Tavakkalni tasniflash. «T» ni baholashda uni «Foyda» bilan solishtirish, ya’ni odam hayotini saqlab qolish uchun pul birligi kirgizilishi taklif qilindi. Ko‘p olimlar bunga norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo‘q. Lekin odam hayotini saqlab qolish uchun qancha mablag1 sarf qilish kerak deganda bunday baho kerakdir. Xorijda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra odam hayoti AQSHda 650 mingdan 7 mln dollargacha baholanar ekan.
Tavakkalni aniqlash qancha taxminiy bo‘lishiga qaramay, uni aniqlashning quyidagi to‘rt yo‘li mavjud:
1. Muhandislik yo‘li statistikaga, takrorlanishlarni hisoblashga, xavfsizlikning taxminiy tahliliga, «xavflar daraxti» qurishga asoslanadi.
2. Modellash yo‘li (andozalash) odamga, guruhga, kasbga ta’sir qiluvchi omillar modelini qurishga asoslangan va h.k. Bu yo‘l bilan hisoblashga ma’lumotlar topish ancha qiyin.
3. Ekspert (tekshirish) yo‘li ma’lumotlarni ekspertlardan (mutaxassislardan) so‘rab yig‘ishga asoslangan.
4. Ijtimoiy yo‘l odamlardan so‘rab surishtirib, aniq xulosa chiqarishga asoslangan.
Bu yollar «T»ni har xil nuqtayi nazardan tavsiflaydi, shuning uchun hammasi birga qo‘llaniladi.
Tavakkalning yo’l qo‘ysa boladigan fikr yuritish usuli xavfsizlik texnikasi, mutlaq xavfsizlikni yaratib berishga asoslangan. Ammo bunday holatni (ya’ni, T=0) yaratib berish haqiqatda mumkin emas. Shuning uchun yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan (YQB) «T» ning fikr yuritish usuli qabul qilinadi. «T» o ‘z ichiga texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlami oladi. «T» da ayrim murosalaiga borishga to‘g‘ri keladi. Aniqki, texnik tizimning xavfsizligini ko‘tarish uchun iqtisodiy imkoniyatlar cheksiz emas. Agar xavfsizlikka qancha ko‘p xarajat qilinsa, ijtimoiy sohalarga shuncha kam xarajat qilishga to‘g‘ri keladi. Tavakkalning YQB mintaqasi shunday minimal chegaraki, unda ijtimoiy va texnik mablag‘lar ma’lum mutanosiblikka ega (1-rasm). Tavakkalni tanlashda buni hisobga olish kerak va jamiyat shu bilan qanoatlanishga majbur.
Jahonning ayrim mamlakatlarida, masalan, Gollandiyada tavakkalning YQB qiymati qonuniy asosda belgilangan. OTim hodisalarining maksimal YQB darajasi bir yilda 10'6 deb olingan. Odatda, tavakkalning YQB mintaqasi r 10'8 bo‘lsa, bu juda kichik qiymat hisoblanadi. Tavakkalning YQB mintaqasi tushunchalari bizda hali qabul qilinmagan va to‘liq amalga oshirilmagan. Bundan tashqari ayrim mutaxassislar bunga tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Ularning fíkricha, xavfsizlikni bunday baholash insonparvarlik nuqtayi nazaridan yiroqdir. Haqiqatda esa, hozirgi mavjud usullardan, tavakkalning YQB mintaqasi usuli 2—3 daraja jiddiy sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |