1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Ilk o’spirinlarning turmush haqidagi tasavvurlari


Download 0.53 Mb.
bet46/118
Sana31.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1310931
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
Bog'liq
Yosh davrlari Majmua

4. Ilk o’spirinlarning turmush haqidagi tasavvurlari
Ilk o’spirinlik Yoshida inson uchun eng muhim hissiYOt sevgi vujudga keladi. U o’rtoqlik, do’stlik tuyg’ulari zamirida paydo bo’ladi. Sevgi katta maktab Yoshidagi o’quvchilarning hissiy dunYOsida mutlaqo yangi holat bo’lib, u o’smirlarning shunday ichki kechinmalaridan tubdan farq qiladi. Ma`lumki, o’smirlarda ham mehr-muhabbat tuyg’usi ishqibozlik, ko’ngil qo’yish, qo’msash ko’rinishlarida aks etadi. Lekin o’spirinning sevgisi chuqur, kuchli, otashin, haqiqiy bo’ladi. Mana shu Yoshdagi o’g’il-qizlar sevgisi o’zining sofligi, beg’uborligi, ma`sumligi, iboliligi, shirin kechinmalarga boyligi bilan ajralib turadi.
O’spirinlik davrida vujudga keladigan his-tuyg’ularni to’g’ri idora etish, yigit va qizlarga sevgi munosabatlarining naqadar nozikligini, bo’lajak oilaning baxti haqidagi tushunchalarni to’g’ri anglatish yaxshi natija beradi. Yigit va qizlarning ma`naviy olamida uchraydigan ayrim ziddiyatlarni bartaraf etishda, ularni kelajakda oilaning taqdiriga yuzaki munosabatda bo’lmaslikka o’rgatishda va oila qurishga tayYOrlashda jinsiy tarbiya muhim ahamiyatga molikdir.
Erkak va aYOllarning teng huquqliligi, bir-biriga sodiqligi va xakozolarni Yoshlar ongiga singdirish zarur. Buning uchun o’qituvchi o’zbek milliy turmush tarzidan aniq misollar keltirishi zarur.CHunonchi, xotin-qizlarga past nazar bilan qarash xuquqdagi notenglik hollarini Yoshlarning ko’z oldiga keltirish, ularni o’ziga o’t qo’ygan, sirka ichgan, o’zini osgan aYOllarning ayanchli axvolidan xabardor qilish kerak.
O’spirin yigit va qizlar erkak va aYOlning munosabatlarini YOtig’i bilan tushuntirish ota-ona, shifokor, sinf rahbari va o’qituvchilarning muhim vazifalaridir.
Maktabda o’spirinlarga o’zlaridagi jismoniy, fiziologik va psixik o’zgarishlar; yigit va qizlarning o’zaro munosabatlari shakllanishi; sevgi, oilaviy turmush, uning maqsadi va ijtimoiy, gigienik, masalalari to’g’risida maxsus bilimlar berish lozim. Tarbiyaviy soatlar, shifokor bilan suhbat, oila a`zolarining maslahatlari kabi tadbirlarga jiddiy e`tibor berish kerak.
Ota-onalar va o’qituvchilar o’spirin yigit va qizlarga sevgining ikki turi — shahvoniy tuyg’u zaminida vujudga keladigan beqaror sevgi va chinakam do’stlik, insoniy munosabatlar asosida paydo bo’ladigan haqiqiy sevgi borligini tushuntirishlari lozim. Qizlarda haqiqiy sevgi kurtaklari o’g’il bolalarga nisbatan erta uyg’onadi, ular bir umr o’zlariga YO’ldosh va doimo g’amxo’rlik qiladigan kishining muhabbatiga sazovor bo’lishni orzulaydilar. Ba`zan qizlarda ham beqaror hislar yuzaga kelishi mumkin.
Ota-onaning o’zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g’amxo’rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to’g’ri shakllantirishga YOrdam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro’zg’or yumushlarini o’rgatish ham lozim. Aks holda nimalar bo’lishini ma`naviy qashshoq, engil-elpi haYOtga ko’nikib, tubanlik botqog’iga botib qolgan ayrim aYOllarning ayanchli qismatidan misol keltirish orqali tushuntirishi zarur.
O’spirinlarni turmush qurishga tayYOrlashda maktab bilan oilaning hamkorligi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ro’y berishi mumkin bo’lgan ruhiy, jismoniy iztiroblarning oldini olish juda murakkab ish. O’qituvchilar jamoasining o’zi bu ishni bajara olmaydi. SHuning uchun uni ota-onalar va jamoatchilikka tayanib amalga oshirishi zarur.
O’spirin yigit-qizlarning haYOtiy rejalari bilan tanishishda ularning mayli, qiziqishi va nafis tuyg’ulariga, ezgu maqsad sari intilishlariga alohida ahamiyat berish lozim. Yigit YOki qizning ruhiyati va ma`naviyatiga to’g’ri YO’l topish orqali uning fe`l-atvorida o’zgarishlar hosil qilish mumkin.
Oiladagi sog’lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunYOsiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi.
Oiladagi tarbiyaviy ishlar maktabda mustahkamlanishi va rivojlantirilishi, o’spirinlarni turmush masalasiga ilmiy nuqtai nazardan qarashga o’rgatish lozim. Yigit va qiz o’rtasidagi munosabatlar ancha murakkab bo’lib, ular asta-sekin shakllanadi, bu munosabatlarning rivojlanishi ko’p jihatdan sinf rahbarining faoliyatiga bog’liqdir. U o’z ishini yigit va qiz o’zaro do’stlik munosabatlarini a`lo o’qish, namunali xulq, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan amalga oshiradigan YO’sinda tashkil etishi kerak. SHuningdek maktabda o’spirin bolalar qizlarga YOrdam beradigan, qizlar esa bu YOrdamni qadrlab ularga mehribonlik tuyg’usini namoYOn qiladigan vaziyatlarni yaratish kerak.
Maktabda o’qish davrida har ikkala jinsdagi o’quvchilar o’zaro do’stona munosabatda bo’lishlari, bir-biriga YOrdam berishlari, o’zaro hurmatda bo’lishlari shart. Lekin ular o’rtasida muqaddas, hech buzilmaydigan parda, chegara bo’lishi ma`qul, yigitning burchi qizni avaylash, uning sharm-haYOsini paymol qilmaslik, taqdirga yuzaki qaramaslik; qiz esa o’z navbatida uyatchan, sharm-haYOli, andishali, kamtar, qizlarga xos g’ururli, nazokatli bo’lishlari darkor. Qizlik or-nomusini paymol qiladigan xatti-harakat va hirsga berilmaslik kelajakdagi baxtiYOrlik uchun zarurligini har bir qiz bilib qo’ygani yaxshi.
O’spirinlarga oila qurish haqida tushuncha berishda baxtli, tinch-totuv yashash, bir-biriga ishonch, sadoqat bo’lishi kerakligini uqtirish bilan birga, ularni oilaviy turmushda yuz berishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklardan ham ogahlantirish kerak, albatta. Ularga oilada bo’lib turadigan janjallarda oxirini o’ylab ish tutish zarurligini uqtirish lozim.
Nikohga tayYOrgarlikning muhim jihatlaridak biri kuYOv-qayliqning o’zaro qaynota, qaynona, qarindosh-urug’lar, xonadonning yaqin kishilari oldidagi burchlarini anglab olishdir. Mustahkam va barqaror oila qurishning asosiy shartlaridan biri kelinning boshqa sharoitga ko’nikishi, begona turmush tarziga moslashuvidir. Uning sinalmagan oilaga, undagi iqtisodiy-moliyaviy tartibga, notanish qadriyatlarga, an`analarga, marosimlar, rasm-rusmlarga o’rganishi ham oson emas. Bularning hammasi Yosh kelinning jismoniy, axloqiy, ma`naviy va ruhiy jihatdan tayYOrgarligini talab qiladi.
O’qituvchilar yuqori sinf o’quvchilarining ota-onalari bilan olib boriladigan ishlarda asosiy e`tiborni bolalar ruhiy dunYOsining murakkab tomonlarini YOritishga qaratishlari kerak. Ularda tanqid va o’zini o’zi tanqid, o’zini tuta bilish, o’z xatti-harakatini nazorat qilish va to’g’ri baholash, o’zini idora qilish kabi xususiyatlarni rivojlantirish zarur.
Tarbiyaning muhim quroli nutq hisoblanadi. SHuning uchun ota-ona o’z nutqida YOqimsiz iboralarni ishlatmasligi, mantiqsiz, YOqimsiz ohang bilan bolalarni ranjitmasligi, ularda ishonch hissini vujudga keltirmaydigan, nosamimiy fikrlarni aytishdan saqlanishlari kerak. HaYOtda muloyimlikka, shirinsuxanlikka, samimiylikka, sof vijdonli bo’lishga nima etsin! Mazax qilish, ba`zan noo’rin hazillashish orqali ham farzandlarning murg’ak qalbini cho’ktirish mumkin.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling