1. Motivatsiya va motivatsiyaning nazariy muammolari


Muammoning ijtimoiy ahamiyati


Download 39.79 Kb.
bet3/3
Sana16.04.2023
Hajmi39.79 Kb.
#1360655
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi

Muammoning ijtimoiy ahamiyati. O'smirlar asosan atrof-muhitni tan olish va qabul qilish uchun harakat qilishadi. Agar semirib ketgan bola o'zining og'irligi bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy mavqeini ko'rsa, ehtimol u yaxshiroq ovqatlanish va jismoniy mashqlar qilishga undaydi. Bunday holda, motivatsiya o'zini yaxshi his qilish emas, balki boshqalarni rozi qilish va ijtimoiy kontekstga moslashish bo'ladi.
Kurs ishi maqsadi. Psixologiyada motivatsiya va ijtimoiy motivatsiyaning o'rni va ularni o'rganilishi;
Kurs ish vazifalari. Ijtimoiy motivatsiyaning shakllanishi jarayonini o`rganish;
Turli olimlarning ijtimoiy psixologik fikrlari va nazariyalarini o`rganish va tahlili
CHet elda va O'zbekistonda ijtimoiy motivatsiyani o'rganilishi;

Kurs ishi predmeti. O`quvchilarda ijtimoiy motivatsiyaning psixologik g`oyalari haqidagi bilimlarini yanada oshirish
Kurs ishi metodlari. Kuzatish, hujjatlar tahlili, qiyosiy metodlar va longityud.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish qismi, to'rtta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilova qismlaridan iborat.


1.Motivatsiya va motivatsiyaning nazariy muammolari
Motiv va motivasiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o’ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo’lib, ularning negizida ilmiy pozisiyalar va konsepsiyalar moshiyati jishatdan farqlanuvchi g’oyalar va yo’nalishlar mujassamlashdi. Shozir ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi shisobotda berilganligi uchun ularga qaytatdan to’xtalishga shojat yo’qdir. Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida motivasiyaga oid 30 (o’ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtalpsixologiya, psixoanaliz, strukturaviy psixologiya, assosianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar. Bixeviarizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya'ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o’zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog’liq ekanligini ta'kidlab o’tadi. Bixeviorizm
uchun "xulq" asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o’tilgandir. Shunga qaramasdan, ba'zi bixeviaristlar, jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan darajada e'tibor qilganlar. Ular o’zlarining izlanishlarida xulq motivasiyasining "quyi darajalari" ni o’rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisban namoyon bo’lish xususiyati, har xil haroitda motivasiyaning kuchi to’g’risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo’zg’atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb shisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo’zg’atuvchilar, doayvalar paydo bo’lishiga asoslangan bo’lib, ular insonning organik eshtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg’unlashuvi tariqasida tashlil etiladi. Ularning ta'kidlashiga ko’ra, ikkilamchi qo’zg’ovchilar organik qo’zg’atuvchilarning go’yoki qobig’iga o’xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871-1938) motivasiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug’ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog’lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug’ma instinktlar ham insonlarga, ham shayvonlarga bir
tekis taalluqli bo’lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha "asosiy instinktlar" sifatida shukm surishi mumkin. Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o’ziga xoslikka ega: 1. Bixeviorizm motivasiya modelini topish bilan shug’ullanib va xulq prinsiplarini vujudga keltira borib, shayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq
motivasiyasi qonuniyatlariga asoslanib insonning xulq motivasiyasi yuzasidan xulosa chiqarishga harakat qiladi. 2. Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga biologik jabshada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy moshiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi. 3. Bixeviorizm ham insonga, ham shayvonlarga xos bo’lgan xulqning umumiy prinsiplarini topishga intiladi. 4. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi o’ziga xosligini yo chetlab o’tadilar yoki o’ta sodda tarzda izoshlashga moyildirlar. 5. Shayvonlarning xulq motivasiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi motivasiyasiga ko’chirish ishonchli dalillarga ega emas. 6. Inson motivasiyasini o’rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug’ma eshtiyojlar kabilar odamning motivasiya doirasi tuzilishi moshiyatini juda yuzaki ocha oladi, xolos. Psixoanalitik konsepsiyalar negizida motivasiya ortganlik ravishda inson mayllariga xosdir, degan g’oya yotadi. Ularning manbai maylni aks ettiruvchi qaysidir organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi. Z.Freydning konsepsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o’rtasida shech qanday tafovut yo’qdir. Ongsizli ta'limotining asoschisi Z.Freyd xulq motivalari va eshtiyojlari muammosini ishlab chiqayotir, motivasiyaning manbai instinkt, u tur va individning saqlanish hartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni muallif individning energetik potensiya sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, Z.Freyd motivasiya regulyatori va motivasiya energiyasining irsiy manbai sifatida "u" tushunchasiga qanday ma'no yuklamoqchi. Uningcha, "u" tushunchasining mazmuni tug’ma va o’zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq qonunlari va aql darajalari, ko’rsatkichlari unga shech qanday ahamiyat kasb etmaydi Z.Freyd affektiv, impulsiv shakldagi mutlaqlashgan qo’zg’ovchilarni
nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Ushbu qo’zg’atuvchilar (turtkilar) ning impulsivlik, taxminiylikning affektiv moshiyati, notanqiydiylik, ongli va irodaviy nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini mutlaqlashtirish bo’lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi qo’zg’atuvchilar yotadi. Z.Freyd takidlab o’tgan dinamik xususiyatlar va xossalari moshiyatida motivasiyaning chuqur asosiy manbasini ko’radi. Uning konsepsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning transformasiyasi ustuvor o’rin egallaydi. Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida nofreydistlar shisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilarning nazariyalarini tashlil qilishga o’tamiz. A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo’llari shukumatga va qudratga erkdir. Xorni, Fromm va boshqalarning asarlarida o’z ifodasini topgan ma'lumotlar moshiyati Freyd tomonidan kiritilgan psixika tushunchasi va uning harakatlantiruvchi nazariyasini almashtirishga intilish yaqqol ko’zga tashlanadi. Xorning nuqtai nazaricha, inson qanchalardir tug’ma kuchlarga ega bo’lib, uning negizi bolalarcha yordamga mushtojlikka qurilgandir, bu holatlar birlamchi bezovtalanish tuyg’usida va tug’ma qo’rqinch shissida o’z ifodasini topadi. Xorning ta'kidlashicha, inson xulqining motivasiyasi boshqa motivlar yordami bilan aniqlanishi mumkin, jumladan, birlamchi bezovtalanish (bolalarcha yordamga mushtojlik keltiruvchi) atrof-mushitga nisbatan dushmanlik shissini tug’diradi, xavfsizlikka eshtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan basholash va o’z-o’zini basholashga nisbatan ichki intilishni vujudga keltiradi. Fromm ham o’z qarashlarida libido masalasiga katta e'tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabshalarda ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta'sir o’tkazish jarayonidir. Insonni individualizasiyalash unda tansholik shissini vujudga keltirishga olib keladi, shuningdek, o’z qadr-qiymatini anglash sari yetaklaydi. Tansholik shissiyotidan forig’ bo’lishga intilish tuyg’usi inson motivizasiyasini va uning xulq shakllarini aniqlaydi. Neofreydistlarning ilmiy asarlarida inson xulqiga ta'sir qiluvchi intim omillariga va uning motivasiyasiga muayyan darajada ahamiyat berilgan bo’lsa-da, lekin oqibat natijada xulqning harakatlantiruvchisi sifatida anglashilmagan tug’ma kuchlar asosiy o’rinda turadi. Geshtaltpsixologiya maktabi namoyandalari uchun motivasiya o’ziga xos talqinga ega bo’lib, uning moshiyatini eksperimental tarzda o’rganishga, ochib berishga intilish ko’rsatkichi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890-1947) motivlarni eksperimental o’rganish metodikasini ishlab chiqib, ularni mutlaqo mustaqil holat sifatida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan. Geshtaltpsixologiya maktabining namoyandalariga obraz tushunchasi qanchalik o’ta ahamiyatli bo’lsa, K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim xususiyat kasb etadi. Obraz va motiv o’zaro aloqasiz shukm surishi ta'kidlanadi, motivasiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli, ma'noviy mazmuni esa inkor qilinadi. K.Levin xalqni mana bunday izoshlashga intiladi, muayyan muvaqqatli mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol mushit bilan munosabatlaridan kelib chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma'no anglatuvchi ikkita motivasion o’zgaruvchi shukm surishi tan olinadi, ularning bittasi tug’ma, shayvonlar turtkisiga o’xshash va turmush davomida egallangan faqat insongagina xos bo’lgan. Geshtaltpsixologlarning asarlarida shunday holatlar ham mavjudkim, ularda xulq motivasiyasi muammolari shaxsning muhim (asosiy) xususiyatlarini tashlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Ollport konsepsiyasida yaqqol ko’zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jishat bu inson xulqini o’zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlarning omillarini tekshirish ham aloshida ahamiyatga ega ekanligini anglab olish qiyin emas. Bu borada individning javoblari o’ziga xosligi bilan o’zaro ta'sir o’tkazish o’rtasida qandaydir aloqa mavjudligini o’rnatish ham ikkinchi darajali narsa sifatida talqin qilinmaydi. Sobiq sovet psixologiyasida inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi shisoblangan motivlar chuqur va yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Ularning psixologik mexanizmlari, uzluksizligini ta'minlovchi omillar, zarur hart-haroitlar moshiyati, vujudga kelish imkoniyatlari to’g’risida juda yuzaki ma'lumotlargina muayyan darajada tartibga keltirilgan, tub ma'nodagi motivlar tabiati izchil ravishda, pedagogik va yosh psixologiyasi fanlari qonuniyatlariga asoslangan holda tadqiq qilinmagan. Bu esa respublikamizda ularning keng ko’lamda o’rganishga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda. Motivlarning falsafiy metodologik ahamiyati shundan iboratki, ular sabab-oqibat,ichki murakkab bog’lanishlar tuzilishini yuksak darajada rivojlangan tizim sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv esa o’z navbatida materiya rivojlanishining oliy mashsuli ekanligi to’g’risidagi xulosaga olib keladi. Chunonchi, maqsadga yo’naltirilgan va maqsadga muvofiqlashtirilgan har xil mazmundagi savollar, axborotlar, ma'lumotlar, xabarlar kishilar faoliyatining ongli xususiyati ta'kidlab o’tilgan mulohazalar moshiyati tarkibiga kiradi. Motivlar tuzilishini amaliy (tatbiqiy) yo’nalishga qaratish-inson shaxsiga motivasion, irodaviy, axloqiy, shissiy, kognitiv, regulyativ ta'sir o’tkazishning omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur hart-haroitlar yaratadi. Insonning mehnat faoliyati tizimining murakkablashuvi ishlab chiqarishda axloqiy, ma'naviy, nafosat, ruhiy tarbiya jabshalari hamda radio, televidenie va targ’ibot-tashviqot ta'sirini samarali olib borishi, kasbiy tayyorgarlikning ekstremal va stress holatlarning haroitlari barqarorlashuvi, takomillashuvi, yaxshilanuvi, maqsadga muvofiqlashuvi kabi omillarning barchasi shaxs motiv doirasining o’zgarishiga bog’liq. Shaxsning motiv doirasi uning eshtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funksional imkoniyatlarida o’z aksini topadi. Motivning tadqiqot tarixidan kelib, unga yondashsak, bu holda u insonlar (gosho shayvonlar xatti-harakati) shayoti va faoliyatini ruhiy jishatdan boshqaruvchisi sifatida talqinidan iborat o’ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut emizuvchi shayvonlarga taalluqli ekanligi ilmiy manbalarda ta'kidlab o’tiladi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qo’zg’atuvchilar va qo’zg’ovchilarning barcha turlari (ko’rinishlari, modalliklari, shakllari) ni o’z ichiga oladi (chunonchi, motivlar, eshtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar). Motiv keng ma'noda xulq-atvor determinasiyasi belgilanishiga qaramay, ko’pgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma'noda talqin qilib, uni ilmiy jishatdan tekshiradilar, shattoki ular hartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator psixologlar motivni energetik, ma'noviy va ma'naviy tomonlarini o’zaro solishtiradilar, ular motivni sof ma'nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, uning ma'noviy va ma'naviy jabshalarini shisobga olmay turib, o’ziga xos ravishda tushuntirishga intiladilar. Jumladan, Z.Freyd (856-1939) motivning qonun -qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi. Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv - bu tajriba va reaksiyalarning energetik jabshasidan iboratdir (ushbu ta'rifga nisbatan munosabat o’ta bashsli bo’lganligi sababli mualliflarga tanqidiy fikr bildirishni tadqiqotning boshqa bo’limida bildiramiz). Sobiq sovet psixologlari motivlarni tushuntirishda va uning tarkibiy qismlarini belgilashda dinamik va ma'noviy (ma'naviy) tomonlarining uyg’unligidan kelib chiqqan holda talqin qiladilar. Ularning ayrim namoyandalari qarashlarini tashlil qilish bilan cheklanamiz, xolos. S.L.Rubinshteyn motivning psixologik moshiyati to’g’risida quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivasiya - bu psixika orqali shosil bo’ladigan determinasiyadir; motiv - bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog’lovchi sub'ektiv tarzda aks etish demakdir. Bizningcha, shaxs o’zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo’ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) yetakchi o’rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo’nalishi, uning xarakteri, emosional holati (shis-tuyg’usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida to’plangan nazariy ma'lumotlarning ko’rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning fikricha, xarakter shaxs motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta'limot mavjud. Jumladan, xarakterning u yoki bu sifatlari sof dinamik xususiyatli tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatinigina emas, balki uning ma'naviy va ma'noviy jabshalarini ham yuzaga keltiradi. Motiv shissiyot bilan ham bog’liq bo’lib, ular xulq-atvor moshiyatidan tashqarida bo’lmaydi, balki shissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan uzviy aloqaga egadir. Shissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Shissiyotning bu sohadagi boshqa bir funksiyasi nisbatan umumiyroq bo’lib, odamning tashqi olamga, shaxslararo munosabatga, shis-tuyg’ularga negizlik muammosi shisoblanib, uning uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog’lovchilik xususiyatiga ega bo’lgan muloqoti zaif emosional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg’un jarayonlarni o’z ichiga oladi. Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, motivlar funksional-energetik tomonlarini dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi. Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning mushitini belgilaydi va dinamik, ma'naviy ta'sir etish munosabatini o’zida aks ettiradi. Motiv bilan qobiliyatning munosabatlari psixik faollikning bevosita bajarish negizi shisoblangan faoliyat orqali namoyon bo’ladi. Motivlashgan tizimning tarkiblarini amaliyotda ro’yobga chiqaruvchi nafaqat faoliyatnigina aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki faoliyatning keyingi istiqbol rivoji yoki uning boshqa sohalar bilan qorishib ketish eshtimoli darajasini ham belgilaydi. Lekin muayyan insonning funksional imkoniyati, faoliyati va xuddi shu faoliyatning ob'ektiv tomonlarining yaqqol ro’yobga chiqishi motiv barqarorlashuvi, rivojlanish (takomillashuv) ga yo’nalganligi ham faoliyatning ob'ektiv hart-haroitiga moslasha boradi. Umuman shakllanish jarayoni, shaxsning rivojlanishi motivning faoliyatiga, faoliyatning esa motivga o’zaro ta'siri bilan tavsiflanadi, bizningcha, mazkur ta'sirning ko’rsatkichi, mezoni vazifasini bajaradi. Motivlarning rivojlanishi tufayli tarbiyaviy talablarni anglashda, eshtiyojlarni ichdan qayta qo’rishda xulq-atvor qoidalari, mezonlari yordami bilan faoliyat doirasining kengayishida, shaxsning borliq bilan munosabati kabilarda o’zgarishlar sodir bo’ladi. Shuni ham ta'kidlab o’tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan yangi ma'lumotlarning paydo bo’lishi, faoliyat mushiti doirasidagi o’zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. Motiv mexanizmi shaxs sifatlarini qayta qurish, ularni rivojlantirish jarayonining faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, shu bilan birga inson kamol topish jarayoniga, faoliyat mushiti va haroiti asta sekin yoki tez o’zgarishi - motivlarning takomillashuvi, barqarorlashuvi kabi omillarga ta'sir etadi. Insonni mehnat faoliyatida qayta tarbiyalash va muayyan fazilatlarni shakllantirish yuqoridagi mulohazalar moshiyatidan iboratdir. Bu o’rinda faoliyat faol vaziyat shisoblanib, mavjud eshtiyojlar, qiziqishlar doirasidagi psixologik holatlardan uzoqlashib boradi, so’ngra yangi qiziqish, eshtiyoj va intilishlarni shakllantiradi, motivlar moshiyati va shakllarni o’zgartiradi. Ushbu mulohazani aloshida ta'kidlab o’tish joizki, motivasiyaning faoliyat darajasidan tashqari chiqishi eshtimoli yoki faoliyatning motivasiya doirasidan tashqari chiqishi imkoniyati to’g’risidagi talqinlar nisbiy xususiyatga ega. Binobarin, motivasiya faoliyatdan tashqarida va faoliyat esa motivasiyadan aloshidalikka ega degan xulosaga kelmaslik maqsadga muvofiq. Bu holatni yaqqolroq namoyish qilish niyatida quyidagi shayotiy shaqiqatga murojaat qilamiz. Har bir talaba oliy maktabga o’qishga kirayotganida unda diplom olish motivi paydo bo’ladi, o’qishga joylashganda esa o’quv predmetlarini o’zlashtirish jarayoni o’qishga nisbatan intilish, eshtiyoj, qiziqish, safarbarlik kabi psixik omillar yuzaga keladi. A.N.Leontevning fikricha, faoliyatning tuzilishi: maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar va operasiyalardan iboratdir. Odatda faoliyat o’zining predmeti va motiviga ega bo’lib, agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o’rtasida mutanosiblik (moslik) vujudga kelsa, demak shundagina u tub ma'nodagi faoliyatga aylanadi. Masalan, bir talaba imtishondan (reytingdan) o’tish uchungina birlamchi manbalarni o’qiydi, lekin boshqasi esa o’zini tekshirish va shaqiqiy bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi. Birinchi holatda talaba yoki o’quvchida motiv imtishonga qaratilgan bo’lib, o’quv predmeti mazmuni bundan mustasnodir, xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti-harakatlar tizimidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Ikkinchi holatda esa motiv o’quv predmetini o’zlashtirishga qaratilganligi sababli uning intilishi faoliyatiga o’sib o’tadi (E.g’. kursiv bizniki: bu mezon vazifasini o’taydi), degan fikrga kelishga kafolat beradi.


2.Motivatsiya muammosining chet el, Rossiya va O'zbekistonda
o'rganilishi
Motivatsiya" so'zini birinchi marta A. Shopengauer "Etarli sababning to'rtta printsipi" (1900-1910) maqolasida qo'llagan. Keyin bu atama inson xatti-harakatlarining sabablarini tushuntirish uchun psixologik foydalanishda mustahkam o'rnatildi. Zamonaviy psixologiyada motivni tushunishga umumiy yondashuvning o'xshashligi bilan ushbu kontseptsiyani aniqlashning ba'zi tafsilotlari va o'ziga xos xususiyatlarida sezilarli farqlar mavjud. Aslida, "motiv" tushunchasining ta'rifining o'zi ma'lum bir ilmiy muammoni keltirib chiqaradi. Agar motivning eng xarakterli ta'riflarini tahlil qilsak, u umumlashtirilgan shaklda faoliyatning boshqa tarkibiy qismlari, ko'pincha ehtiyoj bilan bog'liq bo'lgan rag'batlantiruvchi stimul sifatida ko'rib chiqilishini ko'rishimiz mumkin. Motivning ba'zi tipologiyalari va ta'riflari: D.N. Uznadze2 (1940): «Ehtiyojni qondirish qiyin bo`lgan hollarda, ehtiyoj to`g`ridan-to`g`ri amalga oshirilmasa, u sub`ekt ongida o`ziga xos mazmun tarzida namoyon bo`ladi. Subyekt tomonidan u hayajon va taranglik lahzalarini o'z ichiga olgan norozilik tuyg'usi shaklida, ob'ektiv tomondan esa, harakatga turtki beruvchi muayyan mavzu mazmuni shaklida boshdan kechiriladi. A.Maslou (1954): «Motiv ehtiyojning fiziologik nomutanosibligi holatida ifodalanadi.Motivatsion xatti-harakatlarning reaktsiyasi nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan harakatlardan iborat». D. McClelland (1951): "Motiv kuchli affektiv assotsiatsiyaga aylanadi, maqsadli reaktsiyani kutish bilan tavsiflanadi va ma'lum belgilarning zavq yoki og'riq bilan o'tmishdagi bog'lanishiga asoslanadi". A. Vroom (1964): "Motiv - bu shaxsning ixtiyoriy faoliyatning muqobil shakllari orasidan qiladigan tanlovini boshqaradigan jarayon". K.Obuxovskiy (1972): «Motiv - bu ma'lum bir shaxsga ma'lum bir faoliyatni boshlash imkonini beradigan maqsad va dasturning og'zaki ifodasidir» A.N. Leontiev (1966): "Motiv - bu ehtiyoj aniqlangan va uning predmetli mazmunini tashkil etuvchi ob'ekt (idrok qilinadigan yoki faqat tasavvur qilinadigan, ifodalangan)". Ushbu ta'riflar asosida yaratilgan umumiy g'oya (va umuman olganda, ulardan ko'plari bor) juda noaniq, bir xil emas: bir tomondan, u motivni ehtiyoj bilan belgilaydi (A. Maslou), boshqa tomondan, bu motivatsiya, maqsadni anglash bilan bog'liq (K. Obuxovskiy ). Shu nuqtai nazardan, Leontiev motivni tushunishni ko'p

1 E.G’oziyev Umumiy psixologiya Toshkent 2014 y 244 b



2 V.Karimova Ijtimoiy psixologiya Toshkent 2012 y 23 b
jihatdan konkretlashtiradi, uni to'g'ridan-to'g'ri faoliyat kontekstiga kiritadi, uni faoliyatning asosiy predmeti bilan bog'laydi, ammo ko'rinib turibdiki, motivni sub'ekt bilan to'liq identifikatsiya qilish uning talqinini toraytiradi. Muayyan motivatsiyani shakllantirishga keng qo'llaniladigan rag'batlantirish yordam beradi. Amalda, - deb yozadi B.F. Lomov, - ko'pincha "motiv" va "rag'batlantirish" tushunchalarini ajratmaydi. Ayni paytda, bu tushunchalar bir xil emas. Mehnatni rag'batlantirishning u yoki bu shakli, u yoki bu rag'batlantirish shundan keyingina motivga aylanganda harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. Motivlarning "ehtiyoj" toifasi bilan bog'liqligi haqidagi umumiy qoida ko'p hollarda bahsli emas, garchi ba'zida bu erda nomuvofiqliklar mavjud. Ideallar, manfaatlar, shaxsiyatlar, e'tiqodlar, ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar ham motivlar bo'lishi mumkin, ammo shu bilan birga, bu barcha sabablar ortida hali ham shaxsning barcha xilma-xilligi (hayotiy, biologikdan yuqori ijtimoiygacha) ehtiyojlari mavjud. ). “Motivatsiya” atamasi “motiv” atamasidan kengroq tushunchadir. Zamonaviy psixologiyada ular kamida ikkita ruhiy hodisani belgilaydilar:
a) shaxsning faolligini keltirib chiqaradigan va uning faoliyatini belgilaydigan motivlar to'plami, ya'ni xatti-harakatni belgilovchi omillar tizimi (bu, xususan, ehtiyojlar, motivlarni o'z ichiga oladi. , maqsadlar, niyatlar, intilishlar va boshqalar).
b) tarbiya jarayoni, motivlarning shakllanishi, xulq-atvor faolligini ma'lum darajada rag'batlantiruvchi va ushlab turuvchi jarayonning xususiyatlari. Shuning uchun motivatsiyani inson xatti-harakati, uning boshlanishi, yo'nalishi va faoliyatini tushuntiruvchi psixologik sabablar yig'indisi sifatida aniqlash mumkin. Motivatsiya g'oyasi xatti-harakatni emas, balki tushuntirishga harakat qilganda paydo bo'ladi. Bu “nima uchun?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?” kabi savollarga javob izlashdir. va “nima uchun?”, “nima maqsadda...?”. Xulq-atvordagi barqaror o'zgarishlarning sabablarini aniqlash va tavsiflash uni o'z ichiga olgan harakatlarning motivatsiyasi haqidagi savolga javobdir. Xulq-atvorning har qanday shakli ichki va tashqi sabablar bilan izohlanishi mumkin. Motivatsion qiymati jihatidan ehtiyojdan keyingi ikkinchi tushuncha maqsad tushunchasidir. Maqsad to'g'ridanto'g'ri ongli natija bo'lib, u hozirgi vaqtda amalga oshirilgan ehtiyojni qondiradigan faoliyat bilan bog'liq harakat bilan boshqariladi. Motivatsiyalar (motivlar), ehtiyojlar va maqsadlar insonning motivatsion sohasining asosiy tarkibiy qismlaridir. Shaxsning motivatsion sohasini uning rivojlanishi nuqtai nazaridan quyidagi parametrlar bilan baholash mumkin: kenglik, moslashuvchanlik va ierarxiya. Motivatsion sohaning kengligi motivatsion omillarning sifat jihatidan xilma-xilligini anglatadi - har bir darajada taqdim etilgan moyilliklar (motivlar), ehtiyojlar va maqsadlar. Insonning motivlari, ehtiyojlari va maqsadlari qanchalik xilma-xil bo'lsa, uning motivatsion sohasi shunchalik rivojlangan bo'ladi.Bunday motivatsion soha yanada moslashuvchan bo'lib, unda umumiy xarakterdagi (yuqori darajadagi) motivatsion impulsni qondirish uchun quyi darajadagi turli xil motivatsion stimullardan foydalanish mumkin. Masalan, shaxsning motivatsion sohasi ko'proq moslashuvchan bo'lib, u bir xil motivni qondirish sharoitlariga qarab, boshqa shaxsga qaraganda ko'proq turli xil vositalardan foydalanishi mumkin. Bir kishi uchun bilimga bo'lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino orqali qondirilsa, boshqa birov uchun turli kitoblar, davriy nashrlar, odamlar bilan muloqot qilish ham uni qondirish vositasidir. Ikkinchisi yanada moslashuvchan motivatsion sohaga ega bo'ladi. Ierarxizatsiya - bu motivatsion sohani tashkil etish darajasining har birining tuzilishining o'ziga xos xususiyati, alohida olingan. Ba'zi moyilliklar boshqalarga qaraganda kuchliroq va tez-tez uchraydi; boshqalar zaifroq va kamroq yangilanadi. Muayyan darajadagi motivatsion shakllanishlarni aktuallashtirishning kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik katta bo'lsa, motivatsion sohaning ierarxiyasi shunchalik yuqori bo'ladi. Inson faoliyatining motivlari nihoyatda xilma-xildir, chunki ular ijtimoiy hayot jarayonida shaxsda shakllanadigan turli ehtiyoj va manfaatlardan kelib chiqadi. Ular o‘zining eng oliy shakllarida insonning o‘zining axloqiy burchlarini, ijtimoiy hayot uning oldiga qo‘yayotgan vazifalarini anglashiga asoslanadi, shuning uchun ularning eng yuqori, eng ongli ko‘rinishlarida insonning xatti-harakati ongli zarurat bilan tartibga solinadi, bunda u chinakam anglangan bo‘ladi. Psixologiya motivatsiyasida shaxs motivatsiyasi muammosining tarixi va hozirgi holati Shaxs talaba psixologiyasi Motivatsiya muammosi zamonaviy psixologiyada eng muhim masalalardan biridir. Asrimizning boshlarida dunyoning turli mamlakatlarida motivatsiyani o'rganish bo'yicha samarali ishlar deyarli bir vaqtning o'zida boshlangani bejiz emas. Motivlar muammosi rivojlanishning uzoq yo'lini bosib o'tdi. Tadqiqotlar tarixini hisobga olgan holda, motivatsiya assotsiatsiyachilarning "atomizm" tushunchalarini yengish bilan bog'liq holda rivojlana boshladi. Bu davrga kelib (XIXasr oxiri — XX boshi) chet elshunoslikda motivlarni oʻrganishga ham katta eʼtibor beriladi. Odam va hayvonlarning xulq-atvoridagi motivlar masalalari bo'yicha ko'plab nazariy va eksperimental ishlar olib borildi. Motivatsiya masalalarini ishlab chiqish psixologiya fanining turli sohalarida turli usullardan foydalangan holda intensiv ravishda amalga oshiriladi. Angliyada Uilyam Makdugal instinktlarni asosiy tushuntirish tushunchasi deb hisobladi va shu bilan motivatsiyani instinktlar nazariyasi ruhida o'rganishga asos soldi. Keyinchalik bu yo'nalish zamonaviy etologlar - Konrad Lorenz va Nikols Tinbengenning asarlarida taqdim etilgan. Avstriyadagi Zigmund Freyd Makdugal bilan deyarli bir vaqtda tushlar mazmuni va nevrotiklarning xulq-atvori kabi mantiqsiz ko'rinadigan hodisalarni yashirin ehtiyojlar dinamikasi bilan tushuntirishga harakat qildi va shu bilan shaxsiyat nazariyasida quyidagi motivatsiya uchun asos yaratdi. O'rganish bo'yicha birinchi tadqiqot amerikalik Edvard Torndik tomonidan o'qituvchisi Uilyam Jeymsning podvalida olib borilgan. Saam Jeyms tajriba o'tkazmadi, lekin u ishlab chiqqan "odat" tushunchasi o'rganishning assotsiativ nazariyasining markaziga aylandi. I.P. Pavlov va E.L. Torndik motivatsion tadqiqotlarda assotsiativ yo'nalishning asoslarini yaratdi. Motivatsiya muammosini o'rganishning assotsiativ yo'nalishida Torndik nomi o'rganish psixologiyasining yo'nalishi va I.P. nomi bilan bog'liq. Pavlova - faollashtirish psixologiyasi liniyasi. Germaniyada Narcissus Ah, Wundian an'analariga sodiq qolgan holda, ongning passiv oqimida kognitiv jarayonlarning yetakchi tarkibiy qismini eksperimental psixologik usullar bilan aniqlashga harakat qildi. O'z eksperimenti natijasida Narcissus Ah, "aniqlash tendentsiyalari" ni ajratib ko'rsatdi, garchi ongda berilmagan bo'lsa-da, baribir to'g'ridan-to'g'ri xatti-harakatlar. Myurreyning "Shaxsni o'rganish" asari Makdugal, Freyd va Lyuindan boshlab motivatsiya psixologiyasi rivojlangan bir qancha muhim yo'nalishlarning chorrahasidir. Motivlar haqidagi dastlabki tadqiqotlardan biri A.A. Uxtomskiy (1875-1945), yaxlit xulq-atvorni hisobga olgan holda. Uning ilmiy qiziqishlari markazida bo'lgan motivlar muammosini u turli jihatlarda o'rgangan: fiziologik, psixologik, o’rganilgan . Shu nuqtai nazardan, uning "Qiyosiy psixologiyaga kirish" kitobida ifodalangan motivatsiya haqidagi qoidalar qiziqarli. U insonning xulq-atvorini bashorat qilish va uni to'g'ri yo'nalishga yo'naltirish kerak deb hisoblagan. Urushdan oldingi yillarda motivatsiyaning nazariy masalalarini o'rganishga etarlicha e'tibor berilmadi, bu ham "psixotexnika" tadqiqotlarining cheklovlariga ta'sir qildi. 1935 yilda nashr etilgan S.L. Rubinshteyn (1889-1960) o'zining marksistik falsafa tamoyillariga asoslangan "Psixologiya asoslari" kitobida motivatsiyani asosan ixtiyoriy harakatlar bilan bog'liq holda qayd etgan. Ammo allaqachon 1940 yilda S.L. Rubinshteyn "Umumiy psixologiya asoslari" kitobida motivlarni aniq faoliyat bilan bog'liq holda ko'rib chiqdi, bu motivatsiyani o'rganishda oldinga qadam bo'ldi. Shu bilan birga, motivlar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bilan bog'liq bo'lib, inson faoliyatining ijtimoiy mohiyati, ongli sifatidagi inson faoliyati va hayvonlarning instinktiv xatti-harakatlari o'rtasidagi farq ta'kidlangan.


3. Motivatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari

Motivatsiya — bu faqat mukofotlarni tarqatish emas. O‘z xizmat vazifalarini bajara olmagan yoki mehnat intizomini buzgan xodimlarni adolatli jazolash ham ularni o‘z faoliyatlarini yaxshilashga undaydi.Bizningcha, ehtiyojlar ierarxiyasini (pog`onasini) amerikalik psixolog A.Maslou ancha to‘liq va muvaffaqiyatli ishlab chiqqan. U xulq-atvor sabablarining beshta darajasini yoki guruhini u yoki bu paytda ustunlik qiluvchi ehtiyojlarga qarab ajratgan.


1. Odamlarning takror ko‘payishiga, oziq-ovqatga, nafas olishga, jismoniy harakatlarga, kiyim-bosh, uy-joy, dam olish va hokazolarga bo‘lgan fiziologik va jinsiy ehtiyojlari.
2. Ekzistentsial ehtiyojlar – o‘z yashashining xavf-xatarsiz bo‘lishiga ehtiyoj, ertangi kunga ishonch, hayot faoliyatining barqaror shart-sharoitlari, insonni qurshab turgan muhitning muayyan darajada doimiy va muntazam bo‘lishiga ehtiyoj, mehnat sohasida esa, kafolatlangan bandlikka, baxtso‘z hodisalardan sug`urtalanishga va shu kabilarga bo‘lgan ehtiyojdir.
3. Jamoaga bog`liqlikka, unga mansublikka, muomalada bo‘lishga, boshqalar to‘g`risida g`amxirlik qilishga, o‘ziga e’tibor berilishiga, birgalikdagi mehnat faoliyatida ishtirok etishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlar.
4. O‘z-o‘zining hurmat qilinishiga, obri-e’tiborga ega qadr-qimmatning oshishiga, xizmat sohasida o‘sishiga, maqomi, nufuzi ortishiga, tan olinish va yuqori baho olishga bo‘lgan ehtiyojdir.
5. Shaxsiy, ma’naviy ehtiyojlar o‘zining ijod orqali faollashuvi, o‘zini namoyon qila olishida ifodalanadi.Ehtiyojlar mehnat motivatsiyasining sabablari umumiy jarayonida muhim o‘rinlardan bo‘rini egallaydi. Ular xodimlar tomonidan anglab yetilsa, xulq-atvorni rag`batlantiradi. Bu jihatdan ular muayyan shaklga – u yoki bu faoliyat turlariga, obyektlar va buyumlarga qiziqish shakli sifatida idrok qilinadi. qiziqish – bu, anglab etilgan ehtiyojlarning aniq ifodasidir.Mehnat motivatsiyasi jarayoning eng muhim elementlari qadriyatlar va xulq-atvor normalaridir. Qadriyatlar – bu, subyekt, jamiyat, sinf, ijtimoiy guruhning hayot va ishning asosiy va muhim maqsadlari to‘g`risidagi, shuningdek, ana shu maqsadlarga erishishning asosiy vositalari haqidagi tasavvurlaridir.Qadriyatlarga jamiyat, jamoa, shaxs ko‘z o‘ngida ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha predmetlar va hodisalar kiro‘tiladi. qadriyatlar olami jamiyatning ehtiyojlari va qo‘ziqishlari xilma-xil va bitmas-tuganmasdir. Qadriyatlar moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy bo‘ladi va hokazo. Ular ehtiyojlar va qo‘ziqishlar asosida tarkib topadi.Motivlashtirish strategiyasini tanlashda uchta yondoshuv mavjud:
1. Rag‘batlantirish va jazo strategiyasi, ya’ni, kishilar mukofot olish uchun ishlaydilar:
-kim ko‘p va yaxshi ishlasa, unga yaxshi hak to‘lanadi;
-kim undan ko‘p ishlasa shunchalik ko‘p haq to‘lanadi;
-kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi.
2. Ish orqali motivlashtirish: xodimga uni qoniqtiradigan ishni bersangiz bas, ijro etish sifati yuqori bo‘ladi.
3. Menejerlar bilan doimiy aloqada bo‘lish strategiyasi: bo‘ysunuvchilar bilan birga maqsadni aniqlab olish, unga ijobiy aks aloqaga imkon berish, hattoki u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, yoxud yanglishgan hollarda ham. Bu motivlashtirish modeli rahbar bilan xodim o‘rtasidagi munosabatni tahlil qilish va unga ustuvorlik berishga asoslanadi. Motivlashtirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:
-pulni rag‘batlantirshi va mukofotlash sifatida ishlatish;
-jazolash;
-raqobatni kuchaytirish;
-ish orqali motivlashtirish;
-yutuqni tan olish va taqdirlash;
-xodimlarni o‘qitish va yuksaltirish;
-salbiy ta’sirni cheklash va me’yorlash;
-guruh mehnatini mukofotlash va rag‘batlantirish;
-xodimlarni boshqarish ishlariga jalb etish va h.k.Agar siz o‘z ta’tilingiz haqida uylasangiz sizning qaroringizga bir nechta motivatsiya ta’sir ko‘rsatayotganligini ko‘rishingiz mumkin. Ko‘pincha bu motivatsiyalarning biri ikkinchisini cheklamaydi. Aksincha, bir-birini to‘ldiradi, hatto motivatsiyalar bir biriga qarama-qarshi bo‘lishi ham mumkin.Masalan, ta’tilda odamlar tinchlikka va hordiq chiqarishga intiladilar, ayni paytda turli xillik va muloqotda bo‘lishni istaydilar. Mehnat munosabatlari motivatsiyasi. Bu ma’nodagi motivatsiya ishchilarni faol ishlashga undovchi rag‘batlantirishlar yig‘indisini anglatadi. Ya’ni, tashkil etish tadbirlarini o‘tkazib bo‘lgach, menejer ishning yaxshi bajarilishini ta’minlashi kerak. Bu maqsadlarda quyidagilardan foydalaniladi:
a) rag‘batlantirish ya’ni ishchilarni tashqi (moddiy va ma’naviy) omillar yordamida faol ishlashga undash;
b) shaxsiy motivatsiya ya’ni ishchilarda mehnatga ichki undash hissini paydo qilish. Bu yerda asosiysi ishchi o‘z mehnatidan, faolligidan manfaatdor bo‘lishi unga qiziqishi va qoniqishi zarur. Bu inson hatti harakati har doim uning motivatsiyasiga bog‘liqligiga guvohlik beradi. Odam g‘ayrat va shijoat bilan qattiq mehnat qilishi mumkin yoki ishdan chetlanishi ham mumkin.Har doim inson xatti harakatining motivlarini izlash lozim. An’anaviy yondashuv bo‘yicha xodimlarga samarali ishlashi shart bo‘lgan bir resurs, aktiv sifatida qaralar edi. Lekin, sanoat inqilobidan so‘ng bizning jamiyatimiz yanada murakkablashdi. Texnika tarqqiyoti odamlarning mehnatga munosabatini keskin o‘zgartirib yubordi.Natijada, menejer xodimlar faoliyatini qanday motivlashtirishga har kuni duch keladi. Ya’ni, ularning bor kuchini ma’lum bir ishni bajarishga qanday qilib yo‘naltirish muhim hisoblanadi. O‘z qilgan mehnatidan qoniqish va mehnati mahsulidan faxrlanish hissi odamlarda shaxsiy maqsad hissini uyg‘otdi.Motivatsiya nuqtai nazaridan qaraganda bu - puldan ko‘ra kam ahamiyatga ega emas. Menejerlarni, odamlarni qanday sharoitlar boshqa birovning topshirig‘ini bajarishga undashi har doim qiziqtirib kelgan. Bu qiziqish odamlarning shaxsiy erkinligi oshib borgan sari o‘sib bordi. Odamlar erkin bo‘lgani sari ularni mehnatga nima undayotganligi va bundan qanday foyda qilishini bilish qiziqtiradi.

4.Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivlari
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday to’tishi, egallagan mavqyei ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivasiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivasiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmuniga ega.
Motivasiya — inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo’lida?» degan savollarga javob qidirish — motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini to’tishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi:
a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar);
b) tashqi sabablar — faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir. Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozisiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga «O’zim ham bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, ya’ni, dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan motiv — konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi. Shunisi ajablanarliki, o’sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir xozirlik — dispozisiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivasiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli taxlillar, xattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, iqtisodiy oliygoxlarida: «Statistika» nomli kurs bor deylik. Shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabchan, qattiqqo’l va hokazo degan. Bunday motivasiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi. Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog’cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o’quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi, bola uchun motiv o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor. Siz hali uni o’qishni boshlamadingiz. Lekin o’qish istagi bor, shu istakning ortida esa, o’sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi.
Kasbiy motiv va motivasiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida Ye.A.Klimov, V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog’liq motivasiyalarni 3 guruhga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb tanlash motivlari va uchinchisi - ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi.Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil bo’lib, ular o’ziga xos omillar bilan belgilanadi.Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg’onishi bilan bog’liqliklari kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan tobelikni xohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi.Ikkinchi guruh omillari o’zi va oilasi uchun moddiy mablag’ning orttirilishi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir.Uchinchi guruhga o’zini o’zi faollashtirish, rivojlantirish, o’zini namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi bo’lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bog’liq. Maktab o’quvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bog’liq ravishda shakllantiriladi.Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yukorida aytib o’tilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivasion jarayondir. Axir shaxsning to’g’ri kasb tanlashi ko’pincha insonning hayotdan qoniqishga ham sabab bo’ladi.Insonning qaysi faoliyatini tanlashi ko’proq tashqi omillar haqidagi karorning kabul kilinishi jarayoni haqida tuxtalishi muhimdir. Bu asosan tashki xolat baxolariga, o’zining imkoniyat va kobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklariga bog’liqdir. Tashqi holatini baholash, ijobiy ta’sir ko’rsatadigan omillar, o’zida ishlab topiladigan pul mikdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga yakin bo’lishi, transpot alokalarining kulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab chikarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iklim, maktov va tartibga chakirish kabilarni kamrab oladi.O’z imkoniyatlarini baxolash soglomligi, ishga yarokliligi, kasbi bo’yicha muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovkinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni uz ichiga oladi.Qiziqishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, korxonadagi imkoniyat to’siqlari, ishni boshqarish, kasbiy o’sish, tashabbusning paydo bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ba’zan qiziqish bo’yicha ish joyini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan klassifikasiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi:
1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi),
2) Vaziyat bilan bog’liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart-sharoitlarni ruyobga chiqarish).
3) Komformist.
4) Kasbiy motivasiyalar (o’ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, do’st va tanishlarining maslaxatlari bilan).
L.I.Bamburova musiqa ijrochilik kasbini tanlashga sabab bo’luvchi omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatadi:Ijod va musiqa ijro etishga bo’lgan qiziqish.Musiqadan zavqlanishga bo’lgan ehtiyoj.Musiqa asarlarini ijro etishda o’zi tashabbus ko’rsatishga intilish.Tinglovchilarning qadriyatini ko’tarish, ularga rohat baxsh etish xohishi.Albatta yuqoridagilar musiqa ijrochilik faoliyatining to’liq motivlari emas. Ular faqatgina musikachilik faoliyatini boshlashga olib keladi.A.P.Vasilyev tibbiyot xodimi kasbini tanlashning quyidagi asosiy motivlarini keltirib o’tadi:
1) Insonlarni davolash istagi.
2) Og’ir kasalliklar, qariya, yosh bolalarni og’riqlardan xalos etish istagi.
3) O’z yaqinlarining sog’lig’i haqida qayg’urish imkoniyati.
4) Ilmiy tibbiyot muammolarini hal etish.
5) O’z sog’lig’i haqida kaygurish.
6) Moddiy qiziqishlar.
Motivlarning mustaxkamlanishi mehnat faoliyatida ishlovchilarning ko’pgina omillarini qondirilishiga bog’liq bo’ladi. G’arb psixologlaridan V.Vrum va E.Disi mehnat faoliyati motivasiyasini tarkibiy qismlarini ajratadilar. Unga ko’ra insonlar qanchalik uz ishidan qoniqsa, shunchalik ular o’z ishlarini bajarishga kuchliroq xarakat qiladilar. Ularni faoliyat jarayonida ragbatlantirib borilsa, shunchalik qattiqroq ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan ragbatlantirish ishchilar faoliyatining mahsuldorligiga bog’liq. Bunda ular faoliyat ko’rsatadigan firma, kompaniya va tashkilotlardan kuch oladilar. Bu turli qo’shimcha imtiyozlar nafaqat ta’lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkillashtiriladi.So’rovnoma natijalariga muvofiq ishdan bo’shashning turi - obyektiv, obyektiv - subyektiv va subyektiv ko’rinishlarga ajratiladi. Obyektiv sabablarga sog’liqning yomonligi va jismoniy holati, turar joyini o’zgarishi, ta’lim olishni davom ettirish, tug’ish va bolani parvarishlash kabilar kiradi. Obyektiv - subyektiv sabablarga mehnat shartnomasining shartlari, kasbiy o’sish, yuksalish imkonining yo’kligi va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Subyektiv sabablarga jamoadagi psixologik iqlim, shaxslararo munosabatlar va boshqalar kiradi.

Ishsizlarning ish qidirish motivasiyalari haligacha ham o’rganilmayotgan muammo bo’lib qolmoqda. Shu bilan birga ishsizlarning axloqi, yangi ish joyini topish bo’yicha faoliyati ko’p jihatdan uning motivasion jabhalariga, ularning tuzilishiga kam hollarda hayot mazmunining shart-sharoitlariga bog’liq. M.V.Dmitriy ta’kidlaganidek, ishsizlarning motivasion jabhalarini o’ziga xos xususiyatlari ish izlashdagi faoliyatlari motivasion tuzilishlarining xamma ko’rsatkichlariga bog’liq holda namoyon bo’ladi. Ular ijtimoiy o’zgarishlardan mustakil bo’lish uchun kayta xarakat kilishda uz imkoniyatlaridan foydalanishga turtki beradi. Passiv ishsizlarning motivasion imkoniyatlarini tuzilish xususiyati aloxida motivlarning xam xarakatlanuvchanligi bilan tavsiflanadi.Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi uchun B.N.Dadanov taklif qilgan usullarni qo’llash mumkin. U istalgan faoliyatning sabablari sifatida quyidagi omillarni o’zida aks ettiradi, deb ko’rsatadi:


1 .Ayni faoliyat jarayonidan rohatlanish.
2.Faoliyatning to’g’ri natijalari (yaratiladigan maxsulot o’zlashtirilayotgan bilim va xokazo).
3.Faoliyatni rag’batlatirish (maosh, mansabni oshirish, so’z vositasida va xokazo).
4.Bosh tortish xollarida yoki faoliyat yaxshi bajarilmaganda beriladigan jazodan o’zini olib kochishga intilish.Bu sabablar salbiy “valentlikka” xam ega bo’lishi mumkin. Masalan, faoliyatdan uzoqlashib, qiziqishlarini so’ndirishi mumkin. Salbiy valentlikni maxsus belgi bilan izoxlab, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
T-insonga ish jarayonining mashaqqatli, yoqimsiz bo’lishi;
R-erishishi kerak bo’lgan natijaga intilishdan uzoqlashish;
V-ishdan bosh tortish uchun rag’batlantirish-taklif etish;
G-ayni ish faoliyati uchun jazo belgilashi.Pedagogik oliy o’quv yurtlariga kirish va pedagog kasbini tanlash motivlari (o’qituvchi, bogcha tarbiyachisi va b.) turli xil bo’lib, bunda ulardan bir qanchasi pedagogik faoliyat bilan bog’liq bo’ladi. Bu jihat anchadan beri pedagogik, jamoatchilik va oliy o’quv yurtlarini o’ylantirib keladi. O’tkazilgan ko’pgina so’rovlar bo’yicha olingan natijalarda (pedagogik oliy o’quv yurtiga kirganlarning) o’qituvchi kasbiga ijobiy munosabat bildirgan. Taxminan 40 % u yoki bu narsa yoki predmetlarga qiziqqani tufayli o’qituvchilik faoliyatiga qiziqmagan xolda 13 % dan 22 % talabalar esa na o’qituvchilik faoliyatiga va na kasbiy fanga ijobiy munosabat bildiradi. Ularni oliy o’quv yurtiga kirishidan maksad ayni vaktda xarbiy xizmatdan qochish yoki oliy ta’lim nufuziga ega bo’lish hisoblanadi. Ko’pgina, talabalarning pedagogika o’quv yurtiga kirish sabablari shu dargoxning ularning turar joyiga yaqinligi bo’ladi. Bu ko’rsatkich, bunday moyillik ko’p yillar davomida saqlanib kelmoqda.Ongli ravishda kasb tanlash insonning ijtimoiy mavqyei bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Agar inson uchun asosiysi ijtimoiy nufuz xisoblansa, unda kasb xozirda mavjud bo’lgan qoidalar, shuningdek, jamiyatdagi nufuzli kasblardan kelib chiqib tanlanadi. Ko’pchilik kasb tanlayotganda bu kasb ularga qanchalik moddiy ragbat keltirishiga tayanadi.Insonlar orasida qiziqishlari tufayli kasb tanlovchilar xam bo’ladi va bu qiziqish kamdan-kam xollarda romantik xarakter kasb etadi.Kasb mansabga intilish asosida, xaqiqiy tashqi taassurotlar zamirida, ota-ona, do’stlarining maslaxatlari orqali yoki omadga bog’liq xolda tanlashi mumkin. Lekin kasbdagi romantika odatda tezda yo’qoladi va uning o’rnida inson xali na hissiy, na jismoniy va na psixik jihatdan tayyor bo’lmagan “og’ir ish kunlari” qoladi. Tanlagan kasbi o’zi uchun qiyin bo’lib, ko’p hollarda turli tusiqlarni yuzaga keltiradi va ayrim xollarda uz kasbini o’zgartirishiga to’g’ri keladi.Bunday hollarda kasb tanlash ko’pgina sharoitlarga bog’liq bo’lib qoladi. Lekin xammasidan oldin kasb tanlashga e’tiborni tortish kerak. Ko’pgina, tanlangan faoliyatlar insonning kobiliyat va moyiligiga muvofik bo’ladi.
Xulosa

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tishimiz joizki bizga berilgan mavzudan kelib chiqib aytadigan bo'lsak yuqorida biz motivatsiya nima?, motiv nima? va ularni psixolog qaysi olimlar o'rgandi qay darajada o'rgandi, O'zbekistonda qaysi olimlar motivatsiyaga qanday ta'rif berganliklari kabi narsalarni o'rgandik.Yana ijtimoiy motivatsiya nima, kasbiy motivatsiya tushunchalari ichki va tashqi motivatsiya kabi fikrlar va mulohazalar bilan tanishib o'tdik.Jumladan ichki motivatsiya - bu uning shaxsiy ehtiyojlari va har qanday vazifadan zavqlanishiga qarab, odamning ichidan kelib chiqadi.Inson uchun ichki o'zini parvarish qilish, rivojlantirish va qondirish, shuningdek potentsialni aniqlash demakdir.


Tashqi motivasiyaga keladigan bo'lsak uni quyidagicha misolda tushuntirishimiz mumkin bo'ladi:
Ishchilar mukofotni va'da qildilar, ular tezroq ishlay boshladilar. Tuzilgan jarimalar va qoidalar, odamlar unga yoqadimi yoki yo'qmi, ularga suyanila boshladilar. To'satdan bo'ronli bulut sizni tezroq uyga aylantiradi. Jinoyatchi sizni qurol-yarog 'jo'natdi va pul talab qildi - darhol pulingizni berasiz.
Bularning barchasi tashqi motivatsiya misollari. Yuqorida aytib o'tilganidek, u shart-sharoitlar yoki rag'batlantiruvchi vositalar orqali harakatlarni keltirib chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, bular atrofdagi jamiyatdagi yutuqlardir. Albatta, faoliyatning ichki motivatsiyasi ancha samarali. Biroq, bu turdagi shaxslarning ta'siri yanada yaxshi ta'sir qiladi.
Kurs ishini yozish davomida men yana motiv tushunlari oldin motivatsiya paydo bo'ladimi yoki motiv kabi tushunchalarga ham alohida izoh berib o'tdim. Motiv o'zi qanday paydo bo'ladi va u qanday qilib motivatsiyaga aylanishi kabi savollarga ham javob berib o'tilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati


1. E.G’oziyev “Umumiy psixologiya ” 2014 y
2. E.G’oziyev “Ontogenez psixologiyasi ”2014 yil
3. ИСАКОВА М. Т. СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) //СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Центр инновационных технологий". – №. 8. – С. 45-52.
4. ИСАКОВА, МУЪАЗАМ ТУЛКИНОВНА. "СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН)." СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Центр инновационных технологий" 8: 45-52.
5. .ИСАКОВА, М. Т. СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН). СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Центр инновационных технологий", (8), 45-52.
6. Закирова М. С. РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ НАРОДНЫХ СКАЗОК В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ РЕБЕНКА //ПРОБЛЕМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ. –2021. – С. 325-331.
7. Закирова, Мухаббат Сабировна. "РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ НАРОДНЫХ СКАЗОК В

ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ РЕБЕНКА." ПРОБЛЕМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ. 2021.


8. Закирова, М. С. (2021). РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ НАРОДНЫХ СКАЗОК В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ РЕБЕНКА. In ПРОБЛЕМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ (pp. 325-331).
9. Soliev F. S., Muminov D. To determine individual specificity and hidden potential of the personality according to external signs of behavior //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 5. – С. 1258-1265.7.
10. Soliev, F. S., and D. Muminov. "To determine individual specificity and hidden potential of the personality according to external signs of behavior." ACADEMICIA: An International
Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 1258-1265.
11. Jalolova M. SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE //Archive of Conferences. – 2021. – Т. 25. – №. 1. – С. 153-157.
12. Jalolova, Mohinur. "SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE." Archive of Conferences. Vol. 25.
No. 1. 2021.13. Jalolova, M. (2021, May). SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE. In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 153)
13.Deci, E. L., & Ryan, R. M. (1985). Inson xatti-harakatlaridagi ichki motivatsiya va o'zini o'zi belgilash. Nyu-York: Plenum.
14.Fuentes Melero, J. (s.f.). Motivatsiya. Murcia Universitetidan 2016 yil 25 iyulda olingan.
15.Xull, C. L. (1943). Xulq-atvor tamoyillari. Nyu-York: Appleton asr.
16.Lay, E. R. (2011). Motivatsiya: Adabiyot sharhi. 2016 yil 25-iyulda Pearson's Research Reports-dan olingan.
17.Lozano Casero, E. (2005 yil 1-aprel). Psixologiya: motivatsiya nima? Ispaniya qirollik golf federatsiyasidan olingan.
18.Motivatsiya: ijobiy va salbiy. (s.f.). Psixologiya ishlashga qanday ta'sir qilishi mumkin? Dan 2016 yil 25-iyulda olingan.
19.Rayan, R. M. va Deci, E. L. (2000). Ichki va tashqi motivlar: Klassik ta'riflar va yangi yo'nalishlar. Zamonaviy ta'lim psixologiyasi, 25 (1), 54-67.
19.Sharma, A. (s.f.). Motiv turlari: Biologik, ijtimoiy va shaxsiy motivlar | Psixologiya. 2016 yil 25-iyulda Psixologiya muhokamasidan olingan.
20.Oq, R. V. (1959). Motivatsiya qayta ko'rib chiqildi. Psixologik tadqiq, 66, 297-33.

Ilova
Download 39.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling