1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
Birinchi tipga mansub bo’lgan o’quvchilar tez o’zlashtirish sur`atiga egadirlar, deb xarakterlandiki, bu sur`at tez umumlashtirish, analiz va sintezning yuqori darajasi, fikrlash jaraYOnining tezligi (harakatchanligi) bilan bog’liqdir.
Ikkinchi tip sekin o’zlashtirish sur`ati bilan ajralib turadi. Bu hol umumlashtirishning sustligi, analitik sintetik faoliyatning past darajasi, tafakkurning inertligi (sust harakati) bilan belgilanadi. Biroq tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’qiy olishdagi individual farqlar shu qadar kattaki, hamma kategoriyadagi o’quvchilar uchun bir xilda optimal bo’lgan umumiy ta`lim shart sharoitlarini yaratib bo’lmaydi. SHu narsa belgilab chiqilganki, kengaytirilgan va mazmun jihatidan ancha murakkab programma asosida ta`lim berish — o’qiy olishlik qobiliyati birmuncha yuqori ekanligi yaqqol namoYOn bo’lgan o’quvchilar uchun optimal darajadagi ta`lim bo’ladi. Bunday o’quvchilarga problemalarni hal etishning asosiy, printsipial jihatdan yangi metodlarini ko’rsatib berishga qaratilgan va chetdan beriladigan nisbatan ozgina ko’mak kifoya qiladi. O’qishi past darajada bo’lgan (YOki boshqacha aytganda, sekin rivojlanish sur`atiga ega bo’lgan) o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini — ularning bilish faoliyatiga, intellektual sohalariga oid xususiyatlarini, shuningdek ularning shaxsiga oid ba`zi bir xususiyatlarni sinchiklab tahlil qilish asosida — muttasil o’zlashtirmaslikning oldini olish va unga barham berishning ayrim YO’llari psixologik jihatdan asoslab berildi, ana shu o’quvchilarga ta`lim berishning optimal YO’llari aniqlab olindi (S. F. Juykov, V. I. Zikova, . I. Kalmikova). Bu erda umumlashgan bilimlarni tarkib toptirishdagi sekin sur`atni, intellektual passivlikni, intellektual faoliyat vaqtida haddan tashqari charchashni hisobga olmoq kerak. Bu kategoriyadagi o’quvchilar uchun birmuncha sekin sur`at bilan ta`lim berish (ayniqsa yangi materialni o’rganishning boshlang’ich bosqichida) bunda umumiy qoidalarni ancha keng ko’rgazmali va og’zaki tarzda konkretlashtirishdan, ko’p miqdordagi mashqlardan (bu mashqlarni bajarishda ularni hal qilish usullari bevosita ko’rsatib beriladi) foydalanish optimal ta`lim hisoblanadi. CHetdan YOrdam ko’rsatishni sekin-asta kamaytirib borish, shuningdek masalalarning qiyinlik darajasini sekin-asta oshirib borish mumkin. Ta`limning bilishga oid qiziqishlarni rivojlantirishga qaratilgan motivatsion qiziqarli tomonlariga ko’proq e`tibor berilishi lozim. Ana shu o’quvchilar bilan olib boriladigan ishning xarakterli xususiyati — ular psixikasining ojiz tomonlariga passivlik bilan moslanish emas, balki bu o’quvchilar maksimal darajada voyaga etishi uchun ularning aqliy rivojlanishiga aktiv ta`sir ko’rsatish printsipi bo’lmog’i kerak. Tarbiyachi va o’qituvchi ayrim bolalarda o’zining o’rtacha ekanligi, qobiliyatsizligi va hatto mukammal emasligi haqida paydo bo’lgan tasavvurga aktivlik bilan qarshilik ko’rsatishlari lozim. Ta`lim bunday o’quvchining individual xususiyatlariga muvofiqlashmaydi, balki o’quvchining o’zi tobora tezlashib va murakkablashib boraYOtgan ta`lim protsessiga ko’proq muvofiqlashadi. Bunday o’quvchilar bilan ishlashning mumkin bo’lgan formalaridan biri ular uchun maxsus sinflar tashkil etishdir. Bu sinflarda malakali o’qituvchilar ishlaydilar, sinflar oz miqdordagi o’quvchilar bilan komplektlashtiriladi, yuqorida tavsirlangan o’qitish metodikasi tatbiq qilinadi, ta`limning eng yangi texnika vositalaridan foydalaniladi. Ko’pgina o’qituvchilar muttasil o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan ishlashda, hamma o’zlashtirmovchi o’quvchilar «bir xilda YOmon» tafakkur xususiyatlariga egadirlar va ularning o’zlashtirmasligiga barham berish uchun ayni bir xil YOndoshish (odatda— bir xil metodika bo’yicha qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazish) zarur, deb xato o’ylaydilar. Ana shu xato fikr, aftidan, bir xil o’quvchilar bilan ishlashda ko’pincha muvaffaqiyatsizlikka uchrashga sabab bo’laYOtganga o’xshaydi. Haqiqatda, bu o’quvchilardagi tafakkur xususiyatlari juda har xil, ularning muttasil o’zlashtirmasliklari sababi ham har xil bo’lib, ular bilan ishlash metodikasi ham har xil bo’lishi lozim. Pedagoglar va psixologlarning asosiy vazifasi — barcha bolalarning qobiliyati maksimal darajada va har tomonlama rivojlanishini ta`minlaydigan shart sharoitlarni aniqlashdan iboratdir. SHu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishini, moyilligi va qobiliyatini namoYOn qilaYOtgan o’quvchilarni ham aniqlash va ularga bundan keyingi rivojlanish uchun barcha shart sharoitlarni yaratib berish zarur. Bu vazifani differentsiyalashgan (keng ma`noda olganda) ta`limning turli formalari bajarishi mumkin. Bu erda maxsus maktablar va sinflarning har xil tiplari (matematik, fizik, ximik, biologik va hokazo tiplari), fakultativ kurslar, maktab ilmiy jamiyatlari, bilim beradigan to’garaklar va hokazolar ko’zda tutiladi. Differentsiyalashtirilgan ta`limning barcha sanab o’tilgan formalari asosida quyidagi fikr, ya`ni hamma o’quvchilar hamma fanlar bo’yicha bilimlarning muayyan minimumini to’la to’kis o’zlashtirishlari (bu minimum davlat o’quv programmalarida belgilab berilgan), bundan tashqari esa, ayrim fanlarni asosliroq va chuqurroq o’rganishlari YOki o’quv planiga kirmaydigan fanlarni o’rganishlari mumkin, degan fikr YOtadi. Qobiliyatlarni tarkib toptirish va rivojlantirish problemasi munosabati bilan psixologlarning bir qancha tadqiqotlari o’quvchilarning turli faoliyat turlariga bo’lgan qobiliyatlarini aniqlashga qaratilganligini ko’rsatib o’tish kerak. Bu o’rinda qobiliyatlar deganda kishining muayyan faoliyat talablariga javob beradigan va uning muvoffaqiyatli bajarilish sharti bo’lgan individual psixologik xususiyatlari kompleksi tushuniladi. SHunday qilib, qobiliyatlar — murakkab, integral psixik tarzda hosil bo’lgan narsalar xususiyatlar YOki komponentlarntsng o’ziga xos sintezidan iboratdir. Agar bu masalani keng ko’lamda olib qaraladigan bo’lsa, u holda shu narsani ko’rsatib o’tish kerakki, biror faoliyat turini muvaffaqiyatli ravishda egallashning hal qiluvchi shartlaridan biri—bu faoliyatga aktiv, ijobiy munosabatda bo’lish, qiziqish u bilan shug’ullanishga moyil bo’lishdan iboratki, ular ayrim hollarda ehtirosli havasga aylanib ketadi. SHu bilan birga xarakterga oid bir qator xususiyatlar — maqsadga intilish, qat`iyatlik, mehnatsevarlik, uyushqoqlik, diqqat e`tiborni bir joyga to’plash kabi xususiyatlarning mavjudligi ham ayniqsa muhimdir. Intellektual hislar deb atalgan tuyg’ular, (zo’r aqliy faoliyatdan qoniqish hosil qilish tuyg’usi, ijod quvonchi) ning roli ham kattadir. Qobiliyatlarni, qat`iy ma`noda aytganda, faoliyatning konkret turlariga bog’langan holda qarab chiqish yaxshiroqdir. Aqliy faoliyatning xususiyatlari bo’lgan matematik qobiliyatlar haqida gapirganda (V. A. Krutetskiy tadqiqotlari), avvalo o’qituvchilar o’rtasida birmuncha tarqalgan yanglish fikr haqida to’xtalib o’tish kerak. Birinchidan, ko’pgina kishilar matematik qobiliyatlar dastavval tez va aniq hisoblash (jumladan, ko’ngilda hisoblash) qobiliyatidan iborat deb hisoblaydilar. Aslida esa hisoblash qobiliyatlari chinakam matematik (ijobiy) qobiliyatlarni tarkib toptirish bilan hamma vaqt ham bog’liq emas. Ikkinchidan, ko’p kishilar matematikaga qobiliyatli bo’lgan o’quvchilar formulalar, raqamlar va sonlarni eslab qolish uchun juda yaxshi xotiraga ega bo’ladilar, deb hisoblaydilar. Biroq akademik A. N. Kolmogorov ko’rsatib o’tganidek, matematikadagi muvaffaqiyat ko’p miqdordagi faktlar, raqamlar, sonlar, formulalarni tez va mustahkam esda olib qolish qobiliyatiga ancha kam asoslangan. Nihoyat, bir xil odamlar matematik qobiliyatlarning ko’rsatkichlaridan biri fikrlash jaraYOnlarining tezligidir deb hisoblaydilar. Biroq ishning tez sur`ati o’z-o’zicha matematik qobiliyatlarga aloqador emas. O’quvchi sekin va shoshmasdan ishlashi, shu bilan bir vaqtda matematikani o’zlashtirishda o’ylab, ijobiy, muvaffaqiyatli ravishda olg’a borishi mumkin. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling