45100 Foizli daromadlar — lizing (moliyaviy ijara)
45101 Boshqa banklarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45105 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45107 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45109 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45111 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45113 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45115 Bank bo‘lmagan moliyaviy institutlarga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45117 Muddati o‘tgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45119 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45121 Sud jarayonidagi lizing bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga va boshqa banklarga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan hamda sud jarayonidagi lizinglar bo‘yicha bankning ishlab topilgan foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45200 Foizsiz daromadlar
45201 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — O‘zRMB
Hisobvaraqnnng ta’rifi: O‘zRMBning hisobvaraqlarini yuritish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat uchun bankning ishlab topilgan daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBga ko‘rsatilgan xizmat uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqiing debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |