1-Modul: O’zbek adabiy tili va o‘zbekcha kasbiy nutq. 1-mavzu: Kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida. Reja


Download 63.53 Kb.
bet6/6
Sana06.02.2023
Hajmi63.53 Kb.
#1171554
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy o\'zbek rus tili Davlat tilida ish yuritish Kunduzgi

Badihago`y” (baxshilik) – arabcha badiha-go`y – so`zlovchi, so`zlaridan olingan bo`lib, hozirjavob va chechan kishilarning she`riy yo`sinda birdaniga so`z, she`r yoki qo`shiq aytishidir. Badihago`y asarni ijod etadi yoki unga ma`lum bir o`zgarishlar kiritadi.
Voizlik” – arabcha “va`z” so`zidan (“da`vat”, “xitob” ma`nosida) olingan bo`lib, islomda odamlarni ezgulikka va yaxshilikka chaqiruvchi, jamoat oldida nutq so`zlovchi shaxsni ahglatadi.
Maddoh” – arabcha “madh” (maqtov, ta`rif) so`zidan olingan bo`lib, biror shaxs yoki narsa, voqeani madh etuvchidir. U asosan diniy mavzularda, xususan, Muhammad payg`ambarni xislatlari haqidagi ma`lumotlardan badiha tarzida aytuvchi hisoblanadi.
Suxandon” – forscha “suxan” (so`z) so`zidan olingan bo`lib, so`zga chechan, so`z ustasini anglatadi. Suxandon turli mavzularda nutq so`zlaydigan madaniyatli va ma`rifatli shaxs hisoblanadi. Ular turli bayramlarda keng xalq ommasi oldida, marosim va tadbirlarda, anjuman va kechalarda qatnashadilar.
Diktor” – lotincha “diktor” (so`zlovchi) so`zidan olingan bo`lib, radio va televideniyeda nutq so`zlovchi shaxsdir. Diktor so`zi 2 ma`noda ishlatiladi;
1. Telekamera va mikrofonda tayyor matnni xush ovozda ifodali va to`g`ri o`qib beruvchi shaxs,
2. Matnga qaramasdan uni ravon va gapiruvchi shaxs.
Qissaxon” – (qissago`y) afsona, ertak, dostonlarni ravon va ifodali o`qiydigan kishi bo`lib, turli tadbirlarda, to`y va bayramlarda o`z mahoratini namoyish qiladi.
Qiroatxon”—ta`sirchan, ifodali o`qiydigan shaxs bo`lib qissaxon uning bir ko`rinishidir. Qiroat musiqiylikka moyilligi, bilan ajralib turadi.
Nutq so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko’rinishi bo’lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda, aytilmoqchi bo’lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to’liq yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir o’tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko’ra nutq oldiga ma’lum talablar qoo’yiladi. Bu talablar nutqning kommunikativ sifatlari bo’lib, unda nutqning mantiqan to’g’ri, aniq, chiroyli va maqsadga muvofiq bo’lishi nazarda tutiladi.

  1. Nutqning to’g’riligi – nutqning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Chhunki nutq to’g’ri bo’lmasa, uning boshqa kommunikativ sifatlari, ya’ni mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi.

Нутқ тўгри бўлипш учун, асосан, икки меъёрга - ypry ва грамматик нормага қаттиқ амал қилишни талаб қилади. Сўзлардаги ургунинг кўчиши билан маънонинг ҳам ўзгариб кетиши мумкинлигини эсдан чиқармаслик лозим. Масалан: олма сўзи. Бу сўзни алоҳида ургусиз олиб қараганда, унинг
қандай маънода қўлланилаётганини аниқлаш қийин. Фақат ypry ундаги маънонинг аниқланишига кўмаклашади. Яъни олма тарзида урғу биринчи бўтинга тушганда, ҳаракат, олма каби охирги бўгинга тушганда эса меванинг* бир тури маъноси англашилади.

1 «Xalq ta’limi» jurnali, 2003-yil, 3 - son, 48 - bet

Download 63.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling