1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


Download 357.93 Kb.
bet37/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

-kan, -ken, - an, -gen ko`rsatkichli fe'llashgan sifatlar: chalishkan-ishlayotgan, ko`ran (turk tili), gudurgan-kuturgan, yargan-jarlik (ozarbayjon til kabi.
-ksh, -kii -gin, -gin ko`rsatkichli fe'llashgan sifatlar: kachksh-qochqin (turk ) , cho`pkin-chopqir (chuvash tili), uchkun (turkman tili), durgun (ozarbajon tili). Bundan tashari, qadimgi turkiy tillarda fe'llashgan gaplarning -l -al: kiral (tatar), gural (turk) -sh, -im: yarsh (ozaroayjon), yarsh (tatar), jarish (qozoq), -mish: o`tmish (o`zbek), -in: yulin, to’yin (o`zbek, ozarbayjon), -an, -en:ote ; kechen (ozarbayjon), -tg, -it, -gg, -tyarto` (tatar), -tik, -dik:bildiq gurk), kalik (tatar), -ish : bukush (ozarbayjon), batish (qirg`iz) ko`rsatchiklari ham mavjud. Ular yordamida yasalgan fe'llashgan sifatdoshlar hozirgi turkiy tillarda sanoqli darajadadir.
Turkiy xalqlarning taraqqiyoti natijasida qadimgi fe'llashgan sifatlar hozir sifatdoshlarga aylana bordi. Natijada turkiy tillarda uch zamonni ko`rsatadigan sifatdosh formalari shakllandi.
1. O`tgan zaon sifatdosh shakli : -gan, -gen, -kan, -ken, -mish, qo’shimchalari ishlatiladi. U o’tgan zamon sifatdoshi shaklini yasovchi -g`an aff- si har bir turkiy tilning o`z fonetik qonuniyatiga qarab har xil fonetik shakllarda ishlatiladi. Faqat o`g`uz guruh tillarida va chuvash tilida -an, -yan, -ap, -yep shaklida qo`llaniladi. Bundan tashqari o`g`uz guruh tillarida -mish shakli ham ishlatiladi.
Masalan, kelgan (o`zbek), kelgen (qozoq tuva), yazgan (tatar), algan (qo`miq), barg`an (ltoy), pargan (shor), chatxan - yotgan (xakas), yazmish (ozarbayjon) kabi.
2. Hozirgi zamon sifatdoshi - b,(ib) affikslari bilan yasalgan ravishdoshlarga yotgan, turgan ko`makchi fe'llarini qo`shish bilan yasaladi.
Masalan: taralayotgan, yelib kelayotgan (o`zbek), almayvatkan, kelmayvatkan (uyg`ur), baratirgan, qiyatirgan (qoraqalpoq), ala torgan, o`qiy torgan (boshqird), aga torgan, jiberele torgan (tatar) kabi.
Bu misollardan ko`rinadiki, mazkur o`rinlarda -yotgan, -vatkan, - turgan kabi shakllarda kelgan yotmoq ko’makchi fe'li o`zining mustaqil leksik ma'nosini hamda ko`makchi fe'llik xususiyatini butunlay yo`qotib, hozirgi zamon ma'nosini ifodalovchi affiksga aylangan.
Hozirgi turkiy tillarda sifatdoshning hozirgi-kelasi zamon shakli ham mavjud. Bu shakl fe'l o`zaklariga -adigan, -ydigan, -edigan, -et1n, -YT1N affikslarini ko`shish bilan yasaladi. Bu shakllar hozirgi ozarbayjon, gagauz, turk, turkman, tuvin, hakas, chuvash gillarida kam ishlatiladi, boshqalarida max,suldor. Masalan, keladigan, kelmaydigan (o`zbek), kelid1gan, kelzdigan (uyg`ur), keleT1N, kelmeyt1n (qozoq), keletugin, kelmeytug`sh (qoraqalpok) kabi.
3. Kelasi zamon sifatdoshi fe'l o`zaklariga -ar, -ajar, -yajak, -gur, -g`ur, -gusi, -g`usi, -asi, -moqchi shakllarini ko`shish bilan yasaladi.
Masalan: alar, kelar, ishlar, olmoqchi (o`zbek), oqar, ishler, alar ko`rgur (uyg`ur), alar, keler, almaqshi (qozoq, qoraqalpoq) kabi.
Kelasi zamon shakli sifatida -(a) r affiksi asosiy fe'l shakllaridan biri bo`lib hisoblanadi (-r, -ar, -er, -ur, -nr, -ir) kabi. Boshqa shakllar esa, hamma turkiy tillarda bir tekis ishlatilmaydi.
Turkiy tillarda ravishdosh. Hozirgi turkiy tillarda ravishdosh shakllarini yasash uchun -sh, -ip, -b, -ibon, -a, -y, -ganda, -anda, -gancha, -g`ancha, -gincha, -g`uncha, -alm, -kalm, -kali, -gali, -g`ani, -kanln, -dukcha, -dikcha, -gach, -g`ach, -araq, -an affikslari qo`llaniladi.
Ravishdoshning -sh, -ip shakli chuvash tilidan boshqa qadimgi va hozirg`i turkiy tillarning barchasida mavjud. Masalan, alp (tatar), alyu (ozarbayjon), alsh (qirg`iz), alsh (turk, turkman, qo`miq, gagauz, qaraim, qozoq, oltoy) kabi.
Ravishdosh shakli yasovchi -gani, -gali, -gancha, -kali, -kani shakllari mavjud bo`lib, tarixiy taraqqiyot jarayonida ularning shaklida ham, ma'nosida ham ma'lum o`zgarishlar sodir bo`lgan.
Ma'lumki, qadimgi turkiy tillarda fe'lga -ge affiksi qo`shilib yasaluvchi bilge tipidagi sifatdosh shakli mavjud bo`lgan. Bu shakl dastlabki davrlarda predikativ, atributiv funksiyalarda kelgan va ot o`rnida qo`llangan. Keyinchalik uning predikativ funksiyasi rivojlanib, ravishdosh yasovchi -gan qo`shilgan, unga nominativ shakli -li qo`shilgan va -ganli, -kanli (-gali, -kali) shakliga aylangan.
Turkologik adabiyotlarda ko`rsatilishicha, ravishdosh yasovchi -gali, -g`ali affiksi tarixan fe'lning funksional-grammatik shaklini yasovchi -ganli, -genli qo`shma affiksdan kelib chiqqan, ya'ni u tarixan -ganli, -galli, -gali, -geli va -ganli, -ganni, -gani, -gini tarzida shakllangan47.
Hozirgi turkiy tillarda -gani, - -gali shakllarining parallel ravishda bir xil ma'noda ishlatilishi va ularning o`z grammatik xususiyatlariga ko`ra o`zaro o`xshashligi -gali va -g`ani affiksli ravishdoshlarning bir manbadan, ya'ni -ganli shaklidan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezaning haqiqatga yaqinligini ko`rsatadi.48
Hozirgi qo`miq, no`g`oy va qorachoy-bolqar tillarida -gali, -gani shakllari bilan bir qatorda ravishdoshning -ganli, -genli shakllari ham ishlatiladi49. Mazkur turkiy tillarda bu shakllar hozirgi qoraqalpoq, xakas, oltoy, turk va boshqa turkiy tillarda -gali, -gani ravishdosh shakllariga o`xshab payt ma'nosini anglatib keladi50. Masalan: ayshga kelgesi (oltoy), uborka boshlangash, sen gelgenli (qo’miq), shiqkali (qoraqalpoq), toybozar bolg`ali (qozoq).
Ravishdoshning -gancha shakli hozirgi yoqut, chuvash tillaridan boshqa barcha turkiy tillarda turli fonetik variantlarda qo`llaniladi.
Hozirgi turkiy tillarda -gancha affiksi evolyutsion rivojlanish davrini o`tayotganligidan har xil fonetik ko`rinishlarda uchraydi. Masalan, o`zbek tilida -gancha, -guncha, -gicha; uyg`ur tilida -gencha, -gunche, -g`iche; qozoq tilida va qoraqalpoq tilida -gansha, -genshe; ozarbayjon tilida -yshcha, -shcha kabi shakllarda ishlatiladi.
Hozirgi turkiy tillarda ko`p uchraydigan ravishdosh shakllaridan biri -gancha shakli bo`lib, u egalik qo`shimchalari bilan birga ishlatilishiga ko`ra boshqa ravishdosh shakllaridan farqlanib turadi.
Xullas, turkiy tillardagi -mp, -ip, -a, -e ravishdosh shakllari qadimgi turkiy bobotil bilan bog`liq bo`lib, qolganlari fe'llashgan otlarning kelishik shakllari bilan aloqador va tillar taraqqiyotining keyingi davriga tegishlidir.

Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling