1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
-jadval Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
8.5-jadval
Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, jahon xo’jaligini rivojlantirishda xalqaro kapital migratsiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalari mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini, ishlab chiqarish hajmini ko’paytiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligini, importchi mamlakatlar texnik salohiyatini o’stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi. Albatta xorijiy investitsiyali korxonalar orasida faoliyat yuritmayotganlari ham bor, lekin faol ishlab turgan korxonalar sonining tobora oshib borishi ijobiy ko’rsatkich bo’lib, xorijiy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga qiziqishi ortayotganidan va umumiy biznes yuritish muhiti yaxshilanib borayotganidan dalolat beradi. Ishlab chiqarish hajmiga ko’ra sanoat tarmoqlari ulushiga xorijiy investitsiyali korxonalar mahsulotining qariyb 80%i to’g’ri keladi. Faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy investitsiyali korxonalarning eng yuqori ulushi sanoat tarmog’iga to’g’ri keladi. 2010 yilda jami xorijiy investitsiyali korxonalarning 31,7 %i sanoat tarmog’ida faoliyat yuritgan (8.3.2-jadval). So’nggi 10 yil mobaynida mashinasozlik sohasining ishlab chiqarish hajmi xorijiy investitsiyali korxonalarning umumiy mahsulotida 31% dan 39% ga ko’tarildi. Buning boisi shundan iboratki, respublikamizda avtomobilsozlik va unga aloqador tarmoqlar jadal sur’atlarda rivojlanib bormokda. Asakadagi avtomobil zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan engil mashinalar soni yildan-yilga o’sib bormoqda. 2007 yil oktyabrda O’zbekiston hukumati va AQShning yirik kompaniyasi “Jeneral Motors” o’rtasida bitim imzolanib, unga ko’ra “JM O’zbekiston” korxonasi tashkil etildi. Ushbu qo’shma korxonaning tashkil etilishi respublikamizda ishlab chiqariladigan avtomobillarning yangi turlarini joriy etish, sifatini ta’minlash va ularni eksport qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ushbu zavod bilan uzviy hamkorlikda faoliyat yuritayotgan boshqa butlovchi qismlar etkazib beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ham “Jeneral Motors”ning global masshtabdagi marketing tizimiga bog’lash imkonini yaratadi. Xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatiga xos bo’lgan yana bir jihat shundan iboratki, ular faol ravishda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanib kelishmoqda. Ushbu korxonalarning tashqi savdo aylanmasi 2000 yilda 1,2 mlrd. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilda ushbu ko’rsatkich hajmi 7,8 mlrd. dollargacha yoki 6,5 martaga ortgan. Xorijiy investitsiyali korxonalar tarkibida xizmat ko’rsatish, savdo va ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ko’pligi tufayli, ushbu korxonalarning tashqi savdo qoldig’ida muntazam salbiy natija kuzatilmoqda. Jumladan, 2009 yilda ushbu korxonalarning eksport-import operatsiyalari balansining salbiy qoldig’i 1,0 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu holat, aksariyat xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatining ko’proq qismi ichki bozorga yo’naltirilishi bilan izohlanadi Xorijiy investitsiyali korxonalarning investor mamlakatlar bo’yicha tarkibida etakchi o’rinni Rossiya, Turkiya, AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog’iston, Eron, Shveytsariya kabi mamlakatlar egallashgan. Jumladan, 2000 - 2007 yillarda Rossiyaningulushi 17%dan 18%ga, Koreya Respublikasining ulushi 5%dan 8%ga, Xitoyning ulushi 3%dan 5%ga qadar ortgan. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling