1-Modul. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari
"Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi
Download 43.58 Kb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasining zaruriyati.
- Sinf rahbari deganda
"Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi” Xalq ta ’limi vazirligi tomonidan 1993-yili tasdiqlangan edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “T a’lim to ‘g ‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, ular asosida ishlab chiqilgan hukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta ’lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga to‘g‘ri keldi. Yangi tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi 0 ‘zPFITl olimlari guruhi, Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va Xalq ta ’limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab chiqildi.Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta’limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari inobatga olindi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasining zaruriyati. O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o ‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta ’lim-tarbiyasi bilan bog’liq jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o ‘smirlar orasida axloqiy va m a’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlami kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo’la olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o ‘rinni egallaydi. Maktab va maktabdan tashqari ta ’lim muassasalari tarbiyachilari (o ‘qituvchilar, sinf rahbarlari, m a’naviy-m a’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jam oasi oldida o ‘quvchilarga umum insoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o ‘rgatishdek muhim vazifa turadi.Fanni o ‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning gurudagi o‘rni aniqlanadi, atrofdagilaming u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi. O’quvchilar qalbida yuksak m a’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo’lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko’z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim. Bunday ulkan vazifani amalga oshirishda sinf rahbari ham o’zining beqiyos hissasini qo’shadi. Sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biri bizning kelajagimiz bo’lmish yosh avlodni to’g’ri, insonparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat. Sinf rahbari deganda o’quvchilarni bir hil saviyada, bir hil yoshda, bilimi jihatidan ham teng bo’lgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog sinf rahbari deb ataladi. Jamiyat tarbiya oldiga qo‘yayotgan hozirgi davr talablari, tarbiya jarayoniga tarbiyalanuvchilarnig ham faol ishtirokida amalga oshirish mumkin. Tarbiyachilar tarbiya jarayonini tashkil etar ekanlar tarbiyalanuvchilarning imon, e‘tiqodi vijdoniga ta‘sir eta olishlari va ularni tarbiya jarayoniga qatnashtirishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat tarbiya oldiga qo‘yayotgan talablarni amalga oshirish tarbiya jarayonining qay darajada tashkil etishiga bog‘liq. Tarbiya jarayonida quyidagilarni muximligiga e‘tibor qaratishimiz lozim. 1. O‘quvchilarnig turli – tuman faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil etish orqali ularning xar tomonlamaa rivojlanishlarini taminlash. 2. Shaxs axloqidagi ijobiy sifatlarni shakllantirishda ularning tengldoshlari va kattalar bilan munosabatlaridan foydalanish. 3. Shaxsni o‘rab turgan dunyo (tabiat, fan, san‘at) shuningdek insonlar bilan turli tomonlama va zarur munosabatlarni tashkil etish. 4. Jamiyat uchun zarur bo‘lgan axloqiy, huquqiy, estetik, ishbilarmonlik va jismoniy sifatlarni shakllantirish. Tarbiya jarayonining ijtimoiy ahamiyati shundaki, bu jarayonda jamiyat uchun, uning kelajagi uchun zarur bo‘lgan inson shakllanadi. Insonnnig shakllanishida faoliyatnig roli katta. Shuning uchun ham xalq pedagog nodir pedagogik asarlaridan biri bo‘lgan Qobusnoma, Yusuf Hos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Axmad Yugnakiyning “Hibotul haqoyiq” kabi bir qancha pedagogik asarlarda tarbiyada faoliyatnigg o‘rniga aloxida e‘tibor qaratiladi. Har bir faoliyat to‘riniing o‘ziga hos qoidalari tushuntiriladi. Faoliyat asosida yosh avlodni jamiyatnig moddiy va ma‘naviy boyliklari bilan tanishtirish sohasidanigi tajribalar to‘planadi. Faoliyat jarayonida insonda turli odatlar, axloqiy sifatlar, muomalaga oid xususiyatlalar, shaxsni ijodiy qobiliyatlari shakllanadi va rivojlanadi. Shuning uchun ham tarbiyachi o‘quvchilarnig turli – tuman faoliyatlarini qiziqarli tashkil etishi lozim. Tarbiya qonuniyatlaridan biri ham tarbiyalanuvchilarning faoliyati qanchalik yaxshi tashkil etilgan bo‘lsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo‘ladi. Chunki, inson insoniyatga xos tajribalarni ana shu faoliyat jarayonida egallaydi. Masalan, o‘quvchilar bilim olish uchun ham turli-tuman faoliyat turlariga qatnashishlari zarur. A) o‘quv bilish va ijodiy faoliyat. Bu faoliyat to‘rida o‘quvchilar bilimlarni egallash uchun ta‘lim jarayoniga qatnashadilar, o‘qish faoliyati uningo‘ bilio‘mga qiziqishi, intilishiga imkon yaratadi. B) axloqiy – ma‘naviy va axloqiy-amaliy faoliyat o‘quvchilarni axloqiy manaviy sifatlarni egallashlariga odob axloq, imon e‘tiqod shakllanishiga yordam beradi. Bu faoliyat jarayonida o‘quvchilarga kattalarga xurmat, kichiklarga shavqat, vatanparvarlik, muomala odobi kabilar shakllanadi; V) jismoniy sog‘lomlashtirish, gimnastika va sport faoliyatidagi ziddiyatlar (qattiqqo‘llik, va yumshoqlik, talabchanlik va shavqatlik, mustaqillikni chegaralash va o‘ziga qo‘yib berish va xokazo.) Qarama-qarshilikni kuchaytirish natijasida tarbiya jarayonida konfliktlar vujudga keladi, natijada shaxsnig ma‘lum bir masalaga munosabati, motivlari, kechinmalari vujudga keladi. Tarbiya jarayoni dialektikasida uning mohiyatini tashkil qiladigan, shaxsning shakllanishida harakatlantiruvchi kuch bo‘lgan ichki ziddiyatlar ham mavjud. Tarbiya jarayonidagi ziddiyatlardan biri yangi murakkab va sotsial ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni bola oldingi xulqida bor bo‘lggan sifatlar va motivlar asosida bajarishi lozim. Bu ziddiyat shaxs shakllanishi davomida tugab qolmaydi. Agar shaxsnig oldingi yanada murakab vazifalar turmasa uning harakati to‘g‘taydi. Yangi-yangi vazifalarni shaxs to‘xtovsiz bajarib borishi kerak. Shundagina u faoliyat va xulqnig yanada yaxshiroq vositalarini ko‘radi. Tarbiya jarayonining boshqa harakatlantiruvchi ziddiyatli tashqi talablar bilan Bolaning o‘z ichki kechinmalari o‘rtasidagi ziddiyatdir. Har bir tarbiyachinig ideali Bolaning kechinmalarini tarbiya jarayoni talablariga mos keltirishdir. Lekin bu ziddiyat yo‘qolishi bilan yangisi paydo bo‘ladi. Chunki, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talablar doimiy murakkablashadi, buni bajarish uchun esa shaxsdan yangi kuch va g‘ayrat talab etiladi. Tarbiya jarayonining yana bir harakatlantiruvchi ziddiyatli ma‘lum maqsadda qaratilgan ta‘sir bilan, muhitnig stixiyali ta‘siri o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir. Muhitnig stixiyali ta‘sirini yengish uchun tarbiyaviy jarayon kuchli, Bola uchun ahamiyatli va boshqa tashqi ta‘sirga yo‘l qo‘ymaydigan darajada bo‘lishi lozim. Tarbiya jarayonida har qanday ziddiyat biror-bir tarzda bartaraf etilmog‘i kerak, aks holda u bartaraf etilguncha saqlanib qolaveradi. Ziddiyatni bartaraf etar ekan, shaxs yanada kamol topadi, yangi sifatga bir – qadar murakab masalalarni hal etishga, faoliyat va xulq-atvorning bir qancha takomillashgan usularini egallab olish tayyorgarligiga ega bo‘ladi. Va aksincha, ziddiyat gox so‘nib, gox keskinlashib saqlanib qolaversa, uni keltirib chiqaradigan sabablar yo‘q bo‘lgunga qadar shaxsning harakati to‘xtab qoladi. Download 43.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling