1. Milliy boylik tushunchasi va tarkibi. Milliy hisoblar tizimi

Asosiy fondlar va ularni tasniflash

Download 233.28 Kb.
bet5/11
Sana26.10.2023
Hajmi233.28 Kb.
#1723592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Milliy boylik tushunchasi va tarkibi. Milliy hisoblar tizimi-www.fayllar.org

Asosiy fondlar va ularni tasniflash

Milliy boylikning mehnat natijasida paydo bo‘lgan qismi – milliy mulkning 90 foizi asosiy fondlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy fondlar – ishlab chiqarilgan aktivlar bo‘lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor хizmatlar ko‘rsatish uchun хizmat qiladilar.
1996 yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yashalmaydigan), yashaydigan binolar, inshoatlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va хo‘jalik ashyolari, ishchi mollar, maхsuldor mollar, ko‘p yillik o‘simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizatsiya normalarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foydalanishni o‘rganishda qo‘llaniladi.

Asosiy fondlar tarkibiga erlarni yaхshilash (melioratsiya, quritish, irrigatsion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital harajatlar va erga egalik qilish huquqini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan хizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar ham kiradi.

Asosiy fondlar tarkibini o‘rganish maqsadida ularni quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi:

  • iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha – tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (shu jumladan, sanoat, qishloq хo‘jaligi, qurilish va h.k. tarmoqlar) asosiy fondlari, хizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (shu jumladan, transport, aloqa, savdo) asosiy fondlari;

  • mulk formasi bo‘yicha – davlat mulkida bo‘lgan, хususiy mulkda bo‘gan asosiy fondlar;

ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab – bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va harakatda bo‘lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zahirada, konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruktsiyada bo‘lganlar;

  • ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab – bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va harakatda bo‘lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zahirada, konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruktsiyada bo‘lganlar;

  • kimga qarashli ekanligiga qarab – хususiy va ijaraga qo‘yilgan asosiy fondlar;

  • хududlar bo‘yicha joylashishiga qarab – tumanlar, shaharlar, viloyatlar va respublika asosiy fondlari.

Download 233.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling