1-mаvzu: xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi
Nanoiqtisodiyotni ta’riflar kontseptual yondashuvlar
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
XAI - Ma\'ruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rossiyalik mualliflar
Nanoiqtisodiyotni ta’riflar kontseptual yondashuvlar
Muallif Tushuncha (kontseptsiya) ta'rifi G’arb mualliflari K. Errou (C. Arrow) Bozor va nobozor sharoitida alohida iqtisodiy agentlarning iqtisodiy xatti-harakatlari nazariyasi G. Simons Yuqori tartibli tahlil darajasida hodisalarni o'rganish nazariyasi (chuqur daraja) R. Lukas Bozor ishtirokchilari tomonidan qarorlarni shakllantirishda bittalik tranzaktsiyalar (bitimlar) nazariyasi J. Kornai Iqtisodiy munosabatlarning submikro darajasi nazariyasi Rossiyalik mualliflar G. B. Kleyner Iqtisodiy fan sohasi, uning o'rganish ob'yektlari korxona va tashkilotlardagi ichki jarayonlar, jismoniy shaxslar va jamoalar tomonidan iqtisodiy qarorlarni qabul qilish mexanizmlari va omillari (1999) Ijodiy qobiliyatga ega bo'lgan va nafaqat eng yaxshi natijani hisoblashning "algebrasi" ga, balki iqtisodiy haqiqatni mantiqdan tashqari izlashga moyil bo'lgan qisman irratsional agentning xatti-harakatlarini tavsiflovchi nazariya (2004). O. V. Inshakov Bu global iqtisodiy tizimning (GIS) boshlang'ich darajasida xo’jalik yuritishning boshlang'ich sohasi va usuli bo'lib, unda ob'yektlar, jarayonlar va faoliyat natijalarining ijtimoiy genomini shakllantirish orqali sun'iy inson dunyosining narsalari, xususiyatlari va munosabatlarini ishlab chiqarish boshlanadi. G. M. Rossinskaya Yakka tartibdagi (individual) iste'molchining iqtisodiy xulq-atvorini o'rganish sohasi T. A. Lyubimova Ko'p bosqichli iqtisodiy tizim modelida ahamiyati ortib borayotgan shaxsning iqtisodiy hayotini tahlil qilishning yangi darajasi. V. I. Lyashenko, K. V. Pavlov Nanosanoat, nanotexnologiyani o'rganadigan fan sohasi Turli yondashuvlarni o'rganish asosida quyidagi ta'rifni shakllantirish mumkin. Siyosiy iqtisodiy nuqtai nazardan nanoiqtisodiyot birlamchi xo’jalik sub’yektlari – alohida xo’jalik sub’yektlarining takror ishlab chiqarish jarayonida: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish – ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi iqtisodiy munosabatlari yig’indisidir. Iqtisodiy tizimlar ko'p qatlamli xususiyatga ega. Yangi analitik yo'nalish - bu darajalar va ularning elementlarining o'zaro ta'sirini o'rganish. Alohida iqtisodiy agentning (individning) motivatsiyasi va xulq-atvor omillarini tavsiflovchi nanoiqtisodiyot iqtisodiy munosabatlarni o'rganishning eng past (boshlang'ich) darajasidir, megaiqtisodiyot esa eng yuqori darajadir (3-jadvalga qarang). Jadval 3 Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling