1. Moliyaviy tahlilning vujudga kelishi, zamonaviy boshqaruvdagi roli va ahamiyati


Download 1.63 Mb.
bet6/12
Sana06.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1750984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1. Moliyaviy tahlil fanining nazariy asoslari

Moliyaviy
  • tahlil
  • fanining
  • prinsiplari
  • Har bir fanning predmetini o‘rganish usullari, vositalari uning metodini tavsiflaydi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida metod atamasiga: “Metod [yun. methodos – tadqiqot usuli, yo‘li] 1. Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. 2. Usul, uslub”, deb izoh berilgan. Demak, metod tabiat va jamiyatda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni bilish va tadqiq qilib o‘rganish usulidir.
  • Moliyaviy tahlil fanining metodi – bu uning predmetini makon va zamonda, axborot manbalarida ifodalangan ko‘rsatkichlar asosida tizimli, kompleks tarzda o‘rganish, obyektning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlash va ularni xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish maqsadida qo‘llaniladigan usullar majmuidir.
  • Bugungi kunda iqtisodchi olimlar o‘z asarlarida tahlilning usullarini shartli ravishda ikki guruhga ajratib ko‘rsatishmoqda:
  • - oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar;
  • – iqtisodiy-matematik usullar.
  • Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhiga iqtisodiy tahlil paydo bo‘lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo‘llanilib kelayotgan usullar kiritiladi. Ularning tarkibiga mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash, taqqoslash, guruhlashtirish, balansli bog‘lanish, zanjirli bog‘lanish, ko‘rsatkichlar farqi, qayta hisoblash, indeks va boshqa usullarni keltirish mumkin.
  • Tahlilda qo‘llaniladigan usullar tasnifi
  • Oddiy – an’anaviy usullar Iqtisodiy matematik usullar
  • mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash, integral
  • taqqoslash, korrelyatsion va regratsion tahlil
  • guruhlashtirish, logorifmlar
  • balansli bog‘lanish, determinantlar
  • zanjirli bog‘lanish, matrisalar
  • ko‘rsatkichlar farqi, chiziqli programmalashtirish
  • qayta hisoblash, nazariy o‘yin
  • indeks va boshqa usullar. funksional qiymatli tahlil va h.k.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling