1-Modul. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


Download 43.58 Kb.
bet1/8
Sana29.03.2023
Hajmi43.58 Kb.
#1308136
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-Modul. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

1-Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari
Reja


  1. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani haqida tushuncha

  2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari

  3. Tarbiyaviy ishlarning metodologik asoslari

  4. Xorijiy mamlakatlarda boshlang`ich ta’lim-tarbiya tizimi yuzasidan qisqacha izoh.


A s o s i y t u sh u n ch a l a r: tarbiya, usul, shaxs, tizim, munosabat

Tarbiya - bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi. Mana shu tarbiyaning asosiy manbai - shaxslar bo'lib qoladi - bu jamiyat va individning o'zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi. Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo'ladi? Shaxs jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o'z navbatida shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o'zaro munosabatlari jarayoni natijasi va jarayonining o'zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo'q va demak, jamiyat ularga bog'liq bo'ladi. Ba’zida, shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi, deb ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy qismi to'g'risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar.


Shaxs va jamiyatning yaqin bir-biriga bog'liqligi turli tomonlardan qaralishi mumkin. Biroq, shaxs va jamiyat bir narsa va bir xilda o'xshash bo'lishi nimasi bilan farq qiladi? Uning farqi hajmiga aloqador boladimi (kichik shaxs-katta jamiyat qabilida) yoki yana boshqa muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o'zaro bog'liqlik mana shu doiradan chiqishi muhim. Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o'ziga xosligi nimalardan iborat?Shaxs jam iyat emas. U jamiyatda paydo bo’liib , o'zini amalga oshirish jarayonida madaniyatini o'zgartiradi, ba’zan madaniyati rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki o 'n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida jamiyat xotirasida qoladi.
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o'sib kelayotgan avlodning jam iyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va m a’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jam iyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo'lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi. Tarbiya, ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda etuvchi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanadi:
1. Tarbiya o'sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish sharoitlariga jalb etish, ular bilan eskirayotgan va hayotdan chiqayotganlarini almashtirishning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan. Natijada, bolalar katta bo'ladilar, o 'z hayotlari va mehnat qobiliyatini y o ‘qotayotgan katta avlod hayotini ta’minlaydilar.
2. Tarbiya - doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U insoniyat jamiyati yuzaga kelishi bilan birga paydo bo'ladi va jamiyatning o ‘zi yashar ekan, u ham mavjud b o ‘ladi. U jamiyatning mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini tayyorlash va insonni rivojlantirishni ta ’minlashning muhim vositasi hisob langanligi uchun ham zarurdir. Unda qonuniy o'zaro bog’iiqliklar va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o'zaro bog‘liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o'qitishning bir qismi sifatida, ta ’limni ham o ‘z ichiga oladi.
3. Tarbiya - ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqichida o ‘zining vazifasi, mazmuni va shakllari bo'yicha aniq tarixiy xususiyatga ega bo'ladi. U jam iyat hayoti xususiyati va tashkil etilishi bilan bog’liiq bog’langanligi uchun o‘z davrining ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jamiyatda turli sinflar, qatlamlar va guruhlarda bolalarni tarbiyalashning asosiy tendensiyalari ba’zan qarama-qarshi bo ladi.
4. O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash - ulaming ijtimoiy tajriba asosiy elementlarini o‘zlashtirishlari hisobiga, ularni katta avlod ijtimoiy munosabatlariga, munosabatlar tizimiga va ijtimoiy faoliyatga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o ‘zaro ijtimoiy munosabatlari va o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ularni bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan q at’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o ‘zaro munosabatlar, bolalar hayoti, so g iig i va ozuqalanishlarini ta ’minlashga, jamiyatda ularning o ‘rnini va ularning ruhiy holatini aniqlashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosabatlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga yo’naltirilgan tus oladi.
Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog‘liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o‘zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o‘simliklarning ildizi kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o‘rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug‘)ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo‘lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma’lumotlarni berib, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o‘zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo‘lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo‘lishi, shuningdek, urug‘ jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg‘or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
Turli tabiiy ofatlar ta’siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo‘lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma’lum mehnat faoliyati yo‘nalishida yetarlicha bilimga ega bo‘lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o‘rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi. Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda paydo bo‘lib, ularda bolalarga ma’muriy-xo‘jalik boshqaruvi asoslari o‘rgatilgan. Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so‘zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o‘z shogirdlariga ma’ruzalar o‘qigan bo‘lib, keyinchalik ta’lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. +adimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan. Jamiyatning tabaqalanishi natijasida quldorlik tuzumida bolalarni ta’lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma’nosi «bola yetaklovchi» demakdir. Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.

Download 43.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling