1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja
Download 357.93 Kb.
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- модул: Turkiy manbalar Reja
- Tayanch so’z va iboralar
Savol va topshiriqlar:
1.Россияда туркий филология масалаларига қизиқиш қачон бошланди? 2.Россияда туркий филологиянинг қандай мактаблари яратилди? 3.Туркий филологияда мактаб яратган қайси рус олимларини биласиз? 4.Қозон мактаби вакиллари туркий филологиянинг қайси масалалари билан шуғулланган? 5. Илк туркий луғатчили ҳақида нималарни биласиз? 6. Туркология фанининг юзага келишида қандай омиллар асосий рольўйнаган? 3- модул: Turkiy manbalar Reja: 1.Turkiy xalqlar tili va adabiyotining o’rganilishi 2. Qadimgi yozuvlar 3. O’rxun-enasoy yozuvi manbalari 4.Uyg’ur yozuvi manbalari 5. Qoraxoniylar davri (XI-XII) va undan keyin yozilgan yodgorliklar Tayanch so’z va iboralar: yozma manbalar, yozma yodgorliklar, qadimgi yozuvlar, turkiy xalqlar, turkiy tillar, o’rxun-enasoq yoz, uyg’ur yozuvi, sug’d yozuvi. Turkiy xalqlar tili va adabiyoti o‘zining uzoq o‘tmishi va tarixiga ega. Bu tarixni yorutuvchi juda ko‘p noyob obidalar mavjud bo‘lib, ularning ko‘plari bizgacha yetib kelgan. Ular turli yozuvlarda bitilgan bo‘lib, turlicha nomlar bilan yuritilgan. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi xalqlarning yozuvlari qachon va qaysi davrda yaratilganligi ma’lum emas. Lekin ayrim topilmalar bu jarayonni millodan oldin shakllanganligidan xabar beradi. Jumladan, “Avesto” tili va yozuvi (II-I ming yillik), qadimgi Xorazm tili va yozuvi (IV-III asr), Baqtriya tili va yozuvi (milodning I asri) so‘g‘d tili va yozuvi )(milodiy I-IV asrlar), sak tili va yozuvi (m.a IV- Va) kabilar mavjud edi. 3 Hozirgi ilmiy adabiyotlarda o‘rxun-enasay yozuvi yodgorliklari ko‘proq o‘rganilganligi tufayli ilk manba sifatida ushbu yozuv namunalari e’tirof etiladi. O‘rxun-enasay yozuvi yodgorliklarini turkiy tillarning birontasiga tegishli deb bo‘lmaydi, сhunki ularda O`rta Osiyo va Qozog`istonda yashovchi turkiy xalqlarga tеgishli fonеtik, grammatik va lеksik xususiyatlarni uchratish mumkin. Qadimgi turkiy yozuv yodnomalari umumturkiy tillar uchun asosiy manba bo`lib xizmat qiladi, barcha turkiy tillarning mushtarak yodgorligi hisoblanadi. Bu yodgorliklar katta xududda tarqalgan bo‘lib, qabrtoshlarga tayoqlarga va qoyalarga yozib qoldirilgan. Bu manbalar o‘qilishi qiyin “jumboq”, “runa”, “runiy”(sirli-yashirin demakdir) yozuvini dastlab daniyalik olim V.Tomsen va rus turkologi V.V.Radlov o‘qigan. Ular bu yodgorliklarning til xususiyatlari turkiy xalqlarga tegishliy ekanligini aniqlaganlar.4 O‘rxun-enasoy yozuvida bitilgan eng yirik obidalarga: O‘ngin (angin) bitiktoshi, to‘nyuquq, Kul tigin, Bilga hoqon, Quli chur, Moyun chur, Irq bitig kiritiladi. 5 Keyingi manba sug‘d yozuvi asosida shakllangan uyg‘ur yozuvida yozilgan matnlardir. Bu yozuv yodgorliklari to‘rt guruhga bo‘linadi: a) xuastuanift (monaviylarning tavbanomasi); 2) Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa; 3) oltin yoruq; 4) sekiz yukmak.6 Keyingi manbalarga Qoraxoniylar davri (XI-XII) asr va undan keyin yozilgan yodgorliklar kiradi. Bu yodgorliklar qarluq dialektiga asoslanadi. Ularga “ Devonu lug’otit turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Hibatul haqayiq”, “O‘g‘uznoma”, “Devoni hikmat”, “Qisasul Anbiyo” (Qissasi Rabg‘o‘ziy) kabi asarlar kiritiladi.7 Ma’lumki, Qoraxoniylar davrida fan, madaniyat, adabiyot rivojlanadi. Badiiy va ilmiy asarlar yaratiladi. XI-XII asrda turkiy qabilalarning tabaqalanishi tezlashadi. Bu jarayon XIII-XIV asrlarga borib tugallanadi. Shuning uchun bu davrda yaratilgan yozma manbalar O‘rta Osiyoda yashovchi barcha turkiy xalqlarning madaniy yodgorligi hisoblanadi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida aytib o‘tilgan manbalar A.Navoiygacha bo‘lgan davrdagi turkiy tillar fonetikasi, leksikasi, grammatikasini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Download 357.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling