Asosiy iqtisodiy darajalar tizimi va ularning mavzusiga (predmetiga) ko’ra sohalari iyerarxiyasi
|
Tadqiqot darajasi
|
Tadqiqot ob'yekti
|
Tadqiqot predmeti (mavzusi)
|
Eng yuqori
Eng quyi
|
Mega daraja
|
Dunyo
|
Jahon faoliyati
|
xo’jaligining
|
Makro daraja
|
O’lka
|
Milliy faoliyati
|
xo’jalikning
|
Mezo daraja
|
Tarmoq,
(hudud)
|
mintaqa
|
Tarmoqlarning faoliyati
|
Mikro daraja
|
Korxona
|
Firmalar faoliyati
|
|
Nano daraja
|
Inson, individ
|
Iqtisodiy xatti- harakatlar va individual iqtisodiy agentlarning faoliyati
|
Nano darajada individual agentlarning xulq-atvori, ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste'mol qilish jarayonida ularning faoliyatini motivlari va maqsadlari o'rganiladi. Inson xulq-atvori motivlarini, harakatning yetarlicha kuchli ichki asoslarini tahlil qilishning nanoiqtisodiy yondashuvi xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning afzalliklari, ustuvorliklari va eng ehtimoliy xatti-harakatlar usullarini aniqlashga imkon beradi.
Iqtisodiy xulq-atvorni o'rganish muammosi sintetik bo'lib, u insonni o'rganish bilan shug'ullanadigan ilmiy tadqiqotning deyarli barcha sohalari: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, psixologiya va boshqalarning qiziqishlari kesishgan nuqtada joylashgan. Ushbu nazariyalarni sintez qilishning dolzarb muammosini hal qilishdagi taraqqiyot aynan shu tadqiqot darajasida.
Nazorat savollari:
Fanlararo yondashuvning mohiyati va mazmuni nimadan iborat?
Xulq-atvor iqtisodiy nazariyasi qaysi bo'limlarga bo'linadi?
Evristika nima?
Iqtisodiy xatti-harakatlardagi anomaliyalarni o'rganishdan maqsad nima?
Xulq-atvor iqtisodiyotining asosiy metodlarini (usullarini) tavsiflab bering.
Imitatsion modellashtirishning amaliy ahamiyati nimada?
Semantik differensial metodidan (usulidan) qanday foydalanish mumkin?
Qanday hollarda tajribalar (eksperimentlar) o'tkazish tavsiya etiladi?
Iqtisodiyotning asosiy tarkibiy darajalari nimalardan iborat? 10.Nanoiqtisodiyot nima? Xulq-atvor nazariyasiga qanday aloqasi bor?
MAVZU: TAVAKKALCHILIK VA NOANIQLIKLAR SHAROITIDA TANLASH
Reja:
D. Kahneman va A. Tverskiyning istiqbol nazariyasi
Reprezentativlik xatolari
Freyming-effektlari
Tavakkalchilik (xavf-xatar) va noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish xususiyatlari
Iqtisodiy xatti-harakatlarni qo'rquv bilan boshqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |