45233 Kreditlar bo‘yicha vositachilik daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiyalar)ni rasmiylashtirganligi, ularni taqdim etganligi va u bo‘yicha xizmat ko‘rsatganligi uchun vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida kreditlarni berganligi, rasmiylashtirganligi va xizmat ko‘rsatganligi uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45237 Kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: potensial qarzdorlarga zaxiralangan kredit liniyasi uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida amalda berilmaslik ehtimoli mumkin bo‘lgan kreditlarga doir kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarda ishlab topilgan daromad summasi hamda kredit berilmagan bo‘lsa ham muddati o‘tgan kredit majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45241 Menejment xizmati bo‘yicha daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlarga bergan ma’lumotlar va maslahatlar xizmatidan olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida menejment bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |