1-mustaqil ish. Mavzu: Xorijiy davlatlar ta’lim tizimida kreativ ta’limning o’rni


“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ko’rsatib o’tilgan


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1119904
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mustaqil

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ko’rsatib o’tilgan: 
-ta‘limning ustuvorligi (jamiyatda yuksak darajadagi bilim, ta‘lim va intellekt 
nufuzining yuqori qo’yilishi); 
-ta‘limning demokratlashuvi (ta‘lim – tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari 
mustaqilligi ...);
-ta‘limning insonparvarlashuvi (inson qobiliyatlarining ochilishi va ehtiyojlarining 
qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlarning ustuvorlashuvi); 
-ta‘limning ijtimoiylashuvi (ta‘lim oluvchilarda estetik did, ma‘naviyat, ijodiy 
fikrni shakllantirish); 
-ta‘limning milliy yo’naltirilganligi; 
-ta‘lim va tarbiyaning uzviyligi; 
-iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuksak darajali, jadal ta‘lim olishga shart-sharoitlar 
yaratish. 
Uzluksiz ta‘limni isloh qilish jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida zaruratga 
aylandi. Buning uchun milliy istiqlol davrida ob‘ektiv va sub‘ektiv shart-sharoitlar 
yetildi. Respublikamizning milliy xususiyatlari, umumbashariy talablar, xalqimiz 
mentalitetiga dahldor omillar hisobga olinib, uzluksiz ta‘limning quyidagi islohot 
yo’nalishlari, tizimi va turlari belgilandi: 
Uzluksiz ta‘lim yo’nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
a) ta‘lim tizimida kadrlar salohiyatini, pedagoglar kasbiy nufuzini oshirish; 
b) davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini rivojlantirish; 


v) ta‘lim tizimini, ta‘lim dasturlarini tubdan qayta qurish; 
g) majburiy umumiy o’rta ta‘limdan o’rta maxsus kasb-hunar ta‘limiga o’tishni 
ta‘minlash; 
d) fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o’quv muassasalarini 
vujudga keltirish; 
e) ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish; 
yo) ta‘limning boshqaruv tizimini takomillashtirish; 
j) ta‘lim olishda xalqaro fondlar, xayriyalar, jamoat tashkilotlari rolini 
kuchaytirish; 
z) ta‘lim va ilm-fan bilan bog’liq xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni 
rivojlantirish; va boshqalar. 
Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyati davlat ta‘lim standartlari (asosida) va turli 
darajadagi ta‘lim dasturlari izchilligi asosida yo’lga qo’yiladi. U quyidagilarni o’z ichiga 
oladi: 
a) maktabgacha ta‘lim; 
b) umumiy o’rta ta‘lim; 
v) o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi; 
g) oliy ta‘lim; 
d) oliy o’quv yurtidan keyingi ta‘lim; 
e) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
yo) maktabdan tashqari ta‘lim; 
Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridir. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling