4.2.2. Balansli bog‘lanish usuli va uning tahlilda qo‘llanilishi Balansli bog‘lanish usuli xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanish funksional bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Ya’ni, o‘rganilayotgan natija ko‘rsatkichining o‘zgarishi bevosita unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lganda qo‘llaniladi. Tahlilda bu usul yordamida moddiy va mehnat resurslari, korxona pul mablag‘lari kirimi va chiqimi, daromad va xarajatlarini tahlil qilib o‘rganish mumkin. - 4.2.2. Balansli bog‘lanish usuli va uning tahlilda qo‘llanilishi
- Balansli bog‘lanish usuli xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanish funksional bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Ya’ni, o‘rganilayotgan natija ko‘rsatkichining o‘zgarishi bevosita unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lganda qo‘llaniladi.
- Tahlilda bu usul yordamida moddiy va mehnat resurslari, korxona pul mablag‘lari kirimi va chiqimi, daromad va xarajatlarini tahlil qilib o‘rganish mumkin.
- Masalan, sotilgan tovarlar hajmini tahlil qilib o‘rganishda uning yil boshidagi qoldig‘i, yil davomida olingani, me’yor doirasida va me’yordan ortiqcha yo‘qotishlar hamda yil oxiriga qoldiqlarini o‘rganmasdan turib hisob-kitob qilish aniq natijani ta’minlab bermaydi. Bu bog‘liqlikni quyidagicha matematik formula (tovar balansi) ko‘rinishida ifodalash mumkin:
- TZyb + TK = TS + TCh + TZyo,
- Bunda: TZyb – yil boshiga tovar zaxiralari qoldig‘i;
- TK – tovarlar kirimi;
- TS – tovarlar sotilishi;
- TCh – tovarlarning boshqa sabablar bilan chiqib ketishi;
- TZyo – yil oxiriga tovar zaxiralari qoldig‘i.
-
- Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga tovar balansi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq omillar tahlili
-
Do'stlaringiz bilan baham: |