1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Peja


Download 96.77 Kb.
bet12/13
Sana31.10.2023
Hajmi96.77 Kb.
#1735560
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-Mavzu Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Pe-www.hozir.org

5. Mesopotamiya kalendarlari.

Mesopotamiya kalendarlari. Mesopotamiyadan topilgan yozma
yodgorliklarda eramizdan avvalgi 2500-yilda shumerlar Oy-quyosh
55
kalendarlaridan foydalanganlari to'g'risida ma’lumotlar saqlangan. Bobil 

Xammurapi (er.avv. 1792-1750) hukmronligi davrida nafaqat ikki daryo


oraligida, balki Old Osivodagi eng yirik siyosiy, madaniy markazga
aylandi. Xammurapi bir qancha islohotlar. jumladan. kalendar islohotini
ham o‘tkazadi. U ikki daryo oralig'idagi turli xil kalendarlarni bekor
qilib, yagona kalendarni joriy etdi. Ur shahri kalendari butun Bobilda
rasmiy kalendar sifatida qabul qilindi. Bu kalendar dastlab Oy kalendari
bo'lib, har bir yildagi toq ovlar o‘ttiz. juft oylar yigirma to‘qqiz kunlik o‘n
ikkita oydan iborat edi. Oylar shunday nomlangan:
1. Nisanu 30.
2. Ayru 29.
3. Sivanu 30.
4. Duuzu 29.
5. Abu 30.
6. Ululu 29.
7. Tashritu 30.
8. Araxsamna 29.
9. Kislivu 30.
10. Tebetu 29.
11. Shabatu 30.
12. Addaru 29.
6. Xitoy kalendari.

Xitoy kalendari.Bu kalendar oy-quyosh kalendari bo'lib unda ham tropik yil yana oylar bilan bog'langan. Eramizdan oldingi III asrdagi «Chjuansoy kalendarga muvofiq yilning o'rtacha uzunligi 365,25 kun bo'lgan. Bu oy-quyosh kalendarining har 19 yildan 12 tasi 12 oyg’ 7 tasi 13 oydan iborat bo'lgan.Yahudiylar hozir ham bundan foydalanadilar.
7.Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl.

Sharqiy Osiyo mam------lakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarida oltmish yillik siklning kelib chiqish tarixi quyidagicha: qadimda olam suv, olov, tuproq, metall va yog'och kabi beshta unsurdan tashkil topgan deb hisoblangan hamda ular ijobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan. Quyidagi jadvalda oltmish yillik Xitoy davriy kalendaridagi yillarning nomlanishi berilgan. 40 (Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.) Yupiterning 12 yillik harakat yo'li 30° dan qilib, 12 bo'lakka bo'lingan (360°·12 = 360°) va har bir bo'lagiga «fazoviy tarmoq» deb ataluvchi o'n ikki oyning belgilari qo'yib chiqilgan. Keyin milod boshlarida bu belgilarga hayvonlarning nomlari qo'shib qo'yilgan. Bular Quyoshning yillik ko'rinma harakati yo'lida joylashgan ushbu yulduz turkumlari egallagan hududlarga mos keladi: hamal, sarv, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv va hut.




Download 96.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling