O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida” gi Qonuni (1997 yil) da
ta‘limning dunyoviy harakterda bo’lishi lozimligi va DTS talablari asosida ta‘lim
olishning hamma uchun ochiqligi alohida uqtirilgan (3-modda). (Barkamol
avlod-
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1997 20-b).
Ta‘lim mazmunini shakllantirishda quyidagi omillarni hisobga olish taqoza etiladi:
1) milliy mafkura, ijtimoiy tuzum xususiyatlari;
2) mavjud ishlab chiqarish ehtiyojlari;
3) davlatning xalq ta‘limi tizimi va muayyan o’quv yurti oldiga qo’yadigan
talablari;
4) o’qitish qoidalariga muvofiq keluvchi va o’quvchilarning intellektual, fiziologik,
yosh imkoniyatlarini e‘tiborga oluvchi didaktik talablar (Pedagogika. A.Q. Munavvarov
tahriri ostida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996. 68-b.).
SHuni ta‘kidlash lozimki, maktab ta‘limining mazmunining
tarixiy va sinfiy
xususiyatiga ega ekanligi kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida
namoyon bo’lgan. Chunki, o’tmishdagi
barcha davrlarda, ijtimoiy taraqqiyotning
barcha bosqichlarida ta‘limning mazmuni va hajmi (parametrlari) o’sha davr, o’sha
ijtimoiy-iqtisodiy
tuzum mafkurasi, talab va ehtiyojlari,
fan-texnika taraqqiyoti
darajasi bilan belgilab kelingan.
Hozirgacha pedagogika nazariyasi fanida ta‘lim mazmunini belgilash
muammosiga doir ikki xil qarash mavjud:
a) “shakl ma‘lumot”
tarafdorlari;
b) “moddiy ma‘lumot” tarafdorlari;
Do'stlaringiz bilan baham: