1. Mintaqaviy iqtisоdiyot faning prеdmеti va оb’еkti


Список разделов: 2. Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning asosiy ko’rsatkichlari


Download 172.7 Kb.
bet6/23
Sana04.04.2023
Hajmi172.7 Kb.
#1326376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
MAVZU TEST

Список разделов: 2. Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning asosiy ko’rsatkichlari.

Статистика класса

Вопрос:

Suv resurslari tarkibiga ko’ra yer osti, yer usti, berk havzalar hamda muz va qor suvlariga bo’linadi. Suv resurslarining yuqorida ko’rsatib o’tilgan tarkibining barchasi yagona suv resurslari hisoblanadi. O’zbekiston hududida qor, muz, yer osti suvlari, daryolar, ko’llar, sun’iy ko’llar, suv omborlari, kanallar va boshqa irrigatsiya va sug’orish inshootlari asosiy suv resurs va manbalari hisoblanadi. O’zbekiston hududida 10 km3 suv hosil bo’ladi, 1 yilda esa 89 km3 suv sarf qilinadi. Suv omborlarida 16 km3 suv saqlanadi, qolgan qism suv qo’shni davlatlardan kirib keladi. Orol suv havzasida 270 km3 suv hosil bo’ladi va undan 6 ta mamlakat foydalanadi.


O’zbekiston suv resurslarining 85%i qishloq xo’jaligida sarflanadi. Bug’lanish koeffitsientining yuqoriligi qishloq xo’jaligini suvsiz rivojlanishiga imkon bermaydi, shuning uchun bu sohada ko’p suv ishlatiladi.
Suvning 10 % i esa sanoatda ishlatiladi, bu sohada ishlatiladigan suv to’g’ridan to’g’ri suv havzalaridan olinadi va ishlatilgan suv havzalarga tozalanmasdan tashlanadi.
Aholi ehtiyojlari va kommunal xo’jaliklarida 5 % suv ishlatiladi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida jadal o’sib borayotgan aholini va rivojlanib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlash dolzarb va jiddiy muammo bo’lib turibdi.
Orol havzasining maydoni – 2686,6 ming km2ni tashkil etadi. Orol havzasi ikki yirik daryo Amudaryo va Sirdaryo muhim ahamiyatga ega. Ularning har ikkalasining suvlari respublika tashqarisida hosil bo’ladi. Ulardan tashqari Norin, Qoradaryo, So’x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, SHeroboddaryo yirik daryolar jumlasiga kiradi. Bu daryolarning ko’pchiligi o’zlarining o’rta oqimlari bilan O’zbekiston Respublikasining hududidan o’tadi. O’zbekistonda hammasi bo’lib 50 ga yaqin daryo bo’lib, ulardan 10 tasining uzunligi 150 kmdan ortadi.
Amudaryo o’zining sersuvligi jihatidan Sirdaryodan ustun tursada, uzunligi va maydoni jihatidan undan biroz keyinda turadi. Amudaryoning suv resurslari mutaxassislar tomonidan 82,6 km3/ yil, deb baholanadi.
Sirdaryoning yer usti suvlari o’rtacha 37,2 km3/yilni tashkil etadi va yilning suvliligiga bog’lik bo’ladi va suvning miqdoriga qarab 22,5 dan 45,4 km3 yilgacha o’zgarib turadi.
O’zbekiston Respublikasining qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sug’orish madaniyatiga asoslanganligi sababli bu yerda kanallarga alohida ahamiyat beriladi. Kanallar uch turga bo’linadi: umumiy, xo’jaliklararo kanallar va ichki xo’jalik kanallari. Yil mobaynida kanallar daryo va suv omborlaridan suv olib iste’molchilarga uzatadilar.
O’zbekiston respublikasida 53 ta suv ombori va 28 ta selxonalar mavjud bo’lib ular sel kelishi xavfini bartaraf etish va suvni mavsumiy tartiblash maqsadida qurilgan.
O’zbekiston respublikasida 80 foiz suv vegetatsiya davrida sug’orish uchun sarf qilinadi. Daryolarning tizimi esa mazkur talablarga javob bermaydi. SHu sababli O’zbekistonning qurg’oqchil iqlim sharoitida suv omborlarining ahamiyati juda katta. Suv omborlaridagi suv 16 km3 ni tashkil qiladi.
Suv omborlaridan tashqari respublikamiz hududida sug’orish maqsadlarida ham juda ko’p irrigatsiya-sug’orish inshootlari qurilgan. Bugungi kunda O’zbekistonda suv xo’jaligi inshootlari vujudga keldi. U 236 davlat sug’orish tizimini, 37 ko’tarib suv uzatish, 248 bosh suv to’plash qurilmalari, 40 ta yirik nasos stantsiyalarini va 150 mingdan ortiq turli inshootlarni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston qurg’oqchil, kontinental iqlimli, cho’l va chala cho’l zonalari hamda tog’ va tog’ oldi hududlaridan tashkil topgandir. Bizdagi o’rtacha yog’in miqdori 400 mm ni tashkil qilgan holda, bug’lanish koeffitsienti 2500-2700 mm ni tashkil etishi suv resurslarining ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini bildiradi.
Bozor munosabatlariga o’tish natijasida O’zbekistonda suv resurslarini boshqarishning yangi tarkib­lari ham paydo bo’ldi. Lekin shuni ta’kidlab o’tish kerakki, suv resurslarini boshqarish borasida hali echilmagan muammolarning ko’pligini ham aytib o’tish mumkin. Ular ichida muhimlari quyidagilar:
1. Suv resurslarini boshqarishning yagona davlatlararo organini tashkil etishning zarurligi. Mutaxassislarning hisoblariga qaraganda bunday organ maxsus maqomga, tarkibga, havzada suv resurslardan foydalanish va uning holatini baholash borasidagi ma’lumot markaziga ega «Sirdaryo», «Amudaryo» havzaviy suv birlashmalarini o’z ichiga oluvchi Xalqaro suv-energetika kontsortsiumi bo’lishi lozim.
2. Mamlakatimizning yirik daryolari va suv manbalari (Amudaryo, Sirdaryo, Arnasoy, Orol dengizi)ning ijtimoiy-iqtisodiy maqomini belgilash;
3. Suv resurslarini boshqarish masalalariga oid qonuniy va huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, bu masala bo’yicha yagona davlatlararo kontseptsiyani ishlab chiqish;
4. Respublikalarning manfaatlarini hisobga olgan holda, suv sifati va miqdori monitoringi tizimini rivojlantirish;
5.Gidroekologik jihatdan «xavfli» hududlarni batafsil o’rganish;
6. Orol dengizi havzasi suv resurslarining yagona ma’lumotlar manbaini yaratish, bunda ulardagi tadrijiy o’zgarishlarni hisobga olish.
O’zbekiston suv resurslarining katta qismini qishloq xo’jaligida foydalanadi. O’zbekiston iqlimidan kelib chiqqan holda 1 ga yerga 1 yilda sarf qilinishi kerak bo’lgan suv 1200 m3 qilib belgilangan lekin sarf qilinayotgan suv miqdori 1600-1800 m3 ni toshkil qilmoqda. O’zbekiston suv resurslaridan norma bo’yicha foydalanilsa 4,2 mln. ga o’rniga 4,8 mln ga yerga dexqonchilik qilish mumkin. Agar ilg’or sug’orish texnologiyalaridan va tajribalaridan foydalansak, mavjud suv resurslari bilan 7-8 mln ga yerni sug’orish mumkin bo’lar edi.
Sanoatda ham suvdan foydalanishning samarali usullaridan kam foydalaniladi. Foydalanilgan suvni tozalash, berk havzalar tashkil qilish sanoat korxonalarini nazorat qilish, belgilangan normalarga rioya qilish masalalari rivojlangan mamlakatlarga nisbatan bir necha marotaba past e’tibor beriladi.
Kommunal xo’jaligida Evropa mamlakatlari bir sutkada 300-350 l suv sarflasalar, bizda esa 600-550 l ni tashkil etadi.
Shuning uchun mustaqillikni dastlabki yillaridan boshlab suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilar e’tibor berildi.
1). Ishlatilayotgan suvni hisobga olish. (qishloq xo’jaligi, sanoat va kommunal xo’jaligida ham)
2). Suvdan foydalanishni iqtisodiy mexanizmini yaratish.(normadan kam foydalanilganda va kam ifloslantirganda rag’batlantirish, aksi bo’lganda jarima solish, suvning tannarxini belgilash va baholash va hokazo).
3). Suvdan foydalanganlik uchun haq to’lashni tashkil etish (suv o’lchagichlar o’rnatish, foydalanish normalarini belgilash).
4). Suv resurslarini nazorat qilish va foydalanishni rejalashtirish.
5). Suv resurslaridan foydalanishning jahon tajriba va texnologiyalarini o’rganish va o’zimizda qo’llash.
O’rta Osiyo suv resurslari agarda uni tejab ishlatilsa, 70-80 million kishiga etishi mumkin, BMT ning ma’lumotlariga ko’ra 2030 yillarga borib O’rta Osiyoda shuncha aholi yashaydi. O’rta osiyo aholisi 50 million kishiga etmasdan Orol dengizining qurishi, suv tanqisligining sezilishi, bu eng avvalo suv resurslaridan tejamsiz foydalanish isrofgarchilikning nihoyatda yuqori ekanligini bildiradi. Suvdan noto’g’ri foydalanish: quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda: 1). Suv resurslarining tanqisligi; 2).Orol dengizi va ko’pgina tabiiy ko’llarning qurishi; 3). Mavjud sug’orilayotgan yerlarning sho’rlanishi va hosildorliknig keskin pasayishi. 4). Bio xilma-xillikning kamayishi. 5). Mavjud suv resurslar suv manbalarini hamda uning atrofida ekologiyaning izdan chiqishi va ifloslanishi; 6). Suv resurslarida tuz miqdorining ortishi. 7)Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlay olmasligimiz. 




Ответ:




 Переход к 2-rejaga oid savol














Download 172.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling