas. Lekin shunga qaramay, kredit bo’yicha informatsiyalar moliyaviy spekulyatsiya imkoniyatlarini kengaytirsa yoki kuchli inflyatsion taz’yiq ko’rsatsa, u holda iqtisodiyotning pasayishi kuzatiladi. Shuningdek, xorijiy portfel investitsiyalar milliy bozorning likvidliligini oshiradi va qabul qiluvchi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ular moliyaviy infratuzilmani mustahkamlashi, moliyaviy vositachilikni kengaytirishi, riskli kapital hajmlarining va yangi kompaniyalar sonining ortishiga olib kelishi mumkin. Portfel xorijiy investitsiyalarning qabul qiluvchi iqtisodiyotga salbiy ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin: Moliyalashtirish chiqimlari erishilayotgan yutuqlardan yuqori bo’lishi mumkin. Agar aktsiyadorlik kapitali investitsiyalar riski taqsimlanishining bir qismini o’z ichiga olsa, obligatsiyalarga sarflangan investitsiyalarda risk bo’lmaydi. Asosiy salbiy tomoni — portfel kapital oqimlari yuqori risk ta’sirida beqaror tendentsiyaga ega bo’lishi mumkin. Xalqaro kapital migratsiyasining ob’ektiv asosi jahon xo’jaligi tizimiga kiruvchi mamlakatlarning notekis iqtisodiy rivojlanishi bo’lib, amaliyotda u quyidagicha namoyon bo’ladi: turli mamlakatlarda kapital jamg’arilishining turli sur’atlarga ega bo’lishi; alohida mamlakatda kapitalning “nisbatan ortiqchaligi”; jahon xo’jaligining turli bo’g’inlarida kapitalga talab va taklifning mutanosib emasligi. “Nisbatan ortiqchaligi” iborasi, birinchi navbatda, kapitalni eksport qiluvchi mamlakatlarda kuzatilib, uning mutlaq ortiqchaligi kuzatilmaydi, chunki ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan cheklanmagan darajada o’sish tendentsiyasiga ega, deb hisoblanadi, shunday ekan, kapitalga ham doimo talab bo’lishi kerak. Bundan tashqari, kapital eksporti mamlakatning o’zi uchun etarli bo’lmagan holda ham davom ettirilishi mumkin, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital kiritmalari bilan kutilayotgan daromadlar miqdorlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling