Siyosiy-ijtimoiy notiqlik
Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy-iqtisodiy mavzudagi nutq.
Sessiya, konferensiyadagi nutq.
Siyosiy nutq.
Diplomatik nutq.
Siyosiy sharh.
Harbiy vatanparvarlik nutqi.
Miting nutqi.
Ilmiy-ommabop nutq.
Akademik notiqlik
O’quv yurtlari ma’ruzalari.
Ilmiy nutq (ma’ruzalar).
Ilmiy sharh.
Ilmiy axborot.
Sud notiqligi
Qoralovchi (prokuror) nutqi
Jamoatchi-qoralovchi nutqi
Oqlovchi (advokat) nutqi
Jamoatchi-oqlovchi nutqi
O’z-o’zini himoya qilish nutqi
Ijtimoiy-maishiy notiqlik
Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi)
Ta’ziya (motam) nutqi
Tabrik nutqi (tost)
Diniy notiqlik
Xutba
Va’z
Notiqlik san’ati tur va ko’rinishlari jihatidan ana shunday shakllarda namoyon bo’ladi. Biroq bu tasnif notiqlik san’atining butun borlig’ini har tomonlama aks ettiradi, degan gap emas. Chunki notiqlik san’ati ham borliq bilan hamnafas yashaydi, zamon talabiga moslashadi, ne-ne yangi ko’rinishlarni vujudga keltiradi.
O`rta Оsiyo madaniyati tariхida ham nutq madaniyati bilan shug`ullanish o`ziga хоs mavqеga egadir.Sharqda nоtiqlik san’ati vоizlik dеb yuritilgan. Shunga ko`ra nutq-va’z, nоtiq-vоiz dеb yuritilgan. Va’z dеgani “Kishilarning qalbini yumshatadigan pand-nasihat”dir. Sharqda notiqlik turlari quyidagichadir:
“Askiyachi” - arabcha “zakiy” so`zidan olingan bo`lib ,”hozirjavob ,o`tkir zehnli”degan ma`nolarni anglatadi.Askiyada ikki va undan ortiq kishi yoki ma`lum guruhlar o`zaro musobaqalashadi.Askiyachi hozirjavob bo`lishi ,ko`p ma`noli kulgili, ta`sirchan va qochirimli so`zlashi lozim. U ona nilining boyliklarini yaxshi bilishi ,kinoya,qochirim,hazil,masxara,kesatik,o`xshatish,kabi san`atlardan unumli foydalanishi lozim.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |