1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Xorijiy investitsiyalarning mazmuni va mohiyati


Download 3.09 Mb.
bet3/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Xorijiy investitsiyalarning mazmuni va mohiyati

O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o’rin tutishini o’z vaqtida to’g’ri anglab etganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo’lgan e’tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o’rin tutishini o’z vaqtida to’g’ri anglab etganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo’lgan e’tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to’g’risida iqtisodchi olimlar o’rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.


Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, prof. D.G’. G’ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o’tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi”. 1
Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta’rifni beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o’z boyliklarini qonun doirasida bo’lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga sarflashidir”.2
O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 9 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qayta taxrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Investitsiyalar – qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”3 sifatida ta’riflanadi. Shunday qilib, “Investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi.
Boshqacha aytganda, investitsiyalar – mulkchilikning har xil ko’rinishlaridagi moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
Iqtisodiy fanlar va amaliyot “investitsiya” va “kapital qo’yilma” terminlarini bir xil narsa emasligini, ya’ni sinonim so’zlar emasligini ta’kidlaydi. Investitsiyalar kapital qo’yilmaga nisbatan keng mazmunli, qamrovli tushunchadir. G’arb adabiyotlarida investitsiyalar borasida so’z yuritilganda asosiy e’tibor fond bozoriga qaratiladi, chunki rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalar asosan qimmatli qog’ozlar yordamida amalga oshiriladi.
U.Sharp investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beradi: “Istiqbolda yanada ko’proq miqdordagi mablag’ olish uchun ma’lum miqdordagi pul bilan bugun ajralishdir. Real investitsiyalar asosan moddiy aktivlarga (er, uskunalar, zavodlar) qilingan investitsiyalardir. Moliyaviy investitsiyalar bu qog’ozda bitilgan shartnomalardir. Bularga oddiy aktsiyalar va obligatsiyalar kiradi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotda investitsiyalarning asosiy qismi real investitsiyalarga tegishlidir. Rivojlangan iqtisodiyotda esa investitsiyalarning asosiy qismi moliyaviy investitsiyalash institutlarining keng miqyosida rivojlanishi real investitsiyalarning o’sishiga sababchi bo’ladi. Investitsiyalarning bu ikki shakli bir-biri bilan raqobatlashuvchi emas, balki bir-birini to’ldiruvchidir”.4
Investitsiya tushunchasi yagona va to’liq belgi berishlik uchun anchagina keng tushuncha bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy fanning turli qismlarida va amaliy faoliyatning turli sohalarida investitsiya mazmuni o’zining xususiyatlariga ega. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo’lga qo’yilishini hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta’kidlash lozim. O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi qonunida “Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shiladigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi” deb yozilgan5.
Fikrimizcha, xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini rag’batlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz tulovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taalluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari ma’lum vaqt o’tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig uziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.
Chet el investitsiyalari kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importer mamlakatlar iqtisodiy sub’ektlari hamda qo’shma korxonalar real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag’laridir. Chet eldan investitsiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investitsiyalar chet ellikka – kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag’lar oqimini ta’minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib ketish, qochish ya’ni mamlakatlararo ko’chib yurish xos. Huquqiy nuqtai nazardan ular o’zlarining milliy-huquqiy sharoitlarini qabul qiluvchi mamlakatning huquqiy sharoitlariga almashtiradilar. Chet el investitsiyalari mohiyat jihatidan o’z milliy investitsiya muhitini o’zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromaddorlik, kapitallashuv va likvidlikdan tashqari chet el investitsiyalarining o’ziga xos muhim belgisi aniq maqsadlarni ko’zlashi hisoblanadi. Ularning e’tiborini tortuvchi iqtisodiyot ham o’z maqsadlariga erishishga intiladi. Bu maqsadlar samaradorlik, ishlab chiqarishni o’stirish, tashqi bozorlarga kirib borish yoki noiqtisodiy mazmundagi vazifalar bo’lishi mumkin. Shu sababli, o’zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini hisobga olish investitsiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko’chishining asosi hisoblanadi. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli ravishda mamlakat, valyuta, milliylashtirish, rekvizitsiya kabi qo’shimcha risklarga to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi. Chet el investitsiyalari risklari ko’lami ichki investitsiyalar risklari doirasidan ancha keng. Shu munosabat bilan chet el investitsiyalarining barcha o’ziga xos xususiyatlari ularga beriladigan ta’rifda o’z aksini topadi. Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot sub’ektlari kapitallarini boshqasiga bog’lab qo’yish bo’lib, bunga o’ziga xos qo’shimcha risklari, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o’zgarishi xos bo’lib, natijada mamlakatlar va mintaqalar bo’ylab kapital ko’chishi yuz beradi. Bularning barchasi kapitalni eksport qiluvchi mamlakatdagi investitsiya muhitiga qaraganda yanada qulayroq muhitni yaratishni ob’ektiv zaruratga aylantiradi. Chet el investitsiyalari oqimi ko’pgina aktivlar olib kelish bilan birga kapitalni import qiladigan mamlakatda soliq, ijara va boshqa tushumlarini ko’payishini ta’minlab beradi.
“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonunga ko’ra O’zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo’lishi mumkin:
- chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari;
- davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub’ektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar;
- chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko’rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
- chet davlat fuqarolari va O’zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar.
Globallashish kuchayishi tufayli butun dunyo bo’ylab qisqa muddatlarda kapital, ishlab chiqarish, tovarlar, intellektual salohiyat, mehnat resurslari, axborotlar va boshqalarning ko’chish jarayoni jadallashadi. Shuning uchun ham, investitsiya siyosatini yuritishda bu vaziyatlarni hisobga olishi zarur bo’ladi. Globallashish ishlab chiqarishning ko’chishiga va uning oqibati sifatida ishlab chiqarish ko’chib ketgan mahalliy darajada murakkab iqtisodiy vaziyatlarning (ishsizlik, byudjetga soliq tushumlarining kamayishi) yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Oxir oqibat, globallashish moliya operatsiyalarining erkinlashuviga, xalqaro mehnat taqsimotiga, millatlararo korporatsiyalarning paydo bo’lishiga, xalqaro raqobatning kuchayishiga olib keladi (tarqatma material va slaydlar). Globallashish va jahon bo’yicha investitsiyalarning o’sish tendentsiyalari sharoitlarida raqobat sohasidagi siyosatni yolg’iz milliy iqtisodiyot doirasida samarali olib borib bo’lmaydi.
Bugungi kunda chet el kapitalini milliy iqtisodiyotga kiritishda bevosita xorijiy investitsiyalarni eksportni oshirish siyosati, bu siyosat bizda asosiy, mamlakatdan tashqarida raqobatni kuchaytirishga olib keladi, bu esa o’z navbatida faol investitsiya faoliyatiga undaydi.
Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot sub’ekti kapitalini o’zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog’lash bo’lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o’zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo’ylab kapital ko’chishi yuz beradi
XX asr boshida o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida bozor infratuzilmalarini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Ushbu mamlakatlarda quyidagi sabablarga ko’ra xorijiy investitsiyalarni jalb etish zaruriyati tug’ildi:
a) iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va mamlakat yalpi ichki mahsulotida (YaIM) sanoat mahsulotlarining ulushi qisqardi. Masalan, O’zbekistonda 1991 yilda sanoatning mamlakat YaIMni ishlab chiqarishdagi ulushi 26,3% ni tashkil etgan holda 2009 yilga kelib ushbu ko’rsatkich 24,0% ga teng bo’ldi. Mamlakatda xorijiy investitsiyalar yordamida sanoatni barqaror rivojlantirish zarur;
b) sanoat tarmog’idagi asosiy fondlar ustun darajada jismoniy va ma’naviy eskirib bormoqda. Masalan, 2002 yilda sanoat tarmoqlaridagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining 43,9%i eskirgan bo’lsa, 2007 yilga kelib ushbu ko’rsatkich 48%ga teng bo’ldi. Shu bilan bir qatorda, asosiy fondlarni yangilash koeffitsienti 2007 yilda bor yo’g’i 10,5 % ni tashkil etdi;
v) milliy iqtisodiyot sub’ektlarining o’z asosiy ishlab chiqarish fondlarini moliyalashtirish va aylanma mablag’larini shakllantirish uchun o’z mablag’larining etishmasligi;
g) iqtisodiyotni modernizatsiyalash va chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, raqobatbardosh va yuqori texnologiyani mujassamlashtirgan eksportga yo’naltirilgan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni barqaror sur’atlarda ishlab chiqarishning zarurligi.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlari yuqoridagi sabablarga ko’ra moliyaviy resurslarga jiddiy ehtiyoj sezmoqdalar va shu sababli qarz olishning tashqi manbalariga murojaat qilishga majburlar. Tashqaridan moliyalashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jarayoni o’tish iqtisodiyoti mamlakatlariga xos xususiyatlardan kelib chiqadigan ob’ektiv iqtisodiy holatdir.
XXI asr boshida iqtisodiyotning globallashuvi omillaridan biri kapitalning mamlakatlar o’rtasida harakatlanishining barqaror sur’atlarda o’sishi hisoblanadi. Tovar ishlab chiqarishning muhim omillaridan hisoblangan kapitalning xalqaro harakati milliy iqtisodiyot chegaralaridan chiqib boshqa mamlakatlarga ko’chadi. Shu tariqa kapitalning chetga chiqib ketishini kapitalning bir qismini milliy aylanmadan ajratib olish va uni tegishli shakllarda xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga o’tkazish jarayoni deb ta’riflash mumkin (1.2-rasm).
Kapitalning chiqib ketishi zamonaviy jahon iqtisodiyotiga xos belgi bo’lib, XXI asr boshida uning dinamikasi tovarlar eksportining o’sish sur’atlaridan yuqori bo’la boshladi. XX asr jahon iqtisodiyotida kapital eksportining jadal rivojlanishi bilan belgilandi.
Xalqaro kapitallar migratsiyasi kapitalni qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga turlicha ta’sir qiladi. Qabul qiluvchi mamlakat uchun to’g’ridan - to’g’ri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi quyidagi afzalliklarga ega:

  • iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish;

  • barqaror moliyalashtirish manbaiga ega bo’lish;

  • ishlab chiqarish apparatini yangilash va modernizatsiyalash;

  • texnologiyalar, boshqaruv ko’nikmalari, savdo belgilari, patentlar va litsenziyalarning kirib kelishi;

  • eksportning diversifikatsiyalashuvi;

  • qo’shilgan qiymat ulushi yuqori bo’lgan tarmoqlarda malakali ishchi kuchi uchun afzalliklarning vujudga kelishi;

  • tashqi bozorlar bilan aloqalarning kengayishi;

  • qabul qiluvchi iqtisodiyot raqobatbardoshligining oshishi;

  • bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash.





Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling