1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
Biologik rivojlanish. Boshlang’ich sinf o’quvchisi biologik jihatdan nisbatan uyg’un o’sadi, uning bo’yi va og’irligi, o’pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi. Biroq, bolaning suyaklari (ko’krak qafasi, tos, qo’l suyaklari), umurtqa pog’onasida hali tog’aysimon to’qimalar uchraydi, bu esa uning suyak tizimi takomillashib bo’lmaganini ko’rsatadi. YUrak muskullari tez o’sadi, qon tomirlarining diametri sal kattaroq bo’ladi, miyaning og’irligi boshlang’ich sinflarda 1250—1400 grammni tashkil etadi. Miya po’stining analitik-sintetik faoliyati takomillashadi, qo’zg’alish bilan tormozlanish o’rtasidagi munosabat o’zgaradi, lekin qo’zg’alish nisbatan ustunlikka ega bo’ladi. SHuning uchun bolaning to’g’ri o’sishiga g’amxo’rlik qilish, toliqishining oldini olish, o’qish va dam olish rejimiga qat`iy rioya etish zarur.
Garchi o’qish va dam olish rejimiga qat`iy rioya qilib, kichik maktab Yoshdagi o’quvchini toliqtirmaslik zarur bo’lsa ham, ammo shuni e`tiborda tutish lozimki, odatda, etti Yoshdagi bolaning jismoniy taraqqiYOti unchalik zo’r bermasdan va unchalik toliqmay 5 soat mashg’ulot o’tish (4 soat dars o’tish va uy vazifalarini bajarish) imkonini beradi. YAngi programma bilan ishlash kichik maktab Yoshidagi bolaning sog’ligi uchun xavotirlanishga (ravshanki, albatta rejim to’g’ri tashkil qilingan taqdirda), uning haddan tashqari band bo’lishi va toliqib qolishi haqida gapirishga asos bo’lmaydi. Bola maktabga kirishi bilan uning butun haYOt tartibi, ijtimoiy holati, kollektivdagi, oiladagi ahvoli keskin o’zgarib ketadi. Maktabga kirgan davridan boshlab uning asosiy faoliyati o’qish bo’lib qoladi, muhim ijtimoiy vazifa — o’qish, bilim orttirish vazifasidan iborat bo’lib qoladi. O’qish bo’lsa—boladan ma`lum uyushqoqlikni, intizomlilikni, anchagina irodaviy zo’r berishlikni talab qiladigan jiddiy mehnatdir. Tobora tez-tez va hadeb xohlagan ishingni emas, balki kerakli ishni qilishga to’g’ri keladi. Maktab o’quvchisi o’zi uchun yangi bo’lgan kollektivga qo’shiladi. Bu kollektivda u butun 10 yil davomida yashaydi, taraqqiy etadi va katta odam bo’lib etishadi. Sinf kollektivi bo’lsa — shunchaki tengqurlar gruppasi emas. Kollektiv o’z a`zosidan kollektiv manfaatlari bilan yashay olishni, shaxsiy xohishlarini umumiy intilishlarga bo’ysundirishni talab qiladi hamda o’zaro talabchanlikni, o’zaro YOrdamlashishni, kollektiv javobgarlikni, yuksak darajadagi tashkilotchilik va intizomlilikni talab qiladi. Kichik maktab Yoshidagi o’quvchi boshlang’ich maktabda bilimlarni o’zlashtirish uchun ko’zatuvchanlik, ixtiYOriy esda olib qolish, tashkiliy diqqat, analiz qilish, umumlashtirish va mulohaza yurita bilishning nisbatan yuksak taraqqiYOt darajasiga ega bo’lishi kerak. Bu talablar kun sayin ortib va murakkablashib boraveradi. Maktab ta`limining birinchi kunidan boshlaboq kichik maktab Yoshidagi bolaning rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch bo’lgan asosiy qarama-qarshilik yuzaga keladi. Bu qarama-qarshilik bola shaxsiga, uning diqqati, xotirasi, tafakkuriga nisbatan o’quv ishlari, o’qituvchilar hamda kollektiv tomonidan qo’yilaYOtgan va doimo ortib boraYOtgan talablar bilan o’quvchining mavjud psixik rivojlanish darajasi, o’quvchi shaxsiy sifatlarining rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilikdir. Talablar hamma vaqt o’sib boraveradi va bolaning mavjud psixik rivojlanish darajasi ana shu o’sib boraYOtgan talablarga tenglashishga to’xtovsiz ravishda intilaveradi. Psixologlarning ko’p yillik tadqiqotlaridan ma`lum bo’lishicha, eski programmalar va darsliklarda kichik maktab Yoshidagi bolalarning bilish imkoniyatlari ochiqdan-ochiq kamsitilgan. Bu narsa usiz ham kambag’al bo’lgan o’quv materialini maqsadga nomuvofiq holda 4 yilga cho’zib yuborishga olib kelgan. Ta`lim protsessining sekinlik bilan siljib borishi, cheksiz miqdordagi bir xil qaytarishlar o’quvchilarning vaqti bekor ketishiga va ularning aqliy taraqqiYOtiga salbiy ta`sir etilishiga sabab bo’lgan. Anchagina mazmundor va puxta bo’lgan yangi programmalar hamda darsliklar kichik maktab Yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishiga nisbatan ko’p talablar qo’yadi va bu rivojlanishni aktiv ravishda stimullashtiradi. Bu programmalarning maqsadi bolada ilgaridan bor bo’lgan tushunchalarga, tasavvurlarga, bilimlarga, bu Yoshga xos bo’lgan qiziquvchanlik va sinchkovlikka asoslanib, kichik maktab Yoshidagi bolalarda aktiv mustaqil tafakkur va bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga YOrdam berishdan iboratdir. Psixologiya nuqtai nazaridan yangi programmalar va darsliklar juda maqsadga muvofiq tuzilgan. YAngi programmalar va darsliklar haqiqatan ham o’quvchilardan ko’p narsalarni talab qiladi (ammo haddan tashqari ko’p narsani emas). Ammo xuddi shunday yuksak shuning bilan birga bolalarning kuchlariga loyiq talablar pisixikaning rivojlanishini stimullashtiradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bu programmalar o’quvchilarning kuchiga loyiqdir. Bolalar bu programmalarning uddasidan chiqadilar, natijada bolalarning o’qishlari ham ancha qiziqarli bo’lib qoladi. Ko’zatishlarning ko’rsatishicha, darhaqiqat, bir qator hollarda, hatto birinchi sinf o’quvchilari uy vazifalarini tayYOrlashga har kuni 1,5 soatdan 3 soatgacha vaqt sarflamoqdalar. Biroq bu ortiqcha band bo’limni yangi programmalarning ob`ektiv qiyinligi tufayli emas, balki ko’proq kichik maktab Yoshidagi bolalarning o’z aqliy faoliyatlarini tashkil qila olmasliklari tufayli yuzaga keladi. Bu jihatdan psixolog A. A. Lyublinskayaning tadqiqotlari qiziqarlidir. Kichik maktab Yoshidagi o’quvchilarni yangi programma bilan o’qitish tamoman maqsadga muvofiqligini va shunday sharoitlarda ularning aqliy rivojlanish darajasini oshirish imkoniyati borligini ko’rsatadi. 4. SHunday qilib, bola maktab o’quvchisi bo’ldi. Uning haYOtida burilish momenti yuzaga keldi. Uning asosiy faoliyati, birinchi va eng muhim vazifasi o’qish, ya`ni yangi bilimlarni ko’nikma va malakalarni orttirishdan, tabiat hamda jamiyat haqida sistemali ma`lumotlar to’plashdan iborat bo’lib qoladi. O’z-o’zidan ma`lumki, kichik maktab Yoshidagi o’quvchilarda o’qishga nisbatan yuksak javobgarlik munosabati birdaniga tarkib topib qolmaydi. Garchi bunda anchagina individual farqlar kuzatilsa ham, o’qishga bo’lgan munosabatlar va motivlarning rivojlanish dinamikasi odatda qonuniy xarakterga ega bo’ladi. YUqorida ko’rsatib o’tilganidek, odatda, etti Yoshli bolalar ta`limning boshlang’ich davrida maktab mashg’ulotlarining yaqin kelajakdagi istiqbollarini ijobiy idrok qiladilar. Bolalarda hatto xarakterli xususiyatlari jihatidan farq qiladigan o’ziga xos ehtiYOj ham bor. Bu aslida, hali o’qishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga bo’lgan ehtiYOj emas, biron yangi narsani, tevarak-atrofdagi voqelik hodisalarini bilishga bo’lgan ehtiYOj ham emas, balki o’quvchi bo’lish ehtiYOjidir. Bu ehtiYOj o’zining kichkina bolalik holatini o’zgartirish, mustaqillikning navbatdagi bosqichiga ko’tarilish, oilaning katta va ish bilan band a`zosi bo’lish istagidir. Bunda o’qishning tashqi belgilari, ya`ni forma kiyish xohishi, o’z shaxsiy portfeliga ega bo’lish, mashg’ulotlar uchun o’z joyiga ega bo’lish, kitoblarni qo’yish uchun jovonchaga zga bo’lish, xuddi otasi YOki onasi ishga borganlaridek, har kuni maktabga borish xohishi katta rol o’ynaydi. SHu bilan «kichkina» bolalar ko’zi oldida yuksaklikka ko’tarilishdek YOqimli istiqbol ularni maftun etadi. Maktabga bo’lgan bunday munosabatning mustahkamlanishiga sentyabrdagi tantanali bayram sharoiti va maktab o’quvchisi degan nom berish an`anasi ham anchagina YOrdam beradi. Garchi bola uyda ota-onasidan, tantanali lineykada maktab direktoridan, birinchi darsda o’qituvchidan maktab ta`limining mohiyati va ahamiyati haqidagi so’zlarni eshitsa ham (bunday so’zlarni tez-tez eshitib turgani ma`qul). Lekin bu so’zlarning chuqur ma`nosi hali uning ongiga borib etmaydi. CHunki bu so’zlarning chuqur ma`nosini bilim olish protsessiga chindan kirishib ketgandan so’ng tushunish mumkin. Dastlabki vaqtlarda juda ko’p o’quvchilarda o’qishga bo’lgan munosabat yangi qiziqarli o’yinga nisbatan bo’lgan munosabatdek bo’lmasa ham, har holda, qiziqarli va o’zining yangi vaziyati bilan kishini jalb qiladigan munosabat saqlanib qoladi. Ko’pgina bolalarga maktabda xususan tanaffus payti, «o’qituvchining qanday qilib qo’l qo’tarish lozimligini o’rgatishi», «birgalashib nonushta qilish», «juft-juft bo’lib yurishlari» va boshqalar YOqadi. Hozircha hali ko’pchilik birinchi sinf o’quvchilari nima uchun o’qish kerakligini tushunmaydilar. Ular uchun hatto bunday savolning qo’yilishi hech qanday ma`noga ega emas, hamma o’qiydi, hamma maktabga kiradi, odat shunaqa, shunday bo’lishi kerak, deb o’ylaydilar. Bu savolga bolalar tomonidan berilgan to’g’ri javob bolalarning o’qish nima uchun kerakligini chuqur tushunadilar degan ma`noni anglatmaydi. Ular shunchaki ota-onalaridan, o’qituvchilaridan eshitganlarini sofdillik bilan takrorlaydilar xolos. Ular nima uchun o’qish kerakligini o’ylab ham o’tirmay, qunt bilan tirishib o’qishga tayYOrlar. Keskin vaziyat tez orada, odatda 2-3 — haftadan so’ng boshlanadi. Tantanali bayram sharoiti sekin-asta oddiy kundalik ish bilan almashinadi, yangilik tuyg’ulari uncha bilinmay o’tadigan bo’ladi. Bola o’qishning bu irodaviy zo’r berishini diqqatni safarbar qilishni, intellektual aktivlik va o’zini cheklay bilishni talab qiladigan mehnat ekanligini bilib oladi. Agar bola bunday mehnatga odatlanmagan bo’lsa, unda o’qishdan sovish yuzaga keladi. O’qituvchi bunday keskin vaziyat yuzaga kelishini kutib o’tirmay, o’qishning tantanali bayram emasligini, uning o’yin ham emasligini, o’qishning muhim va jiddiy ammo juda ham qiziqarli ish ekanligini, chunki uning ko’p yangi va kerakli narsalarni bilib olish imkoniyatini berishini bolaga uqtirib borishi juda muhimdir. Muhimi shundaki, o’quv ishlarining tashkil qilinish forma va usullari o’qituvchining so’zlarini mustahkamlashi kerak. Psixolog L. S. Slavinaning ko’rsatishicha, boshlang’ich sinflarda bilish aktivligi etarli darajada bo’lmagan, intellektual passiv bolalar uchrashlari mumkin. Bunday bolalar intellektual jihatdan normal rivojlangan bo’ladilar. Bu rivojlanish ularning o’yin va amaliy faoliyatlarida namoYOn bo’ladi. Lekin bunday bolalar hali fikr qilishga odatlanmaganlar va fikr qilishni bilmaydilar. Aktiv fikr qilish faoliyatidan qochishga intilish ular uchun xarakterlidir. Bunday o’quvchilarga o’qituvchi alohida diqqat bilan qarashi kerak, ularni fikr qilish faoliyatiga odatlantirib, ularning yutuqlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashi, dastlabki paytlarda o’quv vazifalarini bajarishlarini o’yin va amaliy faoliyat bilan bog’lab olib borishi kerak. 5. Avval boshlab birinchi sinf o’quvchisida o’qish faoliyati protsessining o’ziga qiziqish tarkib topadi. Ularning tovushlarni talaffuz qilishlarida va harf elementlarini YOzishlarida hali juda ko’p o’yinga o’xshash tomonlar bor. Bir qancha birinchi sinflarda eksperiment o’tkazilgan: bolalarga yapon ierogliflarining shaklini chizish buyurilgan. Lekin bu ierogliflar ularning haYOtlarida hech qachon kerak bo’lmasligi ularga oldindan aytilgan. Bunday ishning nima keragi bor degan savol hech kimda tug’ilmagan. Hamma bolalar qiziqib va berilib ishga kirishib ketganlar. O’quvchi o’z faoliya tining birinchi real natijasiga ega bo’lishi bilanoq faoliyatning natijasiga qiziqishi tez tarkib topadi. Bunday paytlarda birinchi sinf o’quvchisi ba`zan nihoyatda shodlanadi. Bir bola ko’chada ilib qo’yilgan viveskani birinchi marta mustaqil ravishda o’qib, shodligidan o’sha erning o’zidaYOq raqsga tushgan. Boshqa bir bola qiyin harfni birinchi marta to’g’ri YOzib, shunday shodlanganki, xursandligidan engashib ishtiYOq bilan bu harfni o’pa berib, o’z mehnatining mahsulidan ruxlangan. Uchinchi bola ota-onasiga: «Hayvonot bog’iga boraylik», deb iltimos qilgan. Ota-onasi —«Axir sen u erda yuz marta bo’lgansanku!— desalar,—«YOzib qo’yilgan YOzuvlarni o’qigim kelyapti» degan. O’z o’qish ishlarining natijalariga qiziqish hosil bo’lgandan so’nggina birinchi sinf o’quvchilarida o’qish faoliyatining mazmuniga nisbatan qiziqish tarkib topadi va bilim orttirish ehtiYOji tug’iladi. Ana shu asosda kichik maktab Yoshidagi bolada o’quv mashg’ulotlariga chindan ham javobgarlik munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan, yuksak ijtimoiy tartibdagi o’qish motivlari tarkib topishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarda xuddi ana shunday o’quv motivlarini tarbiyalashi lozim. O’qituvchi o’quvchilarning o’qish ishining ijtimoiy ahamiyatini anglashlariga erishmog’i kerak. Biroq bu ishga tegishli asos yuzaga kelmaguncha, shoshilish kerak emas. O’qish faoliyatining mazmuniga, bilim orttirishga qiziqishning tarkib topishi o’quvchilarning o’z yutuqlaridan qanoatlanish hissi bilan bog’liqdir. Bunday qanoatlanish hissi o’kituvchining ma`qullashi, hatto eng kichkina muvaffaqiyatni, oldinga qarab siljishni ham qayd qilish bilan paydo bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarni rag’batlantirib, ularning yaxshi ishlashlariga mayl va xohish uyg’otib «Endi sizlar kichkina bolalardek emas, balki haqiqiy o’quvchilardek ishlayapsiz!» deganda, kichik maktab Yoshidagi o’quvchilar, xususan birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari, o’zlaridan faxrlanadilar, kuch-quvvatlarining ortganini sezadilar. Psixologik jihatdan olganda mana shuning o’zi o’quvchilarda tarkib topaYOtgan ko’nikma va malakalarni mustahkamlashdan iboratdir. Muhimi shundaki, o’quvchi o’z muvaffaqiyatidan xursand bo’lsin. Hatto arzimas muvaffaqiyatsizlikni ham taxminan quyidagi tarzda sharhlab berish foydalidir: «Sen endi ancha yaxshi YOzadigan bo’lding. Bugun YOzganingni bundan bir hafta avval YOzganing bilan solishtirib ko’rgin. Barakalla! YAna ozgina g’ayrat qilsang, juda yaxshi YOzadigan bo’lib olasan!» Ravshanki, bunday rag’batlantirish o’quvchi vijdonan ishlagandagina foydali bo’ladi. Ochiqdan-ochiq noshudlik, yalqovlik va beparvolik uchun, albatta, odob bilan tanbeh berish kerak. 6. O’qituvchining o’quvchini rag’batlantirishi haqida gapirganimizda biz hamma vaqt ham uning o’quvchi bilimiga qo’yadigan bahosini nazarda tutmaymiz. Ish hamma vaqt baholanishi kerak. Og’zaki baho odatda birinchi sinf o’quvchisiga tushunarli bo’ladi. Agar bunday og’zaki baho pedagogik takt bilan qo’yilib, bolaga tushuntirilgan bo’lsa, odatda u bolada ma`lum taassurot qoldiradi. Baho haqidagi masala alohida qarab chiqishni talab qiladi. Ko’pchilik birinchi sinf o’quvchilari avval boshda YOki umuman bahoning ma`nosiga tushunmaydilar YOki bahoga hech qanday ahamiyat bermaydilar. Bu xususda quyidagi hodisalar ma`lumdir: birinchi sinf o’quvchisi xursandlik bilan ota-onasiga aytadi: «Qarang, o’qituvchi qizil siYOh bilan menga qanday chiroyli baho qo’ydi!» Daftarda esa ikki baho turar edi. YOki mana bunday misol: ikkita birinchi sinf o’quvchisi bir-birlariga o’zlarining daftarlarini ko’rsatadilar. Bittasining daftarida yagona baho, besh turardi. Ikkinchisining daftarida esa, ikkita baho, uch va ikki baholari turardi. Ikkinchi o’quvchi faxrlanib, o’rtog’iga aytadi: «Menda rosa ikkita baho, senda esa faqat bitta!». Birinchi o’quvchi o’zini Ochiqdan-ochiq kamsitilgandek his qilib, ranjigan holda javob beradi: «Menga ham yana baho qo’yib beradi deydi. Boshqacha tarzda javob berish uning xaYOliga ham qelmaydi. Biroq gap faqat bahoning mohiyatini va ma`nosini bolalarning tushunmasligida emas. Hamma gap shundaki, baho kichik maktab Yoshidagi bolalar uchun o’ziga xos psixologik omilga aylanib bormoqda. Masalan, Gruziya ilmiy tekshirish pedagogika institu tining eksperimental didaktika laboratoriyasi xodimlarining fikriga ko’ra, boshlang’ich maktabda qabul qilingan baho sistemasi pedagogik jazolash va rag’batlantirishning o’ziga xos (ba`zan xato) siYOsatidir. Ikki baho ko’pincha o’quvchini o’z kuchiga ishonmaslikka olib keladi, yaxshi baholar esa o’quvchilarni o’ziga ortiq baho berishga odatlantiradi: «O’qishdan asosiy maqsad — yaxshi baho olishdir. Baho olish uchun o’qiyman!» deydigan xulosaga olib keladi. Mana shu munosabat bilan uzoq yillar davomida Gruziya maktablarida qiziqarli eksperiment o’tkazilmoqda: ko’pgina shahar va qishloq maktablarining boshlang’ich sinflarida baho qo’yilmaydi. Bolalarda bilishga ongli intilish, baho olish uchun emas, balki yangilikni bilish uchun o’qish tarbiyalanadi. O’qishga majbur qilish YOki rag’batlantirish chorasi sifatida qo’llaniladigan baho Gruziyalik psixolog va pedagoglarning tajribalarida o’quvchilarning asabiyliksiz va qo’rquvsiz o’tkazadigan ijodiy musobaqalari bilan almashtirilgan. Bu o’quvchilarda o’zaro kontrol va o’z-o’zini kontrol qilish malakalariny tarbiyalashga YOrdam beradi. Kontrol va o’z-o’zini kontrol qilish taxminan quyidagi sxema bo’yicha tashkil qilinadi: «Aniqlash lozim. Men nimani bilaman-u, nimani bilmayman? Mening o’rtog’im nimani biladi-yu, nimani bilmaydi? Mazkur predmet bo’yicha men o’z bilimlarimni nimalar bilan to’ldirishim lozim? Men o’rtog’imga nima bilan YOrdam berishim mumkin? O’rtog’im menga nima bilan YOrdam berishi mumkin?» O’qituvchi ko’pincha o’quvchilarga daftarlarini qaytarib berar ekan, ularga xato va kamchiliklarini mustaqil tarzda topib, qayd qilishlaridan iborat vazifa beradi hamda daftarlarini o’rtoqlari bilan almashib, ishlarini taqqoslab ko’rishlarini tavsiya etadi. O’tkazilgan tajribalardan ma`lum bo’lishicha, eksperimental sinf o’quvchilarida birmuncha yuqori o’qish motivlari, yuksak javobgarlik hissi, kontrol va o’z-o’zini kontrol qilish malakalari laydo bo’ladi. Eng muhimi shundaki, eksperimental sinf o’quvchilarining bilim darajalari oddiy sinflardagi o’z tengdoshlarining bilim darajasidan ancha yuqoridir. Mashhur pedagog V. A. Suxomlinskiy ham boshlang’ich sinflardagi baho masalasida taxminan xuddi shunday nuqtai nazarda turgan. Biroq bizningcha, kichik maktab Yoshida bilimlarni baholashning ahamiyatini qat`iy ravishda inkor qilib bo’lmaydi. O’quvchi javobining mazmuni va mantiqi haqida YOki bajarilgan Yozma ishning sifati haqida o’qituvchining YOtig’i bilan baYOn qilgan mulohazasi, to’g’ri bahosi va shu bilan birga, o’quvchiga tegishli maslahat va tavsiyalar berishi ijobiy faktordir. Albatta, bu masala yuzasidan qandaydir konkret bironta narsani tavsiya etishga hali ertadir. Bu masala yuzasidan faqat bir narsa aniqdir — boshlang’ich sinflardagi baho problemasiga maktab rahbarlari va o’qituvchilar katta e`tibor berishlari lozim. 7. O’qituvchining kichik maktab Yoshidagi bolalarga tarbiyaviy ta`sir ko’rsatish imkoniyati juda katta, chunki o’qituvchi dastlabki paytdan boshlab birinchi sinf o’quvchilari uchun shak-shubhasiz obro’li kishi bo’lib taniladi, o’quvchilar nazarida u o’ylab ish tutadigan aqlli rahbar, sezgir va mehribon murabbiy sifatida gavdalanadi. O’qituvchi siymosida bolalar o’zlari orziqib intilgan va o’z haYOtlarida juda ko’p o’zgarishlar vujudga keltiradigan maktabni ko’radilar. O’qituvchining obro’si oldida ota-onalar, oiladagi katta odamlarning obro’lari kuchsiz bo’lib qoladi. Kichik maktab Yoshidagi o’quvchilar o’qituvchi harakatlarining to’g’riligiga hech qanday shubha qilmaydilar, o’qituvchining harakatlarini muhokama qilishga YO’l qo’ymaydilar. Tarbiyalashdan maqsad bolani ko’r-ko’rona bo’ysunuvchi emas, balki ongli intizomli kishi qilishdir. U o’zining ko’zi o’ngida o’qituvchining obro’si tusha boshlaganidan emas, balki u psixik jihatdan etilishning yuqoriroq darajasiga yaqinlashgani tufayli tushuntirib berilishini kutadi. Bolada xatti-harakatlarning sababini anglash, ongli va asosli harakat qilish ehtiYOji paydo bo’ladi. Agar birinchi sinf o’quvchisi darsda nima uchun jim o’tirish kerak, degan savolga ko’pincha: «O’qituvchi darsda jim o’tirish kerak deganlar» deb javob bersa, 3 sinf o’quvchisi bu savolga boshqacha javob beradi: «Boshqalarga o’qituvchining gaplarini eshitishga xalaqit bermaslik va o’qituvchi nimani tushuntiraYOtganini tushunish uchun darsda jim o’tirish kerak» deb javob beradi. O’qituvchi obro’si boshlang’ich sinflarda ta`lim va tarbiya berish uchun juda yaxshi shartdir. Tajribali o’qituvchi bundan to’g’ri foydalanib, o’z o’quvchilarida uyushqoqlik, mehnatsevarlik, o’quv mashg’ulotlariga ijobiy munosabat, o’z xatti-harakatlari va diqqatini idora qila bilish kabi xususiyatlarni muvaffaqiyatli tarkib toptiradi. Binobarin, o’qituvchining obro’yini to’kishga, o’quvchilar oldida o’qituvchini sharmanda qilish va o’quvchilar ishtirokida o’qituvchini tanqid qilishga YO’l qo’yib bo’lmaydi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling