1. Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
1 top anatomiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anatomiyaning o`rganish usullari
Topografik anatomiya- a‘zolarning tuzulishi shaklidan tashqari ularning uzaro munosabatlarini,
chegarasini va proeksiyalarini o`rganadi. Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini ularning evolyutsion rivojlanish asoslariga bog`liq atrof-muhit ta‘sirida shakillanish qonuniyatlari bilan birgalikda o`rganadi. 2. Odam fiziologiyasi faning vazifalari nimadan iborat . Fiziologiya (yunon. fizis-tabiat, logos-ta’limot, fan) tirik organizmning funksiyalarini, unda sodir bo ladigan jarayonlarni o ‘rganadi. Bu fan hujayra, to‘qima, ayzo va tuzilmalarning hayotiy faoliyatini yaxlit organizmga xos bo‘lgan barcha murakkab va muhim jarayonlaming asosiy mexanizmlarini, ularning funksional aloqamandligini, ichki va tashqi muhit sharoitiga bog(langan holda keng mafnoda o‘rganadi. Organizmni ta’minlaydigan moddalar almashinuvi, ovqatlanish, nafas olish, qon aylanish, ayiruv, ichki sekretsiya bezlari, asab tizimi faoliyati va boshqa vazifalar fiziolgiyaning asosiy o‘rganish maqsadidir. Fiziologiya organizmda sodir bo‘ladigan funksiyalami, ulaming hamma xususiyatlarini, k o ‘rinishlarini o ‘zaro munosabatlarini organizmning turli funksional holatlarida va tashqi muhitning turli sharoitida aniqlashga intiladi. Fiziologiya funksiyalarining tarixiy (filogenetik) va individual (ontogenetik) rivojlanishini, ulaming doimo o ‘zgaruvchi tashqi muhit sharoitiga moslashishini o ‘rgahadi. Shunday qilib, fiziologiya organizm funksiyasini (lotincha «funksio»- ijro qilish, faoliyat ko‘rsatish) har bir hujayra, to‘qima, a’zo, tizilmaning bir butun organizm sathidagi bajaradigan vazifasi va faoliyatini o ‘rgatadi. Odam fiziologiyasi - tibbiyot nazariyasining poydevori hisoblanadi, uning rivojlanishi pedagogika va psixologiya uchun juda katta ahamiyatga ega. Odamda uchrab turadigan ko‘pgina kasalliklarni oldini olishda, me'yorida o(sish va rivojlanishini ta’minlashda, turli muhit sharoitlariga moslanishda, atrof- muhit tozaligini saqlab turishda, mehnat va sport mashqlarini ko‘ngildagidek maqsadga muvofiq holda tashkil qilishda, kishi umrini uzaytirish muammolarini yechishda fiziologiya yutuqlariga tayanilad. Odam fiziologiyasi biologik fanlar orasida eng sertarmoq fan hisoblanadi. Bu tarmoqlardan solishtirma fiziologiya, evolutsion fiziologiya, ekologik,; ; fiziologiya, me’yoriy fiziologiya, patologik fiziologiya va boshqalami qayd qilib o ‘tish mumkin. Biroq, fiziologiya o ‘z tekshirishlarida boshqa tabiiy fanlar bilan yaqin aloqada bo‘lib, o ‘z navbatida turli fanlarning rivojlanishiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, odam fiziologiyasi fizika bilan kimyo qonunlariga tayanadi va ulaming tekshirish usullaridan, keng foydalanadi. Har bir hayotiy hodisalami tekshirishning fizik va kimyoviy yo‘nalishlari biofizika va biokimyo degan mustaqil fanlarning paydo b o ‘lishiga asos bo‘ldi. Fiziologiya morfologik fanlar - anatomiya, gistologiya va sitologiya bilan yaqin aloqada bo lib, rivojlanib kelmoqda, chunki morfologik va fiziologik hodisalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Organizm va www.ziyouz.com kutubxonasi uning a 'zolarining shakli, tuzilmasi va funksiyalarini bilmay turib yaxlit organizmning faoliyatini o ‘rganib bo‘lmaydL 3.Anatomiyaning o`rganish usullari. Odam anatomiyasining o`rganish usullari bir necha xil bo`lib odam tuzulishi haqida to`liq tassavvur hosil qilishda murdani yorib ko`rish usulidan foydalanib o`rganiladi. Tirik odamlarda esa mavjud bo`lgan texnika vositalaridan foydalangan holda fiziologik usullar qo`llanib o`rganiladi. Bular quyudagilardir. 1. Antropomеtrik usul – bo`y uzunligi, tana vazni, ko`krak qafasi aylanasi, yеlka kеngligi kabilar o`lchanib o`sish va rivojlanishi o`rganiladi. 2. Kesib ochish yo`li bilan preparatlar tayyorlash 3. Arralash usuli- murda muzlatilib, o`rganiladigan a‘zosi bo`lagini qavatma-qavat qilib arralanadi va a‘zolar topografiyasi haqida kengroq ma‘lumot olinadi. 4. In‘eksiya usuli- ichi kovak a‘zolarga, qon tomirlariga turli xil kimyoviy bo`yoqlar yuborib o`rganiladi. 5. Yoritish ravshanlashtirish usuli- o`rganiladigan a‘zo kislota yoki ishqor suyuqliklariga solib kuzatiladi va nurlarini turlicha sinishi natijalari bir-biridan ajralib ko`riladi. 6. Karroziya yoki yemirish usuli kovak a‘zolariga tez qotadigan modda yuborib so`ngra kislota yoki ishqor ta‘sirida a‘zo to`qimalari yemiriladi va u a‘zoning shakli o`rganiliadi 7. Rentgen nuri yordamida o`rganish usuli- tirik odam tuzulishini o`rganishga keng imkon beradi. 8. Paypaslab o`rganish usuli- a‘zo chegralarini o`rganadi 9. Perkussiya – barmoq yoki bolg`acha bilan urib aniqlash usuli, a‘zo chegaralari o`rganiladi. 12. Auskultatsiya usuli – maxsus eshutish asboblari yordamida yurak, o`pkaning ishlab turgan paytdagi tovushi eshitiladi, normal yoki kassallik holati aniqlanadi. 13.Mikroskopda ko`rib urganish usuli - to`qima va a‘zolaring hujayraviy tuzulishi o`rganiladi. 4. Fiziologiyaning organish usullarini Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling