Вопрос:
O’zbekiston hududlari turli foydali qazilma xom ashyolariga boy. Ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Oltin, mis, qo’rg’oshin, rux, radioaktiv elementlar, tabiiy gaz, neft va boshqa foydali qazilmalar miqdori bo’yicha ko’pgina davlatlar orasida etakchi o’rinda turadi. Respublikada tuzlar, alyuminiy xom ashyosi, qoplama bezak va qimmatbaho toshlar, ba’zi kamyob elementlarning katta resurslari aniqlangan.O’zbekiston qurilish materiallari va yoqilg’i energetika resurslariga ham boy. Hozirgi qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari va istiqbolli joylar aniqlangan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, tasdiqlangan resurslari 970 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi. Respublikaning umumiy xom ashyo imkoniyati 3,3 trillion AQSH dollariga teng. Har yili respublika konlarida o’rtacha 5,5 mlrd dollarga teng miqdorida foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6-7 mlrd dollarlik yangi resurslar qo’shilmoqda.
O’zbekiston hududlarida neft va gaz kondensati tabiiy gazning 155 ta istiqbolli konlarida qimmatbaho metallar bo’yicha 40 tadan ortiq nodir va radiaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta konlari qidirib topilgan. O’zbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolin resurslari bo’yicha dunyoda etakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin resurslari bo’yicha respublika dunyoda 4-o’rinda turadi, uni qazib olish bo’yicha 7-o’rinda, mis resurslari bo’yicha 10-16 o’rinda, uran resursi bo’yicha 7-8 o’rinda turadi.
Ko’pchilik mineral xom ashyo resurslari mavjud tog’-kon sanoati majmualarining uzoq muddat jarayonida ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Ular yirik konlarda to’plangan bo’lib, ularni qazib olingan joyning o’zidayoq majmua qayta ishlash imkoniyati bor. Hozir 650 dan ortiq tog’-kon korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.
Shu bilan bir qatorda respublikada tog’-kon sanoati resurslarini qazib olishda muntazam yo’l qo’yib kelingan xatolar quyidagi salbiy oqibatlarga olib keldi:
Tog’ kon sanoati rayonlardagi tabiiy landshaftlarning buzilishi, izdan chiqishi;
atrof-muhit ekologik holatining yomonlashuvi;
qazilma boyliklardan samarasiz foydalanish;
ko’plab chiqitlarning paydo bo’lishi va atrof muhitning ifloslanishi;
chiqitlardan foydalanishning etarli darajada yo’lga qo’yilmaganligi.
Har yili respublikada 100 mln tonnadan ortiq har xil chiqitlar paydo bo’layotir, ularning yarmi zaharlidir. Ularning umumiy hajmi 2 mlrd tonnadan ortiqroqdir. Har yili tog’ kon sanoati faoliyati oqibatida 50-60 mln tonna turli jinslar to’planib, ular 10 mln gektar yerni egallayotir.
Buzilgan landshaftlarni tiklash, ya’ni landshaftlar rekultivatsiyasi yuzasidan chora tadbirlarning keng tizimini amalga oshirishni taqozo etadi. Konlardan majmua foydalanish resurslarini tejash, ishlab chiqarishning chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyasini keng joriy etish, iqtisodiy rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish va uni keng qo’llash mineral xom ashyo resurslaridan samarali foydalanishning istiqbolli yo’nalishlari hisoblanadi.
O’zbekistonda har yili 100 mln tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil bo’lib uning atiga 0,2 % zi qayta ishlanadi. Bu chiqindilarni asosiy qismi tog’ – kon saoatida hosil bo’ladi. Shundan; 25 mln m³ foydali qazilmalarni qazish paytida, 42 mln m³ rudani boyitishidan hosil bo’lgan chiqindilar 1,25 mlyard m³ qazib chiqarib tashlangan tog’ jinslari,1,3 mlrd m³ boyitilgan rudalar to’planib qolgan.
Respublikamizda maishiy chiqindixonalarni soni 159 tani tashkil etib, ularda taxminan 30 mln m³ shahar va qishloqlarda hosil bo’lgan chiqindilar saqlanadi.
Mamlakatimizdagi maishiy chiqindilarni har 1 mln m³ da mavjud bo’lgan ikkilamchi resurslar. ( ming tonna)
oziq ovqat chiqindilari
|
qog’oz va karton
|
to’qimachilik chiqindilari
|
plastmassa
|
ishlatish mumkin bo’lgan boshqa chiqindilar
|
360
|
160
|
55
|
45
|
100 gacha
|
|
|