1. Mintaqaviy iqtisоdiyot faning prеdmеti va оb’еkti


Множественный выбор: 3-rejaga oid test


Download 172.7 Kb.
bet8/23
Sana04.04.2023
Hajmi172.7 Kb.
#1326376
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
MAVZU TEST

Множественный выбор: 3-rejaga oid test

Статистика класса

Вопрос:
O’zbekiston aholisining necha foizi tog’li hududlarga to’g’ri keladi?




Ответ:





5,9%

66.67% Выбрали этот ответ.


6,8%

Никто не выбрал этот ответ.


6,1%

33.33% Выбрали этот ответ.

Отзыв:
Это правильный ответ




Полученные баллы: 1







Список разделов: 4. O’zbekistonning yer resurslari va ulardan samarali foydalanish.

Статистика класса

Вопрос:

O’zbekistonning umumiy yer resurslari 44,89 mln ga., shundan 27,9 mln. ga. (63,3%) qishloq xo’jaligiga qarashli yerlar hisoblanadi. Mamlakat umumiy yer maydoning 5,6 mln ga. yer dehqonchilikda foydalaniladigan yerlardir. Shundan 4,447 ming ga. (15,9 %) haydaladigan yerlar hisoblanadi, 1,2 mln ga yer lalmikor yerlardir. Sug’oriladigan yerlar 4,2 mln ga (mamlakat hududining 9,4 %)


Mamlakat hududining (22,8 mln ga yerlar) 50,9 % cho’l zonasiga to’g’ri kelada. 21 % yerlar tog’ va tog’ oldi yerlari hisoblanadi. O’rmon fondi 10 mln ga. dan oshadi. SHundan 3 mln. ga. o’rmonlar tog’ o’rmonlari, qolganlari esa cho’l o’rmonlaridir, so’gorilayotgan yerlar qishloq ho’jaligi mahsulotining 90 % ini beradi. O’zbekiston iqtisodiyoti uzoq yillar davomida asosan qishloq xo’jaligiga, paxta xom ashyosiga ixtisoslashtirilishi natijasida obikor yerlarning meliorativ ahvoli yomon ahvolga tushib qoldi. Bundan tashqari O’zbekiston yerlarining ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabi cho’l yerlar tashkil etadi.
Yerning cheklanganligi va sifat tarkibining pastligi, tuproq yeroziyasi, sho’rlanishini ifloslanishi, yeroziya, yaylov depressiyasi bilan bog’liq bo’lgan ekologik xavf-xatar to’xtovsiz ortib bormoqda. Respublika sug’oriladigan yerlarning 2 mln gektari (50 % ga yaqin) buzilish xavfi ostida qolgan. Ular asosan sho’rlangan yerlardir. Bu yerlarning 0,8 mln. gektari o’rtacha va kuchli darajada sho’rlangan. Qoraqalpog’iston, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari yerlarining 90-95 %, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarining 60-70 % yerlari sho’rlangan. Respublika tuprog’ining asosiy sifat ko’rsatkichi hisoblangan unumdorlik (gumus) 30-35% ga pasayib ketgan. SHamol yeroziyasiga (deflyatsiya) uchragan yerlar maydoni 2,1 mln gektarga, suv yeroziyasi ta’siridagi maydonlar esa 0,7 mln ga teng. Mamlakatdagi 22 mln ga. yaylovning 6 mln gektari – shamol, 3 mln gektari esa suv yeroziyasi ta’siridadir. DDT pestitsididan foydalanish 1983 yil ta’qiqlanganiga qaramay, uning tuproqdagi miqdori hamon normadan 2-4 barobar ortiqdir.
Tuproqning har xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi real tahdid tug’dirmoqda. Tuproqqa ortiqcha ishlov berish uning nurlanishiga va pestitsidlar, og’ir metallar changi Bilan ifloslanishiga, tarkibidagi chirindining kamayishiga, yeroziyaning avj olishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib keldi.
O’zbekistonda yerning ishdan chiqishiga asosan sug’orish va zovur tizimining eskirishi, sug’orish texnikasining qoloqligi va suvdan foydalanishda isrofgarchilikka yo’l qo’yilishi sabab bo’ldi, bu esa yerning meliorativ holati yomonlashuviga va tuproq tarkibida tuzining ko’payib ketishiga olib keldi. yerning yaroqsiz holga tushishi muammosini tubdan hal etish uchun sug’orish tizimini butunlay qayta ta’mirlash, tabiat bergan tekin ne’mat suvga bo’lgan munosabatni o’zgartirish, shuningdek yeroziyaga qarshi agrotexnik, xo’jalik, o’rmon meliorativ, gidro texnika tadbirlarini amalga oshirish zarur.
Yerdan foydalanish sohasida vujudga kelgan amaliyotning kamchiliklari keltirib chiqargan ekologik muammolar tuguni faqat mamlakat qishloq xo’jaligini izchil suratida isloh qilgan taqdirdagina echilishi mumkin.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, qishloq xo’jaligining o’zini ham, dehqon va qishloq aholisining yashash muhitini ham sog’lomlashtirish uchun ekinlarni almashlab ekiladigan turlarini ko’paytirishga o’tish (bedazorlar va boshqa o’tzorlarni kengaytirgan holda) muhim ahamiyatga ega. Mamlakat iqtisodiyotining mustahkamlashishi va uning eksport imkoniyatlarinioshib borishi buning uchun yaxshi sharoitlar yaratadi.
Bunda quyidagilar asosiy o’rinni egallashi kerak; qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanishni yaxshilash, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi tarkibini qayta ko’rib chiqish, yaylov yerlaridan foydalanishni yaxshilash, samaradorligini oshirish yerni sho’rlanishini bartaraf etish va boshqalar.
1.Yerdan foydalanishn, uni asrash, muhofazalash sohasidagi ekologik xavfsizlikni kuchaytirish va o’tmish davr asoratlarini bartaraf etishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat; 1) Zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. 2) Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash ustidan qattiq nazorat o’rnatish. 3) Ekin zararkunandalariga qarshi kurashishda biologik usullardan keng foydalanish. 4) Sug’orish suvidan me’yoridan ortiqcha foydalanish oqibatida ikkilamchi sho’rlanishining avj olishiga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish. 5) Tuproqlar yerroziyasiga qarshi kurashish. 6) yerdan foydalanishni oqilona tejab tergab foydalanishning intensiv yo’liga o’tish. 7) yerdan foydalanishda iqtisodiy rag’batlantirish, ifloslantirganlik uchun solinadigan maxsus soliqlardan keng foydalanish.




Ответ:




 Переход к 4-rejaga oid test














Download 172.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling