1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Bu printsipni qanday tushunish kerak?
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi daraja
- Misol uchun;
Bu printsipni qanday tushunish kerak?
Misol keltiramiz. Kichik Yoshdagi o’quvchida o’qish faoliyatini ta`minlaydigan psixik funktsiyalar hali tarkib topmasdanoq unga o’qishni o’rgata boshlaydilar. L. S. Vigotskiy boladagi aqliy rivojlanishning ikki darajasi haqidagi qoidani ifodalab berdi. Birinchi daraja, Vigotskiy ataganidek aktual rivojlanish darajasi — o’quvchi tayYOrgarligining mavjud darajasi bo’lib, u o’quvchining qanday topshiriqlarni to’la mustaqil bajara olishi bilan xarakterlanadi. Ancha yuqori bo’lgan Ikkinchi daraja (uni Vigotskiy eng yaqin rivojlanish zonasi deb atagan) bolaning nimani mustaqil bajara olmasligini, lekin ozroq YOrdam bilan (YO’lYO’riq beruvchi savollar, aytib berishlar, ishora qilishlar, umumiy ko’rsatmalar berish va hokazo) nimaning uddasidan chiqa olishini ko’rsatadi. Vigotskiy, bola bugun kattalar, o’qituvchi YOrdamida bajaraYOtgan narsani ertaga mustaqil ravishda o’zi bajaradi, eng yaqin rivojlanish zonasiga kirgan narsalar, ta`lim protsessida aktual rivojlanish darajasiga o’tadi deb ta`kidlagan edi. Psixologlar ana shu printsipga asoslanib, ta`lim protsessida o’quvchilarning fikrlash faoliyatini aktivlashtirishning psixologik shart-sharoitlarini tadqiq qilmoqdalar, o’qish jaraYOnida «tayYOr» bilimlarni o’zlashtirish bilan mustaqil «kashfiYOtlar» qanday nisbatda bo’lishini aniqlamoqdalar. Har bir o’quv fani mazmunida bilimlar sistemasidan tashqari bilishga oid va amaliy vazifalarning alohida tiplarini ham ko’zda tutish kerakligi ko’rsatib o’tilgan edi. Bu vazifalarning hal qilinishi bilimlarni ancha ongli ravishda o’zlashtirishgagina YOrdam berib qolmasdan, bilimlarni mustaqil ravishda egallash qobiliyatini rivojlantirishga ham YOrdam beradi. O’qituvchi mumkin bo’lgan va aqlga to’g’ri keladigan hamma joyda o’quvchining fikrini uyg’otishi, unda aktiv, mustaqil va ijodiy tafakkurni avj oldirishi lozim. «Aktiv tafakkur», «mustaqil tafakkur» va «ijodiy tafakkur» tushunchalari tafakkurning turli darajalari bo’lib, ularning har bir keyingisi o’zidan oldingi, boshlang’ich tafakkurga nisbatan bir ko’rinish hisoblanadi. Ijodiy tafakkur mustaqil va aktiv bo’ladi, lekin har qanday aktiv tafakkur ham mustaqil tafakkur bo’lavermaydi va har qanday mustaqil tafakkur ham ijodiy tafakkur bo’lavermaydi.Misol uchun; O’quvchi teoremani isbot qilishni tushuntirib beraYOtgan o’qituvchining so’zlariga diqqat bilan quloq soladi, materialni tushunib olishga harakat qiladi — bu erda gap aktiv tafakkur haqida borishi mumkin. Agar o’qituvchi tushuntirish o’rniga o’quvchilarga teoremani darslik teksti asosida mustaqil tahlil qilishni, tegishli bo’limni mustaqil ishlab chiqishni taklif etsa, u holda mustaqil (va, albatta, aktiv) tafakkur haqida gapirish mumkin. Isbot qilib berilmagan narsani o’quvchining o’zi kashf etib, o’zi topgan taqdirda ijodiy tafakkur haqida gapirsa bo’ladi. Psixologlar o’quvchilarning bilish aktivligini oshirish uchun taqqoslashning (qiYOslash va qarama-qarshi qo’yishning) rolini batafsil aniqlab chiqdilar. Bu usul umumlashtiruvchi tafakkur uchun g’oyat samaralidir. SHu sababli «farqini top» tipidagi topshiriqlar (yaproqning mevadan, YO’sinlarning suv o’tlaridan, qo’ziqorinning ildiz sistemasidan, granitning ohaktoshdan, tundraning taygadan, delfinning akuladan, Angliya iqlimining Frantsiya iqlimidan, rombning kvadratdan, ko’pxadning birxaddan, sifatdoshning ravish doshdan, kislorodning vodoroddan farqini va hokazo) darslarda keng qo’llanilishi lozim. O’quvchining o’qituvchi bergan savolga mustaqil javob topishiga to’g’ri kelganda, oddiy bo’lsada, muammoli vaziyatlar yaratish juda muhimdir. Bunda ancha umumiyroq muammo bir qancha yakka muammolarga bo’linadi. O’qituvchi tomonidan quyilgan masalani o’quvchilar mustaqil hal etishini tashkil qilishning psixologik tomondan ishonarli misoli kichik Yoshdagi o’quvchilarda «meva» («hosil») tushunchasini tarkib toptirishning metodik jihatdan ishlab chiqilishidir (M. N. Skatkin materiallaridan). O’qituvchi bolalarga olma, nok, sariq akatsiya qo’zog’ini olib qarashni taklif qiladi. Bolalar ularni kesib, urug’ini ko’radilar. Meva deb nimaga aytilishi to’g’risida bir xulosaga kelishadi.Biz o’qituvchining muammoni qanchalik mohirlik bilan topishini va uni qanday qilib «muammochalarga» bo’lishini, o’quvchilarning analitik fikrini qanday YO’naltirib borishini qo’ramiz. O’quvchilar noto’g’ri javob berganda o’qituvchi ularning javobini shunchaki rad qilib qo’ya qolmaydi, balki o’rinli berilgan qo’shimcha savollar bilan bolalarning o’zlarini xato fikrlardan voz kechishga undaydi. Bunday YO’l tutish psixologik jihatdan juda muhim. Agar o’quvchi tashqaridan bo’ladigan hech qanday gap so’zsiz o’z xatosiga tushunsa, u bundan keyin zinhor ana shunday xatoga YO’l qo’ymaydi, shuningdek odamning o’zi chiqargan to’g’ri xulosasi ham unutilmaydi. Xususan, muayyan tipdagi masalalarni echish mustaqil mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga egadir, bunday masalalarga, jumladan, quyidagilar kiradi: Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling