1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Boshqa banklar


Download 1.01 Mb.
bet236/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

45205 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Boshqa banklar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatgani uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyavvy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45209 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlar
Hisobvaraqning tarifi: bankning qimmatli qog‘ozlar bilan inveyetitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatli qog‘ozlar bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
45213 Bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari bo‘yicha daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda ko‘rsatgan vositachilik (vositachilik haqi, brokerlik mukofotlash va boshqalar) xizmatlaridan olingan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan bo‘ladigan operatsiyalari bo‘yicha ishlab topilgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling