1-mustaqil ish. Mavzu: Xorijiy davlatlar ta’lim tizimida kreativ ta’limning o’rni
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-masala. O’quv rejalari va dasturlari O’quv rejasi deb
DTS – ma‘muriy hujjat bo’lib, u Respublikamiz xalq ta‘limi tizimiga ijtimoiy
zarurat tufayli kirib keldi. DTS da: 1) o’quvchilar umumta‘lim tayyorgarligiga qo’yiladigan majburiy minimal talablar; 2) ta‘lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullari; 3) ta‘limning barqaror darajasini ta‘minlash shartlari; 4) o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, me‘yoriy hujjatlarni yaratish asoslari bayon etilgan; 5) o’zining tarkibiy tuzilishi va mazmun-mohiyatiga ko’ra davlat va jamiyat, shaxs va ta‘lim muassasalarni maqomiga ko’ra muvozanatini ta‘minlaydigan; 6) individ (o’quvchi) shaxsi, uning qobiliyati, intellektual imkoniyatlari, qiziqishi ustivor omil sifatida qaralgan va ular milliy, umumbashariy, davlat va jamiyat manfaatlariga bo’ysundirilgan; 7) tayanch o’quv rejasi ta‘lim sohalarini me‘yorlashga, muassasaning moliyaviy ta‘minotini belgilashga asos bo’luvchi; 8) O’zR miqyosidagi barcha ta‘lim muassasalarida bajarilishi shart va majburiy bo’lgan ma‘muriy davlat hujjati hisoblanadi. 4-masala. O’quv rejalari va dasturlari O’quv rejasi deb, maktabda o’qitiladigan fanlar, ularni o’qitish uchun belgilangan o’quv soatlari va o’quv yili tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. O’quv rejasi xalq ta‘limi Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Unga kiritilgan fanlarning hajmi, sinfi, soatlar miqdori, o’quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga qarab belgilanadi. O’quv dasturi deb, alohida olingan har bir fan uchun o’quv rejasi asosida tuziluvchi, o’quv fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarga beriladigan bilimlar hajmi, tizimi, mafkuraviy yo’nalishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. Dasturda muayyan o’quv yili va muayyan sinfda o’quvchi o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar doirasi qisqacha ifodalab beriladi. Ta‘bir joiz bo’lsa, o’quv dasturi o’qituvchi uchun ta‘lim jarayonida yo’l ko’rsatuvchi kompasdir. O’quv dasturida har bir sinfda o’qitiladigan fanning mavzulariga doir sarhadlari qat‘iy belgilangan, ilmiy-falsafiy asoslangan, nazariy qoidalarni amaliyot bilan bog’lashga qaratilgan, tarixiylik, muntazam ketma-ketlik, kontsentrik (markazlashgan) qoidalariga amal qilingan bo’lishi lozim. Darslik deb, muayyan fan yuzasidan o’quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko’nikma, malakalarni o’zida mujassam etgan, o’quv rejasi va dasturiga, o’quvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga, didaktik talablarga muvofiq keluvchi o’quv quroliga aytiladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling