1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Xalqaro kapital migratsiyasining shakllari va ularning guruhlanishi


Download 3.09 Mb.
bet9/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

1.4. Xalqaro kapital migratsiyasining shakllari va ularning guruhlanishi

Xalqaro kapital migratsiyasining shakllari mavjud bo’lib, amaliyotda ular qator mezonlar bo’yicha tasniflanadi (1.4.1-jadval). Xalqaro amaliyotda davlat kapitali ko’proq ssuda shaklida, xususiy va uzoq muddatli kapital esa — tadbirkorlik shaklida faoliyat ko’rsatadi.


Kelib chiqish manbalariga ko’ra — bu davlat mablag’lari yoki xususiy kapital ko’rinishida bo’ladi. Davlat kapitali banklar ichida rasmiy kapital deb ham ataladi. U davlat byudjetidan xorijga chiqariladigan yoki u erdan yo bevosita hukumatlar qarori bilan, yoki hukumatlararo tashkilotlar qarori bilan qabul qilinadigan mablag’lardir.
Shakllariga ko’ra — bu davlat qarzlari, ssudalar, grantlar (sovg’alar), yordam ko’rinishida bo’lib, ularning xalqaro harakati hukumatlararo shartnomalar bilan belgilanadi. Xalqaro tashkilotlarning kreditlari va boshqa mablag’lar ham shular qatoriga kiradi. Biroq har qanday hollarda ham bu soliq to’lovchilarning oluvchiga turli yo’llar bilan etib boradigan pullari hisoblanadi.
Xususiy kapital — bu xususiy shaxslar tomonidan xorijga joylashtiriladigan yoki xorijdan qabul qilinadigan nodavlat manbalar mablag’laridan iborat. Ular tarkibiga investitsiyalar, savdo kreditlari, banklararo kreditlash kiradi. Ular davlat byudjeti bilan bevosita bog’liq bo’lmaydi, biroq hukumat ularning ko’chib yurishini kuzatib turadi va o’z vakolatlari doirasida ularni nazorat qilib, boshqarishi mumkin.
Xalqaro kapital migratsiyasining asosiy shakllari tadbirkorlik va ssuda kapitali ko’rinishida bo’ladi.
Kapitalning tadbirkorlik shaklidagi migratsiyasi uchun quyidagi uchta majburiy belgilar xos bo’ladi:
xorijda ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish yoki unda ishtirok etish;
xorijiy kapital qo’yilmalarining uzoq muddatliligi;
xorijiy korxonaga yoki uning bir qismiga mulkchilik huquqiga ega bo’lish.


1.1-jadval
Xorijiy investitsiyalarning tasniflanishi




Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling