1-modul. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari 1-mavzu. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish


Download 0.96 Mb.
bet6/9
Sana24.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1226462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza

Tavakkalni boshqarish. Xavfsizlik darajasini ko‘tarish xavfsizlikning asosiy nazariy va amaliy masalasidir. Buning uchun mablag‘ni uch yo‘nalishda sarflash kerak: >
— ishlab chiqarish texnik tizimlari va ish obyektlarini takomillashtirishga;
— malakali ishchilami tayyorlashga;
— favqulodda oqibatlami yo'qotishga.
Sarflarni bular orasida qanday bo‘lishini rejalash uchun chuqur tekshirishlar o’tkazish lozim, unda ham aniq bir fikrga kelish qiyin.
«Tavakkal»ni boshqarish texnika doirasida xavfsizlikning oldini olishda yangi imkoniyatlar ochadi. «Tavakkal»ni boshqarishda texnik, ma’muriy, tashkiliy yo'llarga iqtisodiy usul (sug‘urtalash, ko‘rilgan zarami pul tariqasida to'lash, «T» ga to'lovlar va h.k.) ham qo‘shiladi.
«Tavakkal»ni hisoblash uchun asoslangan raqamlar yo‘q desa ham i bo'ladi. «T»ni boshqarish xarajat hamda «T»ni pasaytirish yo‘li bilan olingan foydani solishtirishga asoslangan.



  1. Hayot faoliyati xavfsizligining ta’minlash.

Xavflarni o‘rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich — xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam j bilan bajariladi: 1 -qadam — xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam — xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash; 3-qadam — tahlilni chegaralash, ya’ni tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
II bosqich — xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar «daraxti» (shajarasi)ni tuzish. «Xavflar daraxti» yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablari hisobga olingan holda tamom bo'ladi.
III bosqich — oqibatlami tahlil qilish. Xavfsizlik tizimi, bu — xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo‘llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig‘indisidir. 0‘zaro ta’siri bilan aniq bir maqsadga erishtiradigan aloqador qismlar yig‘indisi tizim deb ataladi.

Tizim deganda birgina moddiy obyektdan tashqari aloqalar va bog‘lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga misol bo‘lishi mumkin. Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi — ergatik tizim deb ataladi. Masalan, «odam—mashina», «odam—mashina — atrof-muhit». Tizimlash tamoyili hodisalarni o ‘zaro bog‘liq ravishda bir to‘plam tariqasida o‘rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi element deb aytiladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling