1-Modul. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari
Falsafa Ma’naviyat asoslari
Download 43.58 Kb.
|
1-ma\'ruza
Falsafa
Ma’naviyat asoslari Madaniyatshunoslik Sotsiologiya Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday usuldan foydalanishiga bog'liq. Usul- yunoncha atama bo'lib- aynan nimagadir yo'l, usul orqali maqsadga erishish yo'lini bildiradi. Usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab: so'z orqali ifodalash usuli ko'rgazmalilik usuli amaliy namuna usuli rag'batlantirish va jazo usuli Agar bola siz ogohlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o'z xatosini tushungan bo'lsayu, sizga qilgan xatosini aytolmay izza chekib turgan bo'lsa, uni jazolashga zarurat yo'q. Endi bu xatoni qaytarmayman, degan ma'noda sizga qarayapti. Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyinga gall ham xato qilsa va uni tan olmasa, unday hollarda quyidagi jazo turlari qo'llaniladi: tushuntirish, tanbeh berish, ogohlantirish, qattiq ogohlantirish, uyaltirish. Yuqoridagi jazo turlarini o'qituvchi o'quvchiga yuzma-yuz hech kimning g'uvohisiz qo'llaydi. Ammo gruppadosh o'rtoqlari yoki sinfdoshlari oldida izza qilay deb bolani uyaltirsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Uyat - bu insonning eng nozik sezgisi bo'lib, o'quvchining o'rtoqlari yoki jamoa orasida izza qilishi eng yuqori jazo hisoblanadi.O'quvchining jamoa orasida izza qilishni eng oxirgi chorasiz qolganda qo'llash mumkin. Eng ma'quli o'quvchi bilan yuzma-yuz mehrli ohangda unga ishonch bildirib, qaltis yo'ldan qaytarish mumkin. Tarbiya har bir insonning xayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarini ijobiy ko'nikmasini o'zgalarga berish jarayoni. Bolaning xarakterini, oiladagni tarbiyasini, uning or-nomusini, sharm-hayosi kabi nozik tuyg'ularining tarbiyalanganlik darajasini bilmay turib, birdaniga jamoa orasida uyaltirish, yaxshi o'ylab ko'rmaslik, yoki jaxl ustida tinimsiz kaltaklash mumkin emas. Sizning tanlagan jazo usulingiz o'quvchini yoki farzandingizni qilgan xatosini tushunishga, boshqa qilmasligiga tarbiyaviy saboq bo'lish kerak. Agar bu jazo usullari o'zining samarasini bermasa, u holatda ehtiyotkorlik bilan maktab ma'muriyati va jamoa hamkorligida boshqa choralarni ishlab chiqishi kerak. Download 43.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling