1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


Download 357.93 Kb.
bet39/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

Savol va topshiriqlar:
1. Fe’lga xos grammatik kategoriyalarni sanang.
2. Turkiy tillarda harakat nomi qanday shakllar bilan ifodalangan?
3. Sifatdosh ifodalovchi shakllarni ayting.
4.Turkiy tillarda ravishdoshlar qay holda shakllangan?


16 - modul:Turkiy tillarda yordamchi so’zlar. Ko’makchilar.
Reja :
1. Turkiy tillarda yordamchi so’zlarning ifodalanishi
2.Turkiy tillarda ko`makchilar.
3. Turkiy tillarda ko’makchilaning turlari
Tayanch so’zlar: leksik ma’no, grammatik munosabat, yordamchi so’zlar, bog’lovchi, ko’makchi, yuklama, turkiy tillar,qadimgi turkiy til, ot ko’makchi, kuchaytiruvchi ko’makchi, turkiy tillar.
Leksik ma'no ifodalamay, mustaqil so`zlar orasidagi grammatik munosabatni ifodalaydigan, ba'zan so`zga qo`shimcha ma'no qo`shadigan so`zlar yordamchi so`zlar sanaladi.

Turkiy tillarda o`rin kelishigi ma'nosini ifodalovchi qo`shimchalar yetarli emas. Shuning uchun yordamchi so`zlardan ham foydalaniladi. Yordamchi so`zlar vositasida turli xil makon, zamon, maydon munosabatlari ifodalaganadi.


Barcha turkiy tillarda yordamchi so`zlar gapda, odatda, gap bo`lagi vazifasini byajarmaydi.
Turkiy tillarda yordamchi so`zlar quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Ko`makchilar
2. Bog`lovchilar
3. Yuklamalar
Gapda vosita, sabab, maqsad,vaqt, makon kabi sintaktik munosabatlarni ifodalash uchun qo’llanadigan so’zlar ko’makchi deb ataladi. Ko’makchi o’zi bog’lanib kelgan so’zdan keyin kelib, so’zlar orasidagi birgalik, payt, sabab, maqsad kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi.52
Ba'zi ishlarda yordamchi so`zlar qatoriga modal so`zlar, undov na taqlidlar, boshqasida ravishlar ham kiritiladi.
Ot yoki otlashgan so`zning boshqa bir so`zga (ko`proq fe'lga) tobelanishini ko`rsatuvchi yordamchi so`z ko`makchi hisoblanadi. Ko`makchilar qaysi mustaqil so`zdan o`sib chiqganligiga qarab, sof ko`makchilar va ko`makchi vazifasida qo`llanuvchi so`zlarga bo`linadi.
Turkiy tillarda qadimgi ko`makchilar ham mavjud. Ular eng qadimgi turkiy til davrida ham mavjud bo’lgani:
Arkilig` sifati asosida ko`pchilik turkiy tillarda ko`makchi shakllangan: arqli (tatar), arql (qozoq). arqilu (qirgiz), arqal (qoraqalpoq), arqali (turkman), orqali (o`zbek), ural < arli (chuvash).
Bashqa ko`makchisi bash va jo`nalish kelishigi qo`shimchasini qo`shish orqali shakllangan bo`lib, ko`pchilik turkiy tillarda qo`llaniladi: boshqa (o`zbek), bashqa (tatar, boshqird), basqa (qozoq), bashga (ozarbayjon), bashxa (qorachoy-bolqor).

Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling