1. Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana17.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1541640
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1 top anatomiya

REGENERATSIYA 
Regeneratsiya [lot. regeneratio – qayta tiklanish] (biologiyada) – organizmning yoʻqotgan yoki 
jarohatlangan aʼzolar va toʻqimalarni tiklash xususiyati (xususiy regeneratsiya), shuningdek, uning ayrim 
qismlaridan bir butun organizmning tiklanishi (somatik embriogenez, vegetativ koʻpayish). Regeneratsiya 
atamasini fransuz tabiatshunos Reomyur (1712) kiritgan. 
Odam va hayvonlarda regeneratsiya reparativ (olib tashlangan yoki nobud boʻlgan tuzilmalar oʻrniga 
yangisining hosil boʻlishi) va fiziologik (yoʻqotilgan tuzilmalar oʻrniga yangisining hosil boʻlishi) 
boʻladi. Fiziologik regeneratsiya koʻproq uchraydi (masalan, sut emizuvchilarda qon va ayrim epiteliy 
hujayralarining yangilanib turishi). 
Regeneratsiya turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Koʻpchilik tuban umurtqasiz hayvonlar (gʻovak 
tanlilar, boʻshliqichlilar)da tananing kichik parchasidan yaxlit organizm rivojlanishi mumkin. Tuban 
umurtqalilar (suvda va quruqlikda yashovchilar, sudrapib yuruvchilar), shuningdek, bir qancha yuksak 
umurtqasizlar (halqalilar, qiskichbakasimonlar, ignatrililar)da koʻz qismlari, dum, ichak va toʻqimalar, 
odam va sut emizuvchilarda esa faqat ayrim toʻqimalar tiklanadi. Sharoit oʻzgarganida geteromorfoz kelib 
chiqishi mumkin. 
Regeneratsiya mexanizmlarini hujayraviy manbalar, hujayralararo va toʻqimalararo taʼsirlar, gormonlar 
va boshqa(lar) biologik faol moddalar taʼsiri, nerv va immun tizimlari, shuningdek, genetik omillar orqali 
tushuntirish mumkin. 

Document Outline

  • QADIMGI DUNYO
  • O'RTA ASRLAR
  • YANGI VAQT
  • REGENERATSIYA

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling