1. Moliyaviy tahlilning vujudga kelishi, zamonaviy boshqaruvdagi roli va ahamiyati


Download 1.63 Mb.
bet8/12
Sana06.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1750984
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1. Moliyaviy tahlil fanining nazariy asoslari

4.1. Oddiy-an’anaviy usullar
  • 4.2.1. Taqqoslash usuli va uni qo‘llashda amal qiladigan shartlar
  • Umuman tahlilda qo‘llaniladigan oddiy-an’anaviy usullaridan eng ko‘p va avvaldan qo‘llanilib kelinayotgani bu taqqoslash usulidir. Bu usulni qo‘llash bilan tahlil boshlanadi va o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning farqi aniqlanadi. Qolgan barcha usullar taqqoslash natijasida aniqlangan ko‘rsatkichlar farqini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi.
  • Taqqoslash usulida xo‘jalik faoliyati bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro taqqoslanadi.
  • Jumladan, haqiqatdagi ko‘rsatkichlarni biznes-reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash natijasida biznes-rejaning bajarilish darajasi va sifati aniqlanadi, joriy yildagi amaldagi ko‘rsatkichlarni o‘tgan davr ko‘rsatkichi bilan taqqoslash natijasida ishlab chiqarishning o‘sish (pasayish) sur’atlari aniqlanadi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan korxona bilan o‘rganilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ko‘rsatkichlarini taqqoslash orqali ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari o‘rganiladi, shuningdek, korxona ishining yakuni, o‘tgan davr hisoboti, ayrim davrlarda qilingan ishlarning eng yaxshi natijalari taqqoslanadi.
    • 4. MOLIYAVIY TAHLILDA QOʻLLANILADIGAN USULLAR
    • Moliyaviy tahlilda ko‘rsatkichlarni taqqoslab o‘rganishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
    • taqqoslab o‘rganilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlarning aniqlanish usuli aynan bir xil bo‘lishi kerak;
    • bir xil bahoda hisoblangan ko‘rsatkichlargina taqqoslanishi lozim;
    • taqqoslab o‘rganiladigan davrlar bir xil bo‘lishi lozim;
    • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning joylanishi va iqlim sharoiti teng darajada hisobga olinishi lozim;
    • ko‘rsatkichlari taqqoslanuvchi korxonalarning ixtisoslashuvi, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va xo‘jalik yo‘nalishlari bir-biriga o‘xshash bo‘lishi kerak;
    • o‘rganiladigan obyektlar soni ham mos bo‘lishi zarur va boshqa shartlar ham taqqoslash usulini qo‘llaganda nazarda tutilishi lozim.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling