1-mаvzu: xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/94
Sana01.04.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1317910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Bog'liq
XAI - Ma\'ruzalar matni

xatti-harakatlarini 
muvofiqlashtirish 
(koordinatsiyalash) mexanizmini tushuntirish vazifasi paydo bo’ladi. Aks holda
iqtisodchilar nafaqat keyingi inqiroz qachon bo'lishini bashorat qilishlari, balki nima 
uchun jamiyat parchalanmayotganligini jo’yali izohlab berolmaydilar. 
Xulq-atvor iqtisodiyoti fanning nazariy sohasidir, ammo uning rivojlanishi fanning 
boshqa sohalari bilan ham chambarchas bog'liqdir. Zamonaviy xulq-atvor 
iqtisodiyotining rivojlanishiga doimiy hissa qo'shadi: 
Neyroiqtisodiyot - miyaning turli qismlarining atrof-muhitga reaktsiyasini va uning 
o'zgarishini, shu jumladan iqtisodiy sharoitlarda o'rganish. 
Hayvonlarning xulq-atvorini o'rganish - bu odamlarga ko’proq o'xshash 
hayvonlarning reaktsiyasini o'rganishga, shuningdek, tirik mavjudotlar evolyutsiyasini 
va ularning xatti-harakatlarini o'rganishga qaratilgan yondashuv. 


Kompyuter simulyatsiyalari - bu kompyuterda reallikka imkon qadar yaqin bo'lgan 
hayotiy vaziyatlarni simulyatsiya qilish, bunda ishtirokchilar u yoki bu qaror qabul 
qilishlari kerak. 
Eksperimentlarni o'tkazish - bu haqiqiy sharoitda o'tkazilgan dala tajribalari yoki 
qog'ozda yoki kompyuter simulyatsiyalari yordamida tuzilgan aqliy tajribalar bo'lishi 
mumkin. Ishtirokchilarning turli xil so'rovnomalari ham tez-tez o'tkaziladi. 
Iqtisodiyot qonuniyatlarini tushuntirish insonni tushunishga va uning xatti-
harakatlarining sabablariga bog'liq. Inson biologiyasi va psixologiyasi iqtisodiyotning 
asosiy funktsional birligi – ishlab chiqaruvchi va iste'molchining xatti-harakatlarini 
belgilaydi.
Texnologik inqilob ta'siri ostida yangi fan paydo bo'ldi – kognitiv nevroilm (ing. 
cognitive neuroscience). Ushbu ilmiy fanning predmeti (mavzusi) miyaning ma'lum 
ansambllari faoliyati bilan idrok, xotira va ong jarayonlarini tushuntirishdir. 
Shu asosda fanlararo yo'nalish faol rivojlanmoqda - nevrologiya va iqtisod fanining 
sintezi sifatida neyroiqtisodiyot. Neyroiqtisodiyot - bu qaror qabul qilish jarayonini 
o'rganish, odamlarning xatti-harakatlarini real modellashtirish bilan shug'ullanadigan 
yangi ilmiy fan.
Shuni ta'kidlash kerakki, xulq-atvor iqtisodiyoti iqtisodiy masalalarni o'rganish uchun 
eksperimental usullardan foydalanadigan eksperimental iqtisodiyotdan farq qiladi. 
Eksperimental iqtisodiyotning barcha yo'nalishlari psixologiya bilan bog'liq emas. 
Ko'pgina tadqiqotlar qaror qabul qilishning psixologik jihatlarini o'rgansa-da, tajribalar 
institutlarning harakatlarini tushuntirishga qaratilgan yoki bozor mexanizmlari 
dizaynining dastlabki sinovlari Shu bilan birga, xulq-atvor iqtisodiyoti har doim ham 
eksperimental usullardan foydalanmaydi, asosan nazariya va kuzatish uslubiga 
tayanadi.
Shunday qilib, iqtisodiy bo'lmagan hodisalar iqtisodiy omillarni to'ldiradi, ularga 
qo'shimcha energiya beradi, namoyon bo'lish shaklini o'zgartiradi, lekin xatti-
harakatlarning iqtisodiy motivlarini "o'rnini bosuvchilari" emas. Ilmiy yangiliklar 


mantiqiy ravishda nazariyaning asosiy konstruktsiyalari bilan birlashtirilishi kerak. 
Nazariya qoidalarining asosliligi bugungi kunda ilmiy versiyalarni tanlashning 
determinantlarini belgilaydi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling