1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
TA`LIM JARAYONINI BOSHQARISH MUAMMOSI
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo’sh, ta`limni qanday qilib boshqariladigan jaraYOnga aylantirish kerak
2. TA`LIM JARAYONINI BOSHQARISH MUAMMOSI
Ta`limni qanday qilib boshqariladigan jaraYOnga aylantirish kerak? Ko’pgina psixologlar ta`lim jaraYOnini tahlil qilar ekanlar, uni etarli darajada boshqarib bo’lmaydigan jaraYOn deb ta`kidlaydilar. Lekin uni butunlay boshqarib bo’lmaydigan, stixiyali ravishda tarkib topadigan jaraYOn deb atash noto’g’ri,— bu hol aniq maqsadni ko’zlab ta`lim berish g’oyasining o’ziga zid bo’lar edi. Biroq, o’qituvchi ta`limni tashkil etadi, unga rahbarlik qiladi, uni amalga oshiradi va YO’naltiradi, degan fakt ta`lim etarli darajada boshqariladigan va tartibga solinadigan jaraYOndir, degan ma`noni anglatmaydi, chunki biz boshkariladigan ta`lim deb (boshqa hamma optimal shart-sharoitlar mavjud bo’lganda), shunday ta`limni ayta olamizki, bunda har bir bolaning harakatidagi har bir qadam nazorat qilinadi, o’qituvchi har bir o’quvchining har bir bosqichida muayyan bilimlarni o’zlashtirishi YOki muayyan ko’nikma va malakalar hosil qilishi haqida uzluksiz axborot olib turadi, yangi material avvalgi materialni o’zlashtirish xarakteriga qarab taqdim qilinadi. Albatta, o’qituvchi ta`lim jaraYOnida o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish jaraYOnini va aqliy rivojlanishining borishini har bir paytda va har bir o’quvchiga nisbatan hamma tafsiloti va zvenolari bilan nazorat qilmaydi va nazorat qila olmaydi. Binobarin, bu hozirgi ta`lim protsessining jiddiy kamchiliklaridir. O’qituvchi o’quvchilar tomonidan material qanday o’zlashtirilaYOtgani haqida juda umumiy tasavvurgagina ega bo’ladi (bu haqdagi axborotni ahYOn-ahYOndagina olib turadi), o’qitishda esa u odatda har kimning individual imkoniyatlarini emas, balki o’rtacha o’qiydigan o’quvchini ko’zda tutadi. Bunday sharoitda o’qituvchi, albatta, ta`lim protsessini chinakamiga boshqara olmaydi. Xo’sh, ta`limni qanday qilib boshqariladigan jaraYOnga aylantirish kerak? Mumkin bo’lgan YO’llardan biri — o’zlashtirish jaraYOnini berilgan topshiriqni o’zlashtirish jaraYOni sifatida maxsus tashkil etishdir. Bu jihatdan ancha ishlangan sistema P. YA. Galperinning aqliy harakatlarni etap bo’yicha tarkib toptirish nazariyasiga asoslangan ta`lim sistemasidir. Bu nazariya L. S. Vigotskiyning takliflari asosida vujudga kelgan bo’lib, A. N. Leontevning aqliy harakatlarni tarkib toptirish jaraYOnining o’ziga xos xususiyatlari haqidagi tadqiqotlarida rivojlantirilgan. Mazkur nazariya odamning psixik faoliyatini tarkib toptirishga oid umumiy nazariyaning tarkibiy qismidir. Ana shu nazariyaga muvofiq, odamning antogenetik rivojlanishida harakatlar interiorizatsiyasi degan jaraYOnlar, ya`ni tashqi harakatlarning sekin-asta ichki, aqliy harakatlarga aylanish jaraYOnlari ro’y beradi. Dastavval o’quvchilar tashqi, moddiy harakat bilan ish ko’radilar. «Faqat shundan keyingina harakatning sekin-asta o’zgarishi — umumlashtirish, uning zvenolarini qisqartirish va u bajariladigan darajani o’zgartirish natijasida, harakatning interiorizatsiyasi; ya`ni uning ichki harakatga, endi butunlay bolaning aqlida voqe bo’ladigan harakatga aylanishi ro’y beradi»,—deb YOzadi A. N. Leontev. Ko’rsatilgan bu jaraYOn bir qator muayyan etaplar orqali — predmet harakatlaridan qattiq ovozli harakatlarni bajarish etapi orqali «o’z ichida» harakat qilishga o’tadi. Ta`lim jaraYOni ham shunga muvofiq ravishda — etaplar asosida quriladi, shuning uchun ham etap bo’yicha jaraYOn deb ataladi. Avvalo harakatning chamalash asosi, belgisi aniqlanadi, topshiriq haqida oldindan tasavvurga ega bo’lish, uni oldindan chamalash uchun harakat operatsiyalariga bo’lib chiqiladi. P. YA Galperin va uning xodimlari topshiriqni chamalashning uchta asosiy tipini belgilab chiqdilar. Birinchi tipning chamalash asosini faqat namunalar (harakat va mahsulot namunalari) tashkil etadi. Bu harakatni qanday bajarish to’g’risida hech qanday YO’l-YO’riq berilmaydi. O’quvchi juda sekin, «sinab ko’rish va yanglishish» YO’li bilan o’zi harakat qiladi. Ikkinchi tipning chamalash asosi yangi materialga oid harakatni qanday qilib to’g’ri bajarish to’g’risida hamma YO’l-YO’riqlarga ega bo’ladi. Ana shu tip asosida ta`lim berish ancha tez boradi va deyarli xatosiz bo’ladi. Uchinchi tipni chamalash yangi topshiriqlarni tahlil qilishni rejali tarzda o’rgatish bilan bog’liq bo’lib, u ana shu topshiriqlarni to’g’ri bajarish shartlarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi. Uchinchi tip asosida chamalab ta`lim berishda xatolar juda kam bo’ladi, ifodalangan harakatlar yangi sharoitga ko’chirilganda deyarli cheklanmagan imkoniyatga ega bo’ladi. Topshiriqni chamalash tipi o’quvchi hali topshiriqni bajarishga kirishmasdan oldin ro’y beradi. Bu yangi harakatni qanday bajarish kerakligi to’g’risidagi ko’rsatmalar sistemasidir. Endi o’quvchi uni bajarishga kirishadi. Keyingi bosqichda — moddiy harakat bosqichida harakat YO predmetlarda YOki ularning tasvirlarida (sxemalar, chizmalar, maketlar, modellar va hokazolarda) olib boriladi, ular predmetlar bilan taqqoslanadi, o’lchanadi, qayta joylashtiriladi, o’zgartiriladi. So’ngra ana shu harakatlarning o’zini predmetlarga tayanmay baland ovoz (nutq) vositasida bajarish bosqichi boshlanadi. Nutq vositasida harakat qilish moddiy harakatning in`ikosi sifatida quriladi. Endi predmetlar va ularning tasvirlari bilan ish ko’rishga zarurat qolmaydi. Navbatdagi bosqich — baland ovoz vositasida harakat qilishni ichki planga ko’chirish — bu xuddi o’sha tashqi nutqning o’zi, lekin «o’z ichida» harakat qilish (o’z ichida gapirish)dir. Nihoyat, oxirgi bosqich — ichki nutqdagi, «o’zi uchun» harakat qilishdir. Bu harakatning «nutq qobig’ini» tez qisqartirish bilan bog’liq (ma`lumki «o’zi uchun» nutq juda qisqa bo’ladi). Ko’rsatib o’tilgan nazariya avtorlarining fikriga qaraganda aqliy harakatlarni tarkib toptirishning umumiy sxemasi ana shunday. Masalan, bola avval predmetlarni haqiqatda bir-biriga qo’shib chiqadi, so’ngra shu qo’shishning o’zini ovoz chiqarib gapirish bilan aks ettiradi (lekin haqiqiy qo’shib chiqishni amalga oshirmaydi) va, nihoyat, uni «ichida» qo’shishni o’rganadi. Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich tarkib toptirish nazariyasining avtorlari, bu jaraYOn batamom determinlashtirilgan (bu jaraYOn qaysi shart va usullar YOrdamida tarkib topadigan bo’lsa, ana shu shart va usullar sistemasi tomonidan determinlashtirilgan) ekan, bu hol ularni egallash, boshqarish mumkin ekanligini anglatadi, deb hisoblaydilar. Ko’p sonli konkret tadqiqotlar (xususan, P. YA. Galperin rahbarligida o’tkazilgan tadqiqotlar) fikrlash harakatlarini ko’rsatib o’tilgan printsip bo’yicha tarkib toptirish ta`lim protsessini samarali boshqarish imkonini berishini ko’rsatdi. Bu kontseptsiyani hamma psixologlar ham so’zsiz e`tirof qilaYOtirlar, deb bo’lmaydi. Masalan, ichki nutqni dastlabki ikki bosqichdan alohida qilib qo’yish to’g’ri emas: fikrning ichki taraqqiYOt formasi bo’lgan ichki nutq bilish jaraYOnining hamma bosqichlarida muhim bo’lib, harakatlarni ifodalashning nutq vositasi hisoblanadi, deb ko’rsatib o’tiladi. Aqliy harakatlarning o’zi esa o’zining psixologik tuzilishiga ko’ra xilma-xildir, shuning uchun ularni ko’rsatib o’tilgan uch qismli sxemaga kiritishga unchalik asos bo’lmasa kerak. SHuningdek, ta`lim vaqtida barcha ko’rsatib o’tilgan bosqichlarni izchillik bilan bosib o’tish hamma vaqt ham majburiy va samarali bo’lavermaydi, deb ta`kidlanadi. Bosqichlar o’rtasida keskin chegara bo’lmagani holda bir bosqichni ikkinchisidan ajratish va alohida qilib qo’yishga shu qadar qat`iy intilish etarli darajada asoslangan emasday bo’lib tuyuladi. Bundan tashqari, bu kontseptsiya butun ta`lim protsessi uchun, ayniqsa uning ijodiy tomoni uchun etarli darajada to’la ishlab chiqilmagan. SHunga qaramasdan, u shubhasiz katta qiziqish uyg’otadi, shu bilan birga ana shu metodika bo’yicha o’qitishning amaliy natijalari juda samaralidir. Mana, masalan, o’quvchilarning boshlang’ich geometrik tushunchalarni o’zlashtirishi qanday YO’lga qo’yilganligini ko’rib chiqaylik (tajribalar N. F. Talizina rahbarligida o’tkazilgan). Tekshiriluvchilar dastlab tushunchalarning materiallashgan belgilari va ular bilan qanday harakat qilish qoidalari asosida, ya`ni konkret figuralar va kartochkalar asosida ishlaganlar, ana shu figuralar va kartochkalarga ma`lum tartibda tushunchaning belgilari YOzib qo’yilgan, so’ngra shu harakatlarning o’zi nutq formasida o’tkazilgan, ovoz chiqarib aytib ko’rilgan va nihoyat, harakat aqlda amalga oshirilgan. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, tushunchalar deyarli hammada xatosiz tarzda hosil bo’lgan. SHu bilan birga hamma bosqichlarda harakatning qanday bajarilaYOtganligi nazorat qilib borilgan (oxirgi bosqichda harakatning bajarilishi mustaqil nazorat qilingan), binobarin, aqliy harakatlarning tarkib topishi planli ravishda boshqarib borilgan, ular orqali esa harakatlarning mahsuli bo’lgan bilimlarning tarkib topishi ham boshqarilgan. Ta`lim jaraYOnini boshqarishning boshqa imkoniyatlarini qidirish programmalashtirilgan ta`limning psixologik asoslarini ishlab chiqish bilan bog’langan (L. N. Landa va boshqalar). Psixologik nuqtai nazardan qaraganda, programmalashtirilgan ta`lim nima va u odatdagi ta`limdan nima bilan farq qiladi? Buni tushunish uchun o’quv jaraYOnini uning qatnashchilari: ta`lim beradigan, bilimlarni etkazadigan o’qituvchi va o’qitiladigan, axborotni o’zlashtiradigan o’quvchi tomonidan sxematik tarzda tasavvur qilib ko’rmoq kerak. O’qituvchi bilan o’quvchi, ma`lumki, o’quv jaraYOnining ikki zvenosidir (zveno — ta`limning sub`ekti va zveno — ta`limning ob`ekti). Mana shu zvenolarning o’zi — o’quv jaraYOnidagi boshqarish sistemasining zvenolaridir. Ular orasida, kibernetika tili bilan gapirganda, to’g’ri va qaytarma aloqalarning kanallari harakat qiladiki, bu kanallar orqali o’qituvchi bilan o’quvchi axborot ayirboshlaydilar. O’qituvchi tushuntiradi, isbotlaydi, dalil keltiradi, chizadi, rasm soladi, tajriba qilib ko’rsatadi, o’quvchi ko’radi, tinglaydi, tushunishga, o’zlashtirishga, esda olib qolishga harakat qiladi, fikr yuritadi, umumlashtiradi. Buning ma`nosi shuki, «to’g’ri aloqa kanali» orqali axborot sub`ektidan ob`ektga, o’qituvchidan o’quvchiga etkaziladi. Lekin buning o’zi etarli emas. Ta`lim to’la-to’kis bo’lishi uchun «qaytarma aloqa kanali» ham harakat qilishi zarur. O’qituvchi o’quvchining qanday ta`lim olaYOtgani haqida axborotga ega bo’lmay turib, ko’r-ko’rona ta`lim bera olmaydi. SHu sababli ta`lim protsessi «qaytarma aloqa kanali»ning ham ishlashini nazarda tutadi: o’quvchi darsda olgan bilimidan javob qaytaradi, materialni takror ishlab chiqadi, masalani echadi, o’qituvchi tinglaydi, ko’radi baho qo’yadi. Faqat ana shu «qaytarma axborot» asosidagina o’qituvchi ma`lum o’quvchining ta`lim olishi muvaffaqiyatli boryaptimi YO’qmi — shu haqda xulosa chiqara oladi va shunga qarab ta`lim jaraYOniga tuzatishlar kirita oladi, o’quv jaraYOnining bundan keyingi borishini rejalashtira oladi. Lekin o’qituvchining huzurida repetitordagi singari bitta o’quvchi emas, balki 35—40 o’quvchi bo’ladi. O’qituvchi har bir o’quvchidan to’xtovsiz oqim bo’lib kelib turgan qaytarma axborotni olish imkoniga ega emas, ta`limdagi har bir «qadam» dan keyin har bir o’quvchidan so’rab chiqa olmaydi (so’rab chikqanda ayni muddao bo’lardi!). Usha kibernetika tili bilan aytganda, «qaytarma aloqa kanali» vaqt-vaqti bilan ishlaydi, u orqali katta uzilishlar bilan oz axborot olinadi. Bu hol shunga olib keladiki, o’qituvchi o’zlashtirishning individual xususiyatlariga oid aniq ma`lumotlarga ega bo’lmaydi. YAna bir holat ko’ndalang bo’ladi: hamma o’quvchilarni qanday qilib aktiv quloq solishga, idrok etishga majbur qilish kerak? Hamma o’quvchilarning xamma vaqt ishlaYOtganligiga qanday ishonish mumkin? Biz o’quvchilarning ba`zan o’zlarini diqqat qilaYOtganga solishlarini bilamiz. Programmalashtirilgan ta`limda oddiy, an`anaviy ta`limning barcha ana shu salbiy tomonlariga barham beriladi, programmalashtirilgan ta`lim o’quv jaraYOnini doimiy nazorat qilib turish va boshqarishni ta`minlaydi. Ba`zan, programmalashtirilgan ta`lim — turli o’rgatuvchi mashinalar, o’rgatuvchi qurilmalar YOrdamida ta`lim berishdir, deb hisoblaydilar. Bu noto’g’ri. Programmalashtirilgan ta`limning mohiyati uning mashinalashgan bo’lishida (texnika vositalarini qo’llagan holda) ham, shuningdek mashinalashmagan bo’lishida ham emas. Programmalashtirilgan ta`lim o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’rganaYOtgan o’quvchi oldingi materialni egallab olmasdan turib o’zlashtirishda navbatdagi qadamni qo’ya olmaydi. Buning uchun o’quv materiali qat`iy mantiqiy izchilikda joylashtirilgan kichik portsiyalarga bo’linadi (bular «qadamlar», «kadrlar», «dozalar» deb ataladi). O’quv materialining ana shunday tuzilishi «programma» deyiladi. Ko’rsatilgan «portsiyalar» sekin-asta o’quvchilarga taqdim etiladi va ular ko’rish analizatoriga ham (tekst, chizmalar, sxemalar, rasmlar shaklida), eshitish analizatoriga ham (chet tilini o’qitish vaqtida magnitofon lentasiga YOzib olish) mo’ljallanishi YOki bir vaqtning o’zida har ikkala analizatorga ham mo’ljallanishi mumkin. O’quvchi bilimlarning navbatdagi portsiyasini olishdan avval o’tilgan materialni o’zlashtirib olganligini ma`lum tarzda isbotlab berishi, ya`ni ba`zi bir amallarni to’g’ri bajarishi (savolga to’g’ri javob berishi, masalani echishi) lozim. SHunday qilib, o’quvchi materialni qanday o’zlashtiraYOtgani haqida hamma vaqt axborot berib turadi. Boshqacha qilib aytganda, «qaytarma aloqa kanali» uzluksiz ishlab turadi. Ta`limning bundan keyingi borishi o’quvchining harakatiga qarab (u to’g’ri javob beryaptimi YO’qmi, YOki xatoga YO’l qo’ymoqdami, aynan qanday xatoga YO’l qo’ymoqda) aniqlanadi: o’quvchining navbatdagi portsiyaga o’tishiga imkon beriladi YOki qaytadan o’zlashtirishi uchun oldingi kadr taqdim etiladi, YOxud unga (tegishli «kadr»ni taqdim etib) eski materialni takrorlash taklif etiladi. Bu operatsiyalarni o’rgatuvchi mashina bajarishi mumkin YOki ta`limning bunday borishi programmalashtirilgan darslikda materialning qanday joylashganligi bilan belgilanadi. Bu erda printsipial farq YO’q, shu sababli programmalashtirilgan darslikni ko’pincha «qog’ozda o’rgatuvchi mashina» deb ataydilar. «O’qituvchi — o’quvchi sistemasidagi qaytarma aloqa har bir o’quvchining bajargan ishini uzluksiz nazorat qilib turishni ta`minlaydiki, bu hol o’quv jaraYOnini to’la to’kis boshqariladigan jaraYOnga aylantiradi. SHunday qilib, programmalashtirilgan ta`lim bilish faoliyatining har bir qadamini haqiqatda nazorat qilishni ta`minlaydi va bu bilan o’quv jaraYOnini to’la to’kis boshqarish imkonini beradi. Qaytarma aloqa hamma vaqt harakatda bo’ladi va o’zlashtirishning individual xususiyatlariga muvofiq ravishda o’quv jaraYOnini tartibga solib turish imkonini beradi. Har bir o’quvchining aktivligi ta`min etiladi, chunki aktivlikning YO’qligi darhol ma`lum bo’lib qoladi, buni yashirib bo’lmaydi. Nihoyat, har bir o’quvchi o’zi uchun optimal sur`at, me`YOr va uslubda o’qitiladi. Hozirgi psixologlar (avvalo L. N. Landa va uning xodimlari) programmalashtirilgan ta`lim sohasida bir necha asosiy YO’nalishlarda tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Programmalashtirishning psixologik printsiplari, programma lashtirilgan darsliklar va samarali o’qitadigan programmalar yaratishning psixologik asoslarini o’rganib chiqilmoqda. Bu ishlarning ahamiyati ayniqsa katta, chunki programmalashtirilgan ta`limga chet mamlakatlarda asos solingan bo’lib, o’quvchilarning turli tipdagi programmalashtirilgan materiallar va o’rgatuvchi mashinalar bilan olib boraYOtgan ishlari psixologik jihatdan tahlil qilinmoqda. Ana shunday o’rganish negizidagina ilmiy jihatdan asoslangan programmalashtirilgan darsliklar, o’rgatuvchi mashinalar yaratilishini va ular bilan ishlash metodikasi ishlab chiqilishi mumkin. Tadqiqotchilar, faqat bilimlarnigina emas, balki ularni egallash YO’llarini, ya`ni o’quvchilarning aqliy faoliyatini ham programmalashtirish mumkin va lozim, degan xulosaga keldilar. O’quvchilar ana shunday tipdagi programmalashtirilgan darsliklar bilan (G. G. Granik rahbarligidagi jamoa rus tili bo’yicha bir necha darslik yaratgan) ishlar ekanlar, hodisalarning yashirin sabablarini tahlil qilish, taqqoslash, tekshirishni, sabab-oqibat bog’lanishlarini mustaqil ravishda belgilash va shu asosda grammatik ta`riflar va qoidalarni «kashf etish»ni o’rganadilar. Programmalashtirilgan ta`limning odatdagi ta`limga nisbatan samarali ekanligi tekshirib ko’rilmoqda, programmalashtirilgan ta`limning o’quv jaraYOnida tutgan o’rni va roli hamda uni boshqa ta`lim turlari bilan qo’shish usullari o’rganilmoqda. SHu bilan birga turli fanlarning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinyapti. Programmalashtirilgan ta`lim sistemasida ayrim o’rgatuvchi qurilmalar tiplarining tutgan o’rni va funktsiyalari, turli o’rgatuvchi qurilmalarning, ularga bo’lgan psixologik talablarning didaktik imkoniyatlari o’rganib chiqilmoqda. Pirovardida shuni aytish kerakki, programmalashtirilgan ta`lim (ayrim kishilar xavfsiraYOtganidek) o’qituvchini «chetlashtir»maydi, uning o’quv jaraYOniga o’tkazadigan ta`sirini pasaytirmaydi, balki uni qora, texnik ishlardan xalos qiladi. Bunday sharoitda o’qituvchi o’quv jaraYOnining borishiga aktivroq ta`sir ko’rsata oladi, ta`limga individual YOndoshishni muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi, tarbiya protsessiga ko’proq e`tibor bera oladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling